Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

28. INOMJON TURSUNOV
Karimovning qarshisiga chiqqan deputatlardan yana biri Inomjon Tursunovdir. Karimovni 
sessiyada prezident etib tayinlashayotgan kuni jussasi kichik bir yigit o’rtadagi mikrofon oldida 
oyoqda turib gapira boshladi. Qo’lida bir dasta qog’oz bor edi. Uning tovushi nozik bo’lsada o’sha 
kezda zalni titratib yuborgandi. 
-Sizlar kimni prezidentlikka saylayapsizlar? Bu odam qo’shib yozishga aralashgan. Mana 
hujjatlari… 
U juda katta raqamlarni ayta boshladi va Anishchev boshchiligidagi Moskva “desantlari” uni 
saqlab qolganini urg’uladi. 
O’sha kezda bunday gaplarni aytish katta jasorat talab qilardi va ba’zilar uchun bu qo’rqinchli edi, 
shuning uchun ham zaldagi ko’pchilikning dami ichiga tushdi. 
Raislik qiluvchi darhol mikrofonni o’chirdi. Inomjonning tovushi eshitilmay qoldi. U keyin 
prezidium tomonga qarab yurdi va qo’lidagi hujjatlarni raislik qiluvchiga uzatdi. 
Ammo o’sha kunlari u turgan Toshkent mehmonxonasiga bostirib kirgan mirshablar uni 
do’pposladilar. Muttahamlikni qarangki, jussasi kichkina bu yigitni “Mirshablarni urdi” deb 
ayblashdi. Ham g’arlik, ham peshgirlik! 
Farg’onalik deputat, dramaturg Inomjon Tursunovni Toshkent mehmonxonasida mirshablar 
do’pposlashganda masalani Oshkoralik qo’mitasida muhokam qildik. 
Kechqurun televidenie ham, radio ham, ertasiga gazetalar ham qo’mita majlisi o’tgani haqida 
xabar bergan bo’lsalarda Inomjon Tursunov masalasini chetladilar. Topshiriq Devondan tushgan 
ekan. 
Xullas, Inomjonni qamashdi. U bizning “Tashabbus” deputatlar guruhning a’zosi edi. Guruhimiz 
uning ozodligi uchun ko’p kurashdi. Lekin ozchilik baribir ozchilik ekan. Bizni ko’pchilik qo’llab-
quvvatlamadi. Erkinlik kundan kunga yo’qolib boraverdi. 
29. “ERK” GAZETASI
1993 yil… 
Bir kuni ertalab uyga Prezidentning kotibi qo’ng’iroq qildi. Odatda yordamchisi Kraynov telefon 
etardi. Nega bu safar kotib “safarbar” bo’ldi? Hayron bo’lmadim. Chunki Karimov gap atrofga 
yoyilmasligini istasa, ishni kotibiga topshirardi. Kotib “tosh” kabi odam. Borib urilgan joyidan 
qon oqsa oqardi, lekin miqini chiqarmasdi.O’ziga dog’ yuqtirmasdi. 
-Sizni so’rayaptilar! – dedi u salom-alikdan keyin. 


Ikki kun oldin Karimov bilan uchrashaman, deb borganimda bahona topishgandi. Shuni eslatdim. 
-Oka, xuddi begonaga o’xshab gapirasiz-a? Bilasiz-ku, bu savollarga biz javob bera olmaymiz. 
Keyin o’sha paytda juda band edilar,-dedi u. 
-Bilaman, lekin “yo’q” degan qarorimni yumshatibroq aytmoqchi edim-da. Ya’ni sizga og’ir 
botmasin deb… 
-Ha, boplaysiz-a?! Bilasiz-ku “yo’q” degan so’zni kirib ayta olmayman. Hatto “topolmadim” 
degan so’z ham boshimizning ketishiga sabab bo’ladi. 
-Sizning boshingiz ketsa, keyin o’zlari ham boshsiz qoladilar-ku?- deb hazillashdim. 
U ancha vaqt indamay turdi. Bu esa “telefonni eshitishadi” degan ma’noga ham kelardi. Garchi 
Prezidentning qabulxonasi bo’lsa ham, garchi kotib o’sha idoraga, ya’ni MXXga mansub bo’lsa 
ham, baribir cho’chir edi. Sovet davrida respublikalarning birinchi kotiblarining qabulxonasiga 
KGBning ikki xodimi qo’yilgan. Ulardan biri qabul bilan shug’ullansa, ikkinchi qog’ozlar bilan 
band bo’lgan. Ayni paytda ular ham “birinchi”ni, ham o’zlarini nazorat qilishgan. Shu odat 
Karimov davrida ham saqlanib, ular bir-birlarining ustidan hisobot yozadilar degan gap-so’zlar 
yurardi. 
-Faqat o’zimni-o’zimga maqtaysizu, o’t bilan ro’baro’ qilib qo’yasiz. Agar do’stligimiz hurmati 
bor bo’lsa, yo’q demaysiz,-dedi u bir muddatlik tanaffusdan keyin. 
Endi u ko’nglimga yaqin gapiraman, deb xato qilgandi. Qabulxonada bir-ikki ko’rishgan bilan 
do’st bo’lib qolinmasligini yaxshi tushunaman. Ammo ertaga “Kim bilan do’st eding?” deb undan 
shubha qilishlari ham turgan gap. 
Xullas, kotibni bilaman. Gapni yana biroz cho’zsam, o’zi yugurib kelishdan ham qaytmaydi. 
Shundayligi uchun ham ishlayapti. Aks holda allaqachon “dumiga supurgi bog’lanardi”. 
-Oka, eshik yonida “07” turibdi. Iltimos kutayaptilar… 
“07”-bu “10-07” degani edi. Saroy mashinalarining nomerlari “10” raqamidan boshlangani uchun 
ikkinchi bo’lagi aytilardi va buni hamma tushunardi. 
Mashinaga chiqarkanman, ovoz uzatgichdan kotibning tovushi eshitildi: 
-Chiqdilarmi? 
-Borayapmiz! -deb javob qildi haydovchi. Bu “tezroq kel” degan ishorati ekanligini bilgan 
haydovchi yo’l qoidalariga ham qaramay mashinani “elday” uchirib ketdi. 
Nega Karimov chaqirganligini tahlil qila boshladim. Karimov bugun ertalabdan bu “ishga” 
kirishgan bo’lsa, demak sababni kechagi voqealardan topishim kerak. Ha, topdim. Kecha “ERK” 
gazetasining sobiq bosh muharriri Ibrohim Haqqul bilan Matbuot davlat Qo’mitasiga borgandik. 


1992 yilning 3 yanvar kuni ERK partiyasining kengaytirilgan plenumida kaminani ham partiya 
kotibligiga va hamda “ERK” gazetasi Bosh muharrirligiga saylashdi. Aslida bu ishga rozi bo’lish, 
o’z joniga qasd qilish kabi ish edi. Chunki ayni shu kunlarda partiyaning kotibi Otanazar Oripovni 
qamashgandi. Qolganlarni ham “Milliy majlis” masalasida so’roq qilishayotgandi. 
Ikkinchi tomondan “ERK” gazetasi masalasida ish qo’zg’atilgan va O’zbekiston Ichki ishlar 
vazirligi bosh muharrir Ibrohim Haqquldan boshlab oddiy xodimlarga qadar hammani tergov 
qilayotgandi. 
Shu kunlarda Ibrohim Haqqul “Ilmiy ishimga qaytaman”, deb ishga kelmay qo’ydi. Yana bir 
tomonda Muhammad Solih partiyaga deb Moskvadagi Insonparvarlik tashkilotidan katta 
miqdorda pul olgan, deb tekshiruv davom etayotgandi. Bir so’z bilan aytganda partiyani yopib 
tashlashga kirishgan edilar. 
Buning ustiga partiyaning parlamentdagi guruhining rahbari edim. Muhammad Solih parlamentni 
tashlab ketgandan keyin plenum Oliy Majlisda ERK partiyasi nomidan gapirishni ham kaminaga 
yuklagandi. 
Ko’pchilik turli bahonalar bilan o’zini chetga olar ekan, istagan qadar bahona topishim mumkin 
edi. Lekin vijdonim bunga yo’l qo’ymasdi. Yiqilayotgan odamni tashlab ketishni tasavvurimga 
sig’dira olmasdim. O’zimni chetga ololmasdim. Kurashning oldiga chiqish kerak edi. Hamma 
chekinib ketaversa, demokratiyaga ishonib bu partiyaga kelgan ming-ming odamlar nima qiladilar, 
deb o’ylardim. Shuningdek, hukumatning demokratiyaga qarshi ochgan urushini hali to’xtatib 
qolish mumkin va biz bunda muhim rol o’ynashimiz kerak, deb ishonardim. 
O’shanda Ibrohim Haqqulga telefon qilib, qoida bo’yicha davlat qo’mitasiga birga 
borishimiz kerakligini aytdim. Tanishmoq qoidasi shunaqa edi. 
Vazir Rustam Shog’ulomovni oldindan yaxshi taniyman. “Toshkent haqiqati” gazetasida 
ishlaganimda u “Yosh Leninchi” gazetasining bosh muharriri edi. Ra’no Abdullaeva O’zbekiston 
Kompartiyasi MK kotibi bo’lgan kezlarda Rustam Shog’ulomov va akasi O’zbekiston 
Kompartiyasi MK nashriyotining direktori Islom Shog’ulomov bilan birga vazifadan quvilishdi. 
U bir muddat kitob nashriyotida ishlab yurdi. 
Karimov Abdullaeva chetlatgan hamma odamlarni o’z atrofiga tera boshlaganda biz sessiyada 
Rustam Shog’ulomovning nomzodiga qarshi bo’ldik. Uning rahbarlik borasida hech qanday 
iste’dodi bo’lmasa ham, akasining orqasidan boshliq bo’lib yurgani, jurnalist o’laroq ikki satrni 
eplab yozolmasada, kitoblar chiqarganini hamma bilardi. Yuzi doim kulib tursada, ichi qora deb 
aytishardi u haqda gap ketganda. 
Biz unga qarshi bo’lganimizni sezganday Karimov yosh deputatlarni chaqirib, “Bitta iltimosim, 
shu odamni Matbuot davlat qo’mitasi raisligiga o’tkazib beringlar” deb turib olgandi. Har qancha 
uning kamchiliklarini aytsak ham, Karimov oyoq tirab oldi. Sessiyada ham biz qarshi 
bo’lganimizga qaramay boshqalar uni tanimasalarda qarsaklar bilan qo’llab yuborishdi. 


Rustam Shog’ulomov unga qarshi bo’lganimizni yaxshi bilardi. Buning ustiga undan oldingi 
“vazir” Ubaydulla Abdurazzoqov bilan bo’lgan voqealardan ham xabari bor. Shu bois sovuq 
qabul qildi. 
U ikki oydan beri g’ayri rasmiy o’laroq gazetaning chiqishini to’xtatib turgandi. Shu ikki oy ichida 
har hafta gazeta qaytadan tayyorlab olib borilsada, ular nashr yettirishmasdi. 
Hol-ahvol so’rashgandan keyin Shog’ulomov devorda osiqliq turgan portretga qarab: 
-Islom akam bu mamlakatni mamlakat qilib turibdilar, bo’lmasa bilmayman nima bo’lib ketar 
edi?- dedi.- Sizlar saylovda qilgan eng katta xato oralaringdan lider chiqara olmadinglar. Ana u 
shoirdan prezident chiqarmidi? 
-Tarixda juda ko’p shoirlar podshohlik qilganlar,- deb javob qildi Ibrohim Haqqul. 
-Ular shoirlikdan podsholikka o’tmaganlar, ular podsholik davrida she’r ham yozganlar, desangiz, 
to’g’ri bo’ladi. Muhammad Solihni yaxshi taniyman, gazetachilikni qoyil qilolmagandi, hatto uch 
kishiga boshchilik qilib ko’rmagan odam katta mamlakatni qanday boshqarsin? Men uning 
“O’zbekiston sporti” gazetasida ishlaganini bilaman. Bir kun navbatchiligida ichib o’tirib gazetani 
chop etishga topshirishni unutgani uchun ishdan haydalgandi. Mas’uliyatsiz odam. Uning nima 
sababdan kommunistik partiyaga kira olmaganini ham bilasizlarmi? Ichkilik ichib, buzuqchilk 
qilib qo’lga tushgani uchun. U bir alamzada odam. Sizlar undan prezident yasayman, deb 
yuribsizlar. Tushlaringizni suvga aytinglar. Yozuvchilar Soyuziga uni Kommunistik partiya kotib 
qilib qo’yganda ham uch kishiga rahbarlik qila olmadi. 
Unga e’tiroz bildirgan bo’ldik. 
-Yozuvchilar uyushmasida uch kishidan ko’proq odam ishlardi,- dedi Ibrohim Haqqul. 
-Yozuvchilar uyushmasida rahbar Odil Yoqubov edi, Solihga o’xshagan kotiblardan bir qanchasi 
ashula aytib yurgandi. Mamlakatni boshqarish uchun katta tajriba kerak. Hokimiyat Islom akamda 
qolgani hammamizning baxtimiz,- dedi Shog’ulomov gap tamom deganday. 
Unga biz lektsiya eshitish uchun kelmaganimizni va gazetani to’xtatib turgani matbuot haqidagi 
qonuniga zid ekanligini, biz esa qonun talabi bo’yicha uning huzuridan o’tishimiz zaruriyatidan 
kelganimizni eslatdim va: 
-Islom aka qonunlar kafolati, siz esa qonunni buzib o’tiribsiz,- dedim. 
-Gazetani men to’xtatib turganim yo’q, maslahat qilib, keyin sizlarga natijasini aytaman,-deb 
javob qildi u. 
…“07” Prezident devoniga yaqinlashib borar ekan, sababni topganday edim. Demak, 
“natija” chiqqanga o’xshaydi. U “akasi” bilan maslahat qilgan ko’rinadi. 


Mashinadan tushib oltinchi qavatga ko’tarilarman, “Bu safargi natija qanday bularkin?” deb 
o’yladim. Savolim xayolimda qoldi. Lift eshigida kutib olgan kotib ichkariga boshladi. Eshikni 
ochdi-da o’zi tashqarida qoldi. Karimov nimanidir yozib o’tirardi. Kirganimni sezmay qoldi. 
Uning yoniga yetib borgach: 
-Assalomu-alaykum! – dedim. U cho’chib tushdi. 
-Osmondan tushdingizmi, yerga chiqdingizmi? – deya o’rnidan turdi. 
-Yuribmiz, – dedim. 
-Tabriklaymiz, bosh muharrir bo’libsiz. Ish kerak bo’lsa, topardik. O’shalar bilan ishlashingiz 
shartmidi? Ular tugab bitdi. Sizga o’xshaganlarning nomi bilan tirilmoqchi! 
-Ular bilan ilgaridan birgaman-ku… 
-To’g’ri, lekin ilgaridan bosh muharrir emas edingiz. Partiyasiga ideologiya sekretari 
bo’lganingizda ham indamagandim. Ammo gazetasiga siz boshchilik qilishingiz kerakmidi? 
Bilaman, qalamingiz o’tkir, ammo boshqa gazetalarga yozing! – U mening partiyaga kotib va 
gazetaga bosh muharrir bo’lishim ayni kunda bo’lganidan bexabardek edi yoki 
chalkashtirayotgandi. 
-Shunday ham gazetani chiqarishga ruxsat bermayapsiz-ku! –dedim. 
-Ruxsat bermoqchi edik. Endi butunlay yopamiz. Hozir ana u Salay (Hukumatdagilar ham, 
Karimov ham Muhammad Solih sessiyada nomini “Salay Madaminov” deganlariga arazlab chiqib 
ketgani uchun endi “Salay” kalimasiga urg’u bera boshlashgandi-JM) erto’lada o’tiribdi. 
Moskvadan olgan pullarining hisobini bermoqda. Gazetani esa qaror bilan yopamiz,-dedi. 
Karimov po’pisa qilayapti deb o’yladim. Ammo keyin bilsam, ertalab ishga otlangan Muhammad 
Solihni Ichki ishlar vazirligiga olib ketishgan ekan va kechgacha bir xonada turli bahonalar bilan 
ushlab, keyin javob berishibdi. 
Ammo shu daqiqada Karimovning gapiga ishonmayotgandim. Chunki shunday voqea yuz bersa, 
darhol eshitgan bo’lardim, degan xayolda edim. 
-Agar gazetadan ketsam-chi? U holda yopmaysizlarmi?-dedim. 
-Qayerga ketasiz! 
-Sizning gazetlaringizdan biriga, albatta siz tavsiya qilsangiz,-dedim. 
-Gazetalar meniki emas, bittasi Oliy Kengashniki, boshqasi partiyalarniki, yana bittasi 
komsomolniki, ularning ishiga men aralasha olmayman, qanday qilib, sizni tavsiya qilishim 
mumkin,-dedi Karimov. 


-Unda nega bizning gazetaga aralashayapsiz?- dedim. Karimov qizarib ketdi va birdan o’rnidan 
sapchib turdi. 
-Nega aralashmayin? Men qovunchi emas, Karimovman. Siz sessiyada aytgandek hammasi 
onamning mahriga tushgan, bildingizmi? 
-Bunday deganim yo’q!-dedim. 
-Ie, allaqachon unutdingizmi, lentani qo’yib beraymi? – u shunday deb, deraza tomondagi 
burchakda turgan televizorning ostidagi videomagnitofon tugmasini bosdi. Keyin qo’l bilan 
boshqarish apparatini olib, joyiga o’tirdi. -Bu sizlarning davlat to’ntarishiga urinishlaringiz… 
Lenta mening nutqim yozilgan joyga qadar aylantirib qo’yilgan ekan: 
-Unutgan bo’lsangiz, hozir yodingizga solamiz!-dedi. 
-Men unutganim yo’q, o’shanda “Onangizning mahriga tushganmi?” deganim yo’q, balki 
“O’zbekistonni onangiz tuqqan emas va siz ustun bo’lib qololmaysiz” deganman… 
Keyin nima sababdan shuncha vaqtdan keyin bu masala endi o’rtaga chiqqanini so’ramoqchi edim, 
lekin u quloq solmadi. 
-O’zingni yig’ishtirib ol, bo’lmasa qamoqda chiritaman degandim, esingda bormi? Mani esa 
esimda turibdi. Seni qamoqda yo’qotaman, bildingmi? 
-Birinchidan sensiramang, ikkinchidan esa, qamashingiz mumkin, lekin, ana u kun odamlaringiz 
o’ldirishga urinib ko’rdilar, nomersiz mashinada. Hayotim ularga bog’liq emas ekan, yo’qota 
olmadilar… 
-Lekin, yo’qotaman, bilib qo’y!-deya baqirdi Karimov, uning og’zidan ko’piklari chiqib atrofga 
sochila boshladi. Uning quyanchiq kasali bor deyishardi, nima balo, to’g’ri ekanmi, deb shu damda 
kasali tutib qolishidan qo’rqdim. Lekin baribir javob berishni afzal ko’rdim. 
-Yo’qotish sizning ishingiz emas, hammasi Xudoning qo’lida!-derkanman labim qurib tilib 
aylanmay qolayozdi. 
-Man o’sha Xudo!-deya u ko’kragiga urdi. 
-Xudo kechirmaydi bu gunohni!- dedim. 
-Ko’ramiz, Xudo kimni kechirmaydi? Istaysan.. sizmi, ertaga mufti televizorga chiqib, sizni dinsiz 
deb e’lon qilsin! Ustozingizni “dinsiz” deb e’lon qildirganim sizga dars bo’lmadimi? Istasam, 
ertaga meni “Xudoning erdagi soyasi” deb e’lon qiladi. Din – bu mening aytganim. Istasam, machit 
ochib beraman, istasam mufti-puftisi bilan portlatib yuboraman. 


-Ertaga mening ham uyimga bomba tushadimi?- deya muftining uyiga portlatgicha tashlaganlariga 
ishora qildim. 
-Sizni oldin uyingizdan quvib chiqaraman. Keyin deputatlikdan haydataman. Oilangiz ham sizdan 
yuz o’giradi. Ana undan keyin qamayman! 
-Peshonaga yozilgani bo’ladi. 
-Peshonangizga shularni men yozdim. Siz esa o’qib oling! Xullas, ora ochiq! Ketaverishingiz 
mumkin! 
O’jarligim tutdi. 
-Baribir jonim Jabborning qo’lida! –dedim. 
-Ko’ramiz! Ko’ramiz! Ko’ramiz! – u baqiraa-baqira qoldi. 
Xullas, gazetani 1993 yil 7 fevral kungi hukumat qarori bilan yopishdi. Biz avval gazetani 
Ozarbayjonda chiqarmoqchi bo’ldik. Imkoni bo’lmadi. Keyin Turkiyaga ketganimizda u erda 
nashr yettik. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish