10-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari
10.1.Korxona daromadlari
10.2. Korxonaning foydasi, uni taqsimlash
10.3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
10.4. Korxona rentabelligi
Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.
Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshirok foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashdir.
Samara - ishlab chikarilayotgan maxsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi.
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.
Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi.
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning xamma, ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi - tovar maxsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashkari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining maxsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan tashkil topadi.
Maxsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
bu erda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – maxsulotning tannarxi.
Sof foyda (SF) – bu solik to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida koladi,soliklar to‘langunga kadar olingan foydadan minus daromad soliklari va boshqa solik va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.
bu erda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.
Harajatlarni kamaytirishning hal qiluvchi sharti doimiy texnologik taraqqiyotdir. YAngi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish, ilg‘or materiallarning turlarini joriy etish mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Ishlab chiqarishning o‘sishi bilan korxonaning foydasi nafaqat xarajatlarning kamayishi, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonining ko‘payishi hisobiga oshadi. SHunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, korxona tomonidan olingan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi.
Rentabellik - xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma`lum vakt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Korxona rentabelligi olingan foydani kilingan sarflarga takkoslash orkali aniklanadi va u foizlarda o‘lchanadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir kancha turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga kuyidagilar kiradi:
" sotish rentabelligi;
" asosiy faoliyat rentabelligi;
" xususiy kapital rentabelligi;
" asosiy kapital ( fondlar ) rentabelligi;
" permanent kapital rentabelligi;
" aylanma kapital rentabelligi;
" karzga olingan kapital rentabelligi;
" real asosiy kapital rentabelligi;
" investirlangan kapital samaradorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |