“Ota,onam va men” sport musobaqsi
Musiqa ostida bolalar sport maydoniga kirib kelib, safga turadilar. “O'zbekiston Davlat madhiyasi” yangraydi.
Boshlovchi: Uyg'onar cho'qqilar ustida oftob,
Yam-yashil vodiyga sochib oltin nur.
O'zbeklar yurti bu, navqiron ozod,
Zaminda musaffo o'lkamsan mag'rur.
Oqar daryolaring hayqirib oqsin,
Sog'lom avlodlaring barkamol o'ssin!
Tinchlik, omonlik shioring bo'lsin,
Yurting boy hamisha sog'lomjon bo'lsin!
Qadrli bolajonlar! Mana bugun bog'chamizda “Ota,onam va men” nomli sport bayram musobaqasiga to'planib turibmiz.
Prezidentimiz aytganidek, “Sog'lom va barkamol avlod - bizning kelajagimizdir!” Ha, bolalarimiz sog'lom o'sishi uchun sport birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Hozir biz chiniqish, yugurish, harakat qilish sport musobaqalarini ochiq deb, e`lon qilamiz.
Bellashuvda 4-tayyorlov guruhlarining tarbiyalanuvchilari ota-onalari komandalari qatnashadilar.
Marhamat, komandalar bir-biringiz bilan salomlashib olinglar!
Gulg'uncha: Komandamiz “Gulg'uncha”,
Qoyil qolsinlar barcha!
Bog'chada chiniqamiz,
Kuch-quvvatga to'lamiz.
Polvonjon: “Polvonjon” va “Ayiqcha”miz,
Ayiqcha: Biz kuchlilar safida.
Keling kuch sinashaylik,
Bellashuvda ko'raylik.
Boshlovchi: Kimning chaqqon ekanligin,
Biz bilishni hoxlaymiz.
Komandalar saflanishib,
Musobaqa boshlaymiz!.
Komandalar: Omad bizga yor bo'lsin!
Barakalla, birinchi shartni “Kim chaqqon?” deb nomladik. Bolalar va ota-onalar qum qopchalarni boshlariga qo'yib, gimnastika skameykalardan chopib o'tish, qo'llar yonga cho'zilgan holda.
Bolajonlar va ota-onalar tezkor savollarga javob topinglar:
Jonsiz ilon.
Hidi bor, tikani bor.
Dum dumaloq sakraydi.
Bolalar yaxshi ko'rib o'ynaydi.
Bellashuvning asosiy maqsadi: Tezkorlik va chaqqonlik. Shu sababli uning nomi: “Kim chaqqon?” deb nomlangan. Bellashuv qizg'in tusda o'tdi.
Ikkinchi shartimiz: “Toshbaqalar maydonda” deb nomlanadi. Bu bellashuvda bolalar va ota-onalar qo'llarini yerga tekkizmasdan, o'rinlaridan turmasdan qo'llari tizzalari ustida bo'ladi.
Barakalla! Juda yaxshi. Bolajonlarimizning hammasi uddaburon va chaqqon. Keyingi bellashuvda maydonchani tayyorlagunlaricha, biz sizlar bilan yana tezkor savollarga javob topamiz:
Zumradni kim xafa qiladi?
Sut beruvchi hayvon?
Qo'yning bolasini nomi.
Sichqonning dushmani.
Uch xil rangli chiroq.
Barakalla bolalar! Juda yaxshi!
Uchinchi shartimiz: “To'siqlarni yengib o'tinglar!” deb nomlanadi. 5 dona keglini aylanib o'tib, 5 dona obruch ichidan sakrab o'tiladi. Bellashuvning asosiy shartlari: Keglilarni yiqitmaslik, sakraganda juft oyoqlar bilan sakrash.
Barakalla! Ushbu shartimizni ham juda yaxshi bajardinglar, bolajonlar!
Yana tezkor savollarga o'tamiz:
Qaysi fasl eng issiq fasl?
Yoz kunlari qaysi daraxtning tagida uxlab bo'lmaydi?
Kunduzi quyosh, kechasi oy va yulduzlar nur sochadi. Ularning eng kattasi qaysi?
Tuyaning bolasini nima deyiladi?
Barakalla, juda yaxshi!
So'nggi bellashuvimiz sharti: “Koptokni oshirar!” deb nomlanadi. Bir qator saflanib, koptokni bosh ustidan bir-birimizga uzatamiz.
Barakalla, bolalar! Mana ko'rdingizmi?! Bellashuvimizda Do'stlik g'olib chiqdi. Bolalarimizning hammasi chaqqon, bilimdon va zukko ekanliklarini namoyon etdilar.
Boshlovchi: Hammangizni ushbu musobaqada g'olib bo'lganingiz bilan tabriklayman. Shuning bilan bugungi “Ota,onam va men” nomli sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. Aziz bolajonlar! Keyingi sport tadbirlarida ham mana shunday sog'lom, baquvvat, kuchli bo'lib, bor kuch-g'ayratingiz bilan qatnashasiz, degan umiddaman, deb bugungi tadbirga yakun yasaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |