Amaliy mashg‘ulot. Iqtisodiy bazis tushunchalar Маvzuga doir masala va topshiriqlarning namunaviy yechimlari



Download 24,78 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi24,78 Kb.
#417638
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg


  1. amaliy mashg‘ulot. Iqtisodiy bazis tushunchalar


Маvzuga doir masala va topshiriqlarning namunaviy yechimlari


1. “Ko‘shim bobo” fermer xo‘jaligida turli ball bonetitiga ega bo‘lgan uchta ekin maydoni bor. U bu maydonlarga bug‘doy yoki paxta ekishi mumkin. U 1-maydondan 100 t kartoshka yoki 50 t bug‘doy, 2-maydondan 80 t kartoshka yoki 30 t bug‘doy, 3-maydondan esa 40 t kartoshka yoki 20 t bug‘doy olishi mumkin. “Kushim bobo” fermer xo‘jaligining hosil imkoniyati chizig‘ini grafikda tasvirlang.
2. Qozog‘istonda bitta dehqon 1 yilda 2000 kg oq uzum yoki 3000 kg qizil uzum etishtira oladi. Azarbayjonda esa bitta dehqon 1 yilda 1 kishi 4000 kg oq uzum 1000 kg qizil uzum etishtira olish imkoniyatiga ega. Qozog‘istonda uzum etishtirishda 400 ming kishi, Azarbayjonda esa 100 ming kishi band. Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev Azarbayjon prezidenti Aliyev bilan uzum ishlab chiqarishda o‘zaro hamkorlik qilishni taklif qildi. Agar ushbu taklif amalga oshsa, hamkorlikdagi uzum etishtirish imkoniyatlari chizig‘i grafikda aks ettiring.
3. Ozod Zoyirov va Ali Nabiyev pishloq va kolbasa ishlab chiqaradilar. Ozod Zoyirovning Ali Nabiyevga nisbatan pishloq ishlab chiqarishi 2 barobar ortiq, ya’ni 1 soatda 40 kg ga teng pishloq ishlab chiqaradi. Ali Nabiyev mashhur chorvador bo‘lganligi bois soatiga 20 kg kalbasa ishlab chiqaradi. Bu Ozod Zoyirovnikidan 2 barobar ko‘pdir.

  1. Ozod Zoyirov 300 kg pishloqni Ali Nabiyev 700 kg kolbasasiga almashishni taklif qildi. Bu taklif Ali Nabiyev uchun foydalimi?

  2. Qanday holatda almashinuv ikki taraf uchun ham foydali bo‘ladi?

4. AQSHda 1 t makkajo‘xori etishtirishning al’ternativ xarajati 0.2 t bug‘doyga teng va AQSH maksimal darajada 100 mln tonna bug‘doy etishtira oladi. Kanadada 1 t bug‘doyning al’ternativ xarajati esa 2 t makkajo‘xoriga teng va Kanada davlati maksimal 50 mln tonna makkajo‘xori etishtira oladi.

  1. Kanada AQSH yordami bilan o‘z ehtiyojini 60 mln tonna makkajo‘xori bilan ta’minlay oladimi?

  2. Ikki davlat o‘rtasida erkin savdo yo‘lga qo‘yilsa, AQSH maksimal qancha mahsulot eksport qila oladi?

5. Fermerda 3 ta bir xil o‘lchamdagi lekin har xil unumdorlikka ega er maydoni bor. Fermer bu erlarda kartoshka, sholg‘om va bug‘doy etishtirmoqchi. U birinchi maydondan 20 t kartoshka yoki 8 t sholg‘om yoki 4 t bug‘doy olishi mumkin, ikkinchi maydondan esa mos ravishda 15 t, 9 t va 2 t, uchinchisidan esa 12 t, 7 t va 3 t. Agar fermerda A t (A<15) sholg‘om etkazib berish majburiyati bo‘lsa, fermerning ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘i aks ettirilsin.
6. Fermerda 2 ta har xil unumdorlikka ega er maydoni mavjud. Bu maydonlarda u sabzi, turp va pomidor etishtirmoqchi. Fermer birinchi maydondan 50 t sabzi yoki 20 t turp yoki 10 t pomidor etishtira oladi, ikkinchi maydondan esa esa mos ravishda 20 t sabzi, 10 t turp, 8 t pomidor etishtirishi mumkin.
a) Agar fermer uchun 10 t turp etishtirish shart bo‘lsa, uning ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘i chizilsin.
b) Fermer bir vaqtning o‘zida 10 t sholg‘om, 7 t pomidor va 25 t sabzi etishtira oladimi?
7. Sirg‘ali tumanida 2 ta fermer xo‘jaligi kartoshka va sabzi etishtirish bilan shug‘ullanadi. Birinchi fermer o‘zining 100 gektarlik eridan 3000 t kartoshka yoki 2000 t sabzi olishi mumkin, ikinchi fermer o‘zining 150 gektarlik er maydonidan 4800 t kartoshka yoki 2400 t sabzi olishi mumkin.
a) Umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘i chizilsin.
b) Agar fermer xo‘jaliklari o‘rtasida erkin savdo yo‘lga qo‘yilsa, umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘i qanday o‘zgaradi?
8. Robinzon va Jumavoy kokos yong‘og‘ini terish va baliqchilik bilan shug‘ullanishadilar. Robinzon bir kunda 5 ta baliq tuta oladi yoki 15 kg yong‘oq tera oladi. Jumavoy esa 15 ta baliq yoki 5 kg yong‘oq tera oladi. Ikkalisining birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘i chizilsin.
9. Komilovlar va Alimovlar oilasi soat va telefon ishlab chiqarishadi. 1 ta soat va 1 ta telefon ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt soat hisobida jadvalda aks ettirilgan

Mahsulot turi

Komilovlar

Alimovlar

Soat

8

15

Telefon

10

12

Agar bir oydagi ish soati har bir oila uchun 240 soatni tashkil etsa, ularning alohida va umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘i chizilsin.




10. Quyida Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlarining ishlab chiqarish quvvatlari haqidagi ma’lumot keltirilgan:

Davlatlar

1 tonna mahsulotga ketgan vaqt

Yillik vaqt fondi, soatda

Bug‘doy

Paxta

Qozog‘iston

24

30

2400

Turkmaniston

15

10

1500

  1. Absolyut va nisbiy ustunlik haqida nima deyish mumkin?

  2. Davlatlarning o‘zaro savdosida bezarar savdo nisbatlari aniqlansin.

  3. Qanday almashinuv ikki tomon uchun maksimal foyda beradi?



11. “Neft-benzin” ishlab chiqarish quvvatlari jadvalini qaraymiz. 4 ta chorak bo‘yicha ham ishlab chiqarish sarflari o‘zgarmas va mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘lgan:

CHorak

Neft, mln t

Benzin, mln t

Birinchi

14

4.0

Ikkinchi

10

5.0

Uchinchi

7

5.7

To‘rtinchi

5

6.1

Kelgusi chorakda 8 mln tonnadan kam bo‘lmagan neft va 5.55 mln tonnadan kam bo‘lmagan benzin mahsulotlarini resurslar
Download 24,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish