Murod Jo’raev shu kuni Toshkentga Oshkoralik qo’mitasining va “Tashabbus” guruhining
majlislariga kelishi kerak edi. Ammo yetib kelolmadi. U tushdan keyin kirib keldi va o’ziga
suiqasd qilinganini aytib berdi. Bunga qadar u qonunchilk qo’mitasining kotibi Toshpo’lat
Jo’raevga telefon qilib bo’lgan voqea haqida axborot bergan va Karimov qabulxonasida kutib
o’tirganini aytgan. Biz Toshpo’latdan ma’lumot olib, Murodning kelishini kutayotgandik.
Noma’lum kishi yoki kishilar sahar soat beshda u yotadidan xonaning derazasidan uning yotog’ini
o’qqa tutishgan. Uning o’zi bu haqda majlisimizda quyidagilarni aytdi׃
-Shu xonada yotishimni va har kuni soat oltida uyg’onishimni bilishgan. Ammo shu kuni
Toshkentga keladigan bo’lganim uchun uyqum qochdi va ancha vaqt har ikki majlisda aytadigan
gaplarimni o’ylab yotdim. Soat beshdan biroz oldin o’rnimdan turib, tashqariga chiqdim. Birdan
o’q tovushini eshittim. Xonamga yugurib kirib chiroqni yoqdim. Yotadigan to’shagimni cho’tlab
otishibdi.
Xayriyatki, umr yo’ldoshim boshqa xonada bolalar bilan birga edi. Kichkinamizning
biroz tobi yo’q edi…Xullas, darhol hamma yoqqa xabar qildim va o’zim yashirin yo’l bilan
aeroportga yetib borib, Toshkentga uchdim. Doim darhol qabul
qiladigan Karimov bu safar
negadir umuman qabul qilmadi. Odamlar oddiy masalalar bilan kirib-chiqib turdilar, ammo menga
faqat tush paytida ketaverishim kerakligi, lozim topilganda chaqirilishim mumkinligini aytishdi.
Muborak shahar ijroiya qo’mitasiga qattiq bosqilar bo’layotgandi va biz bu masalani
kengaytirilgan majlislarda muhokama qilib, sessiyaga olib chiqishni rejalashtirgan edik.
Majlis paytida masala shu nuqtaga kelganda tanaffus e’lon qildik. Qo’mitamiz raisi Erkin Vohidov
“Oshxonada parhez ovqat yo’q, uyga borib kelishim kerak” deb ketib
qoldi va tushdan keyin
qaytmadi.
Majlisni yana o’zim o’tkazdim va Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vaziridan darhol bu haqda
ma’lumot berishni, Oliy Kengash prezidiumidan esa shoshilinch ravishda majlis chaqirish,
masalani o’rganish yuzasidan komissiya tuzishni so’radik. Oradan ko’p o’tmay Karimov chaqirdi.
Mana endi u xuddi shu majlisga sha’ma qilayotgandi.
Karimovning o’zini tutishi va masalani bosdi-bosdi qilishga urinishidan u bu haqda oldindan
xabari bor,
shekilli, degan fikr kelib chiqardi. Yo uning o’zi bevosita topshiriq bergan yoki
shunday bir “tashabbus” bilan kelganlarga “bo’pti” deb yuborgan deb o’yladim.
Keyin Murodning aytishicha, Karimov unga “Seni yo’qotib yuboraman” degan ekan. Bu gapni
o’zim ham
eshitganimda, Murodning gaplari yodimga tushgandi.
Murod Jo’raevning ota-bobolari Turkmanistonda tug’ilgan, o’zi esa bolaligidan boshlab
Qashqadaryoda o’sgan.
Qayta qurish va oshkoralik yillarida Muborak shahrida kommunistik partiya ziddiga yurib, bur
guruh mustaqil fikrlovchilar bilan saylovda shahar kengashiga nomzodlarini qo’yadilar. Murod
Jo’raevning o’zi O’zbeksiton xalq deputatligiga ham nomzod bo’ladi va saylanadi.
Qashqadaryo “obkomi”ning birinchisi Islom Karimov bu “o’zboshimcha”lar maydonga chiqqanda
O’zbekiston Kommunistik partiyasiga birinchi kotib bo’lgandi.
Murod Jo’raega “Nomzodingni ol!” deb buyruq beradi, ammo u kurash yo’lidan qaytmaydi.
Muborakda ozodlikning hur uchqunlari ko’zga tashlana boshlaydi.
Shahar kengashi fidokorlari
erkin teleko’rsatuvlar beradigan mahalliy, mustaqil tele-kanal ochishadi. Xalq bilan ochiq muloqot
boshlanadi. Murod Jo’raevning ijroqo’m raisligiga saylanishi Karimovni g’azzabga soladi. Rayon
Do'stlaringiz bilan baham: