3-Kazus
Samarqand shahar IIB boshlig‘i tomonidan boshqarmada ishlovchi xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish yuzasidan 2018 yil 15 yanvarda buyruq qabul qilindi. Attestasiya natijasiga ko‘ra tergov bo‘limi boshlig‘i, polkovnik I.Qosimov o‘z xizmat vazifasiga noloyiq deb topilib, Samarqand shahar IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan xizmatdan bo‘shatildi. Attestasiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan I.Qosimov boshqarma boshlig‘iga murojaat qildi. Lekin uning e'tirozlari rad etildi. I.Qosimov 2016 yilda attestasiyadan o‘tganligini, uning attestasiyadan o‘tkazilishi qonun hujjatlariga zid ekanligini, shuningdek Samarqand shahar IIB boshlig‘ini I.Qosimovni xizmatdan bo‘shatish xizmatdan bo‘shatish huquqi yo‘qligini vaj qilib keltirib, uni qaytib ishga tiklashlarini so‘rab sudga murojaat qildi. Shu bilan birga I.Qosimov suddan 2017 yilning dekabr oyida unga nisbatan oylik maoshining 50 foizi miqdorida intizomiy chora qo‘llanilganligi noqonuniy deb topshilarini so‘radi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu holatda ma’muriy munosabatlarning subyektlarini aniqlab olsak, bular quyidagilar:
ma’muriy organ--Samarqand shahar IIB;
manfaatdor shaxs-- tergov bo‘limi boshlig‘i, polkovnik I.Qosimov.
Ma’muriy hujjat--Samarqand shahar IIB boshlig‘i tomonidan boshqarmada ishlovchi xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish yuzasidan buyrug’i.
Ushbu muammoli vaziyatga yechim berish uchun bir qancha savollarga aniqlik kiritib olishimiz kerak. Savollar quyidagicha:
1 ) Attestasiya nima maqsadda o’tkaziladi?
2 ) Xodimlarni qancha muddat oralig’ida attestasiyadan o’tkazish lozim?
3 ) Shahar IIB boshlig’ida xodimni xizmatdan bo’shatishga vakolati bormi?
4 ) I.Qosimovga oylik maoshining 50% miqdorida intizomiy jazo qo’llanilishi asoslimi?
Birinchi savolga yuzlanadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ 3413 sonli qarorining 90-bandiga muvofiq, attestasiya quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi:
Ichki ishlar organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi chog‘ida ularning mas’uliyatini oshirish maqsadlarida o‘tkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o‘tishi lozim.
Endi attestasiya o’tkazish muddatiga to’xtaladigan bo’lsak, PQ 3413 sonli qarorning 92-bandiga ko’ra,
Do'stlaringiz bilan baham: |