Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

253
«O‘n besh yoshli kapitan»
yaqinidagi Nyangve shaharcha sida edi. Nyangve sha-
harchasi Afrika qit’asining qoq o‘rtasidan o‘tgan meri dian 
chizig‘i ustiga joylashgan. Biroq Kuanza qirg‘og‘idagi 
lagerdan Nyangvegacha juda uzoq: safar bir necha oyga 
cho‘zilishi mumkin edi.
Shuning uchun ham Dik karvonning qayerga keta-
yotgani haqida ko‘p o‘ylanardi, chunki Nyangve qochib 
qutulib bo‘lmaydigan joy edi. Basharti, mis sis Ueldon, 
Dik, Gerkules va boshqa negrlar asirlikdan qutulib, erkin-
likka chiqa olsalar-da, baribir yo‘lda, Katta ko‘llar bilan 
dengiz qirg‘og‘i o‘rtasidagi biror joyda halok bo‘lar edilar.
Ammo Dik Send tezda bu to‘g‘rida xotirjam bo‘ldi, 
chunki karvon xo‘jayinlari arabcha bilan qandaydir Afrika 
shevasi aralash, tushunib bo‘lmaydigan tilda gaplashsa-
lar ham, lekin Dik ularning qandaydir bir mahalliy qul 
bozori to‘g‘risida ko‘p gapirayotganlarini fahmladi. Ular 
ko‘p gapirayotgan Kazonde Angoladagi qullar savdosi-
ning markazi ekanligini Dik yaxshi bilar edi. Kazondeda 
hamma asirlarning masalasi hal qilinadi, deb o‘yladi Dik. 
Uning mo‘ljali to‘g‘ri edi.
Dik Send geografiyani yaxshi o‘qigani uchun Angola-
ning Loanda portidan Kazondegacha to‘rt yuz mildan ortiq 
emasligini bilardi. Demak, Kuanza bo‘yidagi lagerdan o‘sha 
qul bozorigacha bo‘lgan yo‘l ikki yuz ellik mildan oshmas 
edi. Oddiy sharoitda bu masofani o‘n-o‘n ikki kunda 
bosish mumkin. Ammo qullar karvoni uzoq yurib kelib 
charchaganligi sababidan, Dikning hisobicha, Kazondega 
yetib olish uchun kamida uch hafta vaqt kerak bo‘lar edi.
Dik o‘z taxminlarini keksa Tom va uning sheriklari 
bilan o‘rtoqlashish ishtiyoqida edi. Ular karvonning sira 
qochib qutulib bo‘lmaydigan Markaziy Afrika ichkarisiga 
haydalmayotganini eshitishsa, juda xursand bo‘lishar 
edi. Ammo bu xushxabarni ularga qanday qilib bildirsa 
bo‘larkin?
To‘rtta asir negr lagerning o‘ng qanotida edi. Ular 
juft-juft qilinib – Akteon bilan Ostin va Tom bilan Bat 


254
Jyul Vern
kishanlangan edilar. Ular yoniga maxsus xavildor bilan 
o‘ntacha soqchi qo‘yilgan edi.
Kishansiz Dik o‘zidan ellik qadamcha narida o‘tirgan 
o‘rtoqlari oldiga yaqinroq bormoqchi bo‘ldi. U asta ularga 
yaqinlasha boshladi.
Keksa Tom Dikning maqsadini fahmlagan bo‘lsa ke-
rak, sheriklarining qulog‘iga bir nima deb shivirlagan edi, 
hammalari gaplarini to‘xtatib, diqqat bilan Dikni kuzata 
boshlashdi. Ular turgan joylaridan qo‘zg‘ala olmas edilar, 
ammo Dikning harakatlarini kuzatib turish uchun ularga 
hech narsa xalaqit bermasdi.
Birozdan keyin Dik bilintirmay yarim yo‘lga yetdi. Shu 
yerdan u Tomga karvon ketayotgan shaharning nomini 
va necha kun yo‘l yurilishini aytishi mumkin edi. Ammo 
uning o‘rtoqlari bilan gaplashgisi kelar va yo‘lda o‘zlarini 
qanday tutishlari kerakligi to‘g‘risida maslahatlashib 
olmoqchi edi. Shuning uchun asta-asta ular oldiga bo-
raverdi. Uning yuragi qattiq dukillardi, chunki o‘rtoqla-
riga yetishiga bir necha qadamgina qolgandi... Ammo 
xavildor uning niyatini tushunganday birdan baqirib, 
uning yo‘lini to‘sishga otildi. Xavildorning ovozini eshitib 
qolgan askarlar chopib Dikning oldiga kelib, uni itarib 
tashladilar. Keyin Tom bilan uning sheriklarini lagerning 
orqa tomoniga haydab ketishdi.
Dik Sendning g‘azabi qaynab ketdi-yu, xavildorga 
tashlandi. Dik uning miltig‘ini tortib olmoqchi bo‘lgan 
edi, lekin uddasidan chiqa olmaganidan keyin, miltiqning 
stvolini lojasidan ajratib oldi. Biroq askarlar ko‘plashib 
unga hujum qilishdi va yerga yiqitishdi. Agar karvon 
boshliqlaridan biri, qovog‘i soliq novcha bir arab bu ish-
ga aralashmaganida, quturgan askarlar Dikni tilkalab 
tashlar edilar. Bu arab Gerris Negoraga aytgan Ibn Homis 
degan karvonboshining xuddi o‘zi edi.
Arab Dik tushunmaydigan bir necha og‘iz so‘z aytishi 
bilan, askarlar indamay tarqalib ketishdi.
Qullarga bir-biri bilan gaplashish man etilgan bo‘lsa 
kerak. Ammo soqchilarga Dikni o‘ldirmaslik to‘g‘risida 


255
«O‘n besh yoshli kapitan»
qat’iy buyruq berilgan edi. Bunday buyruqni Gerris bilan 
Negorodan boshqa kim berardi?
Shu paytda qattiq karnay ovozi eshitilib qoldi va uning 
ketidan nog‘ora chalindi. Dam olish vaqti tamom bo‘ldi. 
Lagerdagilar o‘rinlaridan tura boshladilar. Bir daqiqa ham 
o‘tar-o‘tmas boshliqlar, askarlar, hammollar va qullar 
hammasi o‘rnidan turdi. Qullar yuklarini ko‘tarib safga 
tizildilar. Eng oldinda qo‘liga chipor bayroq ushlagan 
xavildor tu rar edi.
Keyin qo‘zg‘alish uchun signal berildi.
Sekin aytilgan ashula ovozi ham eshitildi. Ammo 
ashulani zolimlar emas, mazlumlar aytar edi. Bu ashu-
lada kelajakda yaxshi hayot borligiga soddagina ishonish 
hamda:
«Sizlar meni qullikka haydayotirsizlar, chunki zo‘rsiz-
lar. Lekin men o‘lib ketaman. O‘lganimdan keyin arvohim 
kelib sizlarni o‘ldirajak!» deb jallodlarni qo‘rqitish ham 
bor edi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish