Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

25. SHOVRUQ RO’ZIMURODOV
1990 yilning 24 mart kuni O’zbekiston Oliy kengashi to’qqizinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 
Prezidentlik lavozimi haqidagi qarorni qabul qilish va Karimovni saylash boshlanganda Shovruq 
so’z so’radi. Lekin do’ppini salla qilib ko’rsatish darajasida ustamon bo’lgan majlis raisi 
Mirzaolim Ibrohimov unga so’z bermadi. Shovruq o’rnidan turib gapira boshladi. Unga mikrofon 
kerak emas edi. Uning gurillagan tovushini majlislar zalining har joyidan ham eshitsa bo’lardi. 
Shovruq: “Men bu odamni Qashqdaryodan bilaman. Bu odam prezidentlikka loyiq emas. Agar 
prezident bo’lsa, hammangiz pushaymon bo’lib qolasiz hali…” dedi. 
Shovruq qo’li bilan minbarga ishora qilib gapirar ekan, Karimov qizarib ketdi. Mikrofonnni jahl 
bilan oldiga tortdi. Lekin nimadir esiga tushgan kishidek yana mikrofonni raisning oldiga surdida 
“ Bas qiling maynavozchilikni” dedi. Muzokaralar to’xtatilib, “bir ovozdan” prezidentlik lavozimi 
tashkil qilindi va “bir ovozdan” Karimov saylab yuborildi. 
Iosif Stalin tarixni o’zi yozdirgani kabi qoldirishni istab guvohlarni yo’qotishga kirishganini bugun 
gapirishga hojat ham yo’q. Lekin tarixning u bekitgan sahifalari bugunga kelib ochildi. Stalin 
davrida o’ldirilganlar haqidagi malumotlarga qarasangiz, biriga “Qamoqda o’zini osdi”, 
boshqasiga “Miyasiga qon quyildi”, keyingisiga “Og’ir xastalikdan o’ldi” degan xulosalar 
qo’yilgan. Lekin ularni o’ldirishgandi… 
Karimov o’zini kechirmasligini Shovruq yaxshi bilardi. Zotan deputatlar orasida kaltak birinchi 
bo’lib uning boshida sindi. Karimov 1990 yilning 24 mart kuni prezident bo’lgan bo’lsa, oradan 
bir oy ham o’tmay Shovruqni to’rtmi, beshmi bolasi bo’lgan bir ayolga uy olib berganlikda 
aybladi. Ya’ni deputat bunaqa ishlarga aralashmasligi kerak ekan. 
Oliy kengash hay’ati uni qamashga sirtdan izn berib yuborganini eshitib, qo’mita raislariga 
norozilik bildirdik va masalani sessiyaga olib chiqajagimizni aytdik. Karimov Majlis raisiga “Uni 
olib kelib prezidumda muhokama qilib, deputatalikdan chiqaringlar, qolganlarga dars bo’lsin” deb 
aytibdi. Raisga “Bu gapimni ham ayt” degan bo’lsa kerakki u “Oqsoqol shunday dedilar” deb 
qo’rqmasdan aytgandi bu gapni. 
Biz qo’mita raislari bilan bu qaqshatqich zulmning ilk odimi, uni to’xtatish qo’llaringizda, deb 
Shovruqni saqlab qolish masalasida ko’p gaplashdik. Ular o’zlari bir narsa qila olmasliklarini, 
lekin bizlarni hay’at majlisiga kiritish uchun ovoz berajakalarini aytishdi. Qo’mita raislaridan, 
shoir Erkin Vohidov esa “Bizga oldindan qo’l qo’ydirib olishgan, muhokama qilish rasmiyatchilk, 
xolos, baribir bir narsaga erisha olmaysizlar”, deb hay’at majlisiga kiruvchilarning shahdini 
sindirdi. Bu masalani tortishib turganimizda mirshablar Shovruqni olib kelishdi. 
U xalq tomonidan saylangan parlamentiga mirshablar qurshovida, qo’lida kishan bilan kelayotgan 
edi. Kiyimlari g’ijim. Soqoli o’sib ketgan. Ko’zlari cho’kkandi. Biz unga peshvoz chiqdik. 


-Bularning kuchi etmadi. Olib kelgan yangi kiyimlarini ham kiymadim. Soqolimni olish haqidagi 
buyruqlarini ham bajarmadim,- dedi u. 
Uni majlisga olib kirishdi. Mirshablarga topshiriq berib, hozir prezident kelajagini va ichkariga 
hech kim olinmasligini aytishdi. U paytda hali mirshablarning ko’zida bir oz bo’lsada qo’rquv bor 
edi. Bizning yo’limizni to’sa olmadilar. Ichkariga kirdik. Rais darhol majlisni to’xtatib, “Men 
pastga, prezidentni kutib olishga borayapman” deb chiqib ketdi. U ham, Prezident ham kelishmadi. 
Shovruqni esa olib ketishdi. 
Biz masalani sessiyada ko’tardik. Kaminaning Shovruq haqida aytgan gaplarimni o’shanda 
ko’pchilik eshitgan. Sessiya majlisini televidenie orqali namoyish qilishga erishgandik. Bugun 
Shovruqni qamashgan bo’lishsa, ertaga navbat boshqalargaa kelishini, bugun kaltak, ertaga qamoq 
va indin o’ldirishgacha borib etishini, buni bugun to’xtatmasak, ertaga kech bo’lishini aytgandim. 
Quloq solgan kim? Ming afsuski to’xtata olmadik va kech bo’ldi. 
Bugun Shovruqni… Shovruqlarni yo’qotib turibmiz… 
Keyinchalik Shovruqning o’limi yuzasidan turli manbalar oqali surishtiruv o’tkazdim. 
Unga ko’ra O’zbekiston Islomiy harakatini qo’llaganlardan biri Ibrohimbek “qo’rboshi”ning 
nevarasi, xorijda yashayotgan Hoji Jamshid Tilav o’g’li Azimiy qashdarayolik bo’lib, harakat 
uning istagi bilan shu zonalarga hujum qilishi mumkin, degan xabar olingan. Buning ustiga 
Qashqadaryoda “Hizbi Tahrir”ning faoliyati ham kuchaygan. 
Karimov o’z maslahatchilaridan biriga topshiriq berib, Qashqadaryoda jiddiy tadbirlar olishni 
buyurgan. Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov darhol Qashqadaryoga yuborilgan. Qaytib kelgach, 
maslahatchi bilan birga vaziyat haqida hisobot tayyorlashgan. 
Karimov Shovruqni yo’qotishni ham imo qilgani uchun hisobotda asosan u haqda so’z yuritishgan: 
-Shovruq Surxondaryodagi ko’chmanlar bilan aloqaga kirgan. U erdagi gaplarni butun dunyoga 
ovoza qildi… 
-Shovriq norasmiy mitinglar tashkillashtirgan… 
-Shovruq “Hizbi Tahrirning varaqalarini kompyuterda yozib, ko’paytirib bermoqda… 
-Shovruq Moskvadagi “Memorial”ga a’zo bo’lgan va bu tashkilotning rahbarlaridan biri Vitaliy 
Ponamarev O’zbekistonni yomonlab gapirayotgan hamma gaplarni u etkazib turibdi. Ponamarev 
O’zbekistonga kelganda ham u olib yurgan. Olmoniyaning “Fokus” jurnali muxbirlarini ham 
Surxondaryodagi lagerga u olib kirgan va hokazo. 
Hisobotni o’qigan Karimov darhol Shovruqni ushlab kelishni va u bilan o’zi hisob-kitob qilishini 
aytgan. Zokir Almatov bu ishni asli qashqadaryolik bulgan polkovnik Mahmud Bekmurodovga 
topshirgan. 


Shovruqni 2001 yilning 15 iyun kuni ko’chada ushlab, Toshkentga olib kelishar ekan, mahalliy 
mirshablarga “hujjatlarni” tug’rilab qo’yish buyurilgan. Mirshablar uning Yakkabog’ tumanining 
Olaqarg’a qishlog’idagi uyini bosishgan. 
Manbaning aytishicha “xumordan chiqish” va taniganlarini do’pposlab kelish uchun Islom 
Karimov Ichki Ishlar vazirligining erto’lasiga borib turishini prezident devonidagilar yaxshi 
bilishar ekan. 
Agar 1991 yilning kuzida Oliy Kengash raisi Shavkat YO’LDOSHEVni tepgani, o’shanda Savdo 
vaziri bo’lgan Mirabror Usmonovni urgani va Bosh vazir o’rinbosari Baxtiyor Hamidovni 
do’pposlaganini ko’rmaganimda bu gaplarga ishonmagan bo’lardim. 
1993 yil 17 aprel kuni kaminani ushlab Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i 
generel To’xtaevning xonasiga olib kelishganda avval prezident maslahatchisi Temur Alimov 
unga telefon qilib, ertalabgacha yo’qotish haqida buyruq berilganini aytgani, general vaqt 
so’ragandan keyin prezidentning o’zi telefon qilib baqirganiga guvoh bo’lmaganimda ham 
shubhaga borishim mumkin edi. 
Buning ustiga ularning “Shovruq o’zini osib qo’ydi” degan bahonalari ham qing’r ishning qiyig’ini 
ko’rsatib turibdi. Shovruq o’zini osadigan darajada zaif emas edi. U ham jismonan, hamda ma’nan 
juda kuchli inson edi. Uning akasi Shavkat Ro’zimurodovning׃ “Ukaming vujudida zadalanmagan 
sog’ joyi qolmagandi” degan gaplari ham ko’p narsaning dalolati. Boshidagi jarohat izlari esa 
uning zulmga bo’ysunmagani belgisidir. 
Shovruq zulmga bo’ysunmas va qo’rqmas edi. U hech kimdan, ayniqsa Karimovdan qo’rqmadi. 
Qo’rqoqlar kuchlari etmaganda yo tuhmatga boshlaydilar yoki jirkanch qiyofaga kirib nomardlik 
qiladilar. 
Ana shunday nomardlik bois 2001 yilning 6 iyul kuni O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatiyaning 
Qashqadaryo viloyat kengashi raisi, sobiq O’zbekiston Xalq deputati, “Birlik faoli” Shovruq 
Ro’zimurodov o’ldirildi. 
O’zbekiston tarixidagi bu qora dog’ aslida Karimov tarixidagi qora dog’lardan biridir. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish