Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

24.OTASINING QIZI
O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning Nyu Jersey shtati Oliy 
sudidagi mojarosi yana bir haqiqatni isbotladi. Bu esa O’zbekistonda qonunlar xalqqa boshqa va 
prezident oilasiga boshqa ekanligidir. Qolaversa, bu Konstitutsiyada “Prezident qonunlar kafolati” 
degan gapning O’zbekistonda puch ekanligini ham isbot etdi. 
Ma’lumki, sud Gulnora Karimovaga bolalari Islom va Iymonni Amerikada istiqomat qiladigan 
otasi Mansur Maqsudiy bilan telefon orqali gaplashishlariga sharoit yaratishni buyurgandi. 
9 yoshli Islom telefonda otasiga “Sen bilan gaplashmayman” degandan keyin sud bolaga tashqi 
ta’sir bo’lgan, deya videoga yozib olish sharti bilan qaytadan suhbat uyushtirishni buyurdi. Ammo 
Gulnora Karimova bu talabni ham inkor etdi. Sud “Agar bu talab bajarilmasa, Gulnora Karimovani 
qamoqqa olish haqida qaror chiqarishini” aytdi. 
Shu orada bolaning ilgari ruhiy kasalliklar doktoriga ko’rsatilgani va uning ruhiy jihatdan 
davolangani ham kun tartibiga keldi. 
Sudning talablari qanday bajarilayotgani, jumladan Karimovani qamoqqa olish borasidagi ogohi 
munosabati bilan ochilgan navbatdagi mahkama majlisida Gulnora Karimovaning advokati uning 
nomidan bayonot qilib, “malika”ning diplomatik daxlsizligi mavjudligini ilgari surdi. 
O’zbekiston hukumati 1997 yilda unga diplomatik daxlsizlik haqqini bergan ekan. Har holda buni 
sirtdan Oliy Majlisdan ham o’tkazib qo’yishgan bo’lishsa ajablanadigan joyi yo’q. Chunki 
O’zbekistonda bo’lmaydigan ishning o’zi yo’q. Shu bois sud bu daxlsizlk nimadan iborat 
ekanligini o’rganish uchun mahkamani yana kechiktirdi. 
Gulnora Karimova Amerikaga turmushga chiqqanda bu yerda doimiy yashash statusini olishi bilan 
Qo’shma Shtatlar qonunlariga bo’ysunish majburiyatini ham qabul qilgan. “Grinkard” olganda esa 
qonunlarga bo’ysunaman, deb qo’lini ko’tarib qasam ichgan. 


AQShda prezidentning bolalari qonunni buzgan taqdirda, ayniqsa, fuqarolik qonunlari bilan ish 
ochilganda sudga bormasin, yoki sud qarori unga nisbatan qo’llanilmaydi, degan qoida yo’q. 
Hatto bevosita daxlsizligi bo’lgan prezident va kongressmenlar ustidan ish ochilganda ham bu 
ma’lum davrga kechiktiriladi va daxlsizlk muddati tugashi bilan ish qayta ochiladi. Ya’ni 
qonundan qochish yo’q. Bu barcha demokratik davlatlarda, qonunlar hurmat qilinadigan joylarda 
ham shunday. 
Hato Janubiy Koreyada prezidentning o’g’li ustidan ish ochilganda otasi xalqdan uzr so’radi va 
bolasi boshqalar kabi qonun oldida teng ekanligini aytdi. 
Shunday ekan, Gulnora Karimovaning diplomatik daxlsizligi nimadan iboratligi tabiiyki nafaqat 
sudni, balki jamoatchilikni ham qiziqtirardi. Chunki, O’zbekistonda deputatlik daxlsizligi bo’la 
turib Shovruq Ro’zimurodov, Inomjon Tursunov, Samandar Qo’qonov va boshqalar qamoqqa 
olingani, bugunga qadar bu an’ana davom etayotgani misollari ko’p. Buni qonunlar shunday, oldin 
qamoqqa olib, keyin daxlsizlik bekor qilinadi, deb izohlab kelishadi. 
Endi, agar prezidentning qizi daxlsizlik orqasiga bekinadigan bo’lsa, o’rtada ziddiyat kelib 
chiqmaydi-mi? Tabiiyki kelib chiqadi. Amerikada qasamga xiyonat etsa, O’zbekistonda 
qonunlarni bepisand qilsa va otasi qonunlar posboni bo’lsa, demak, xulosani o’zingiz chiqarib 
olavering. 
1991 yilda Islom Karimov O’zbekistonni shaxsiy mulkiga aylantirib oldi, deya tanqid qilganimda, 
tanbeh berganlar ko’p bo’lgandi. Hayot ko’p narsani isbotlaydi, jumladan, gapim to’g’ri bo’lib 
chiqqanini o’tgan yillardagi va bugungi voqelikning o’zi isbotlab turibdi… 
Nyu Jersey shtati Oliy sudi prezidentning qizi Gulnoraning diplomatik daxlsizligi borligini ro’kach 
qilganini o’rganib chiqib, vajni rad etdi va 9 yoshli Islom hamda 4 yoshli Iymonga otasi Mansur 
Maqsudiy egalik qilishi haqida qaror qildi. Ya’ni Gulnora Karimovani onalik huquqidan mahrum 
etdi. Bu esa AQShning barcha huquq tartibot organlari sudning qarori bajarilishi uchun birinchi 
galdagi imkoniyatdanoq foydalanib bolalarni otasiga qaytarishlari kerakligini anglatsada, bolalar 
hali ham “diplomat” Gulnorada. 
Oliy sud mazkur masalaning moliyaviy jihatlarini ham ko’rib chiqdi. Islom Karimovning sobiq 
kuyovi Mansur Maqsudiy huquqiy xarajatlar uchun oldindan 80 ming dollar to’lagan va buning 
bir qismini Gulnora Karimova ko’tarishi kerakligi masalasida sudga murojaat qilgan. Sud Gulnora 
Karimova huquqiy xarajatlar, xalqaro ekspertlarga to’langan mablag’, qaydiyat masraflari hamda 
boshqa xarajatlar uchun darhol 50 ming dollardan ziyod pul to’lashi kerakligini qarorga bog’ladi. 
Maqsudiyning advokati, Gulnora Karimovaning bu pulni darhol to’lamasligi uning mol-mulki 
yuzasidan hukm chiqarishga yo’l ochishini, Gulnoraning dunyoning juda ko’p joylarida, jumladan 
Shvetsariya va Kayman orollarida hisoblari, mol-mulki mavjudligini aytdi. 
Shuningdek, Gulnora Karimova o’z advokatiga qo’shimcha ravishda 200 ming dollar to’lashi 
kerakligi ham ochilib qoldi. 


Ajaralish mojarosi davomida bolalarning salomatligi diqqat markazida turdi. Gulnora Karimova 
bolalarni otasi bilan gaplashtirmagani haqida sudga yozgan izohotida o’g’li Islom ruhiy jihatdan 
sog’lom emasligi va uni ruhiy kasalliklar shifokoriga ko’rsatib turish kerakligini qayd etgan. 
Bola ilgari otasi bilan gaplashgandan keyin yana ham og’ir vaziyatga tushgani aytildi. Shuningdek, 
Gulnora Karimova qizi Iymon ingliz tilida gaplashishni unutgani va Mansur o’zbek tilini 
bilmagani bois u bilan muloqot qilish imkoniga ega emasligini aytgan. Bu bahonalar sudda otaning 
foydasiga qaror chiqishiga sabab bo’lgan omillardan biri edi. 
Xullas, O’zbekiston va Amerika orasidagi ajralish mojarosi Gulnora Karimovaning ketma-ket 
mag’lubiyatlari va prezident oilasining sirlari ochilishi bilan bilan davom etdi. 
O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning dunyoning juda ko’p 
mamlakatlarida hisob raqamlari borligi oshkor bo’ldi, dedik. Xo’sh, bu hisoblarda qancha mablag’ 
bor va bu pullar qayerdan topildiyu nega chet ellarga chiqib ketdi? Buning ustiga o’zbek 
podshosining qizi bo’lgan “malikai turondot”ning chet ellarda katta mol-mulki ham borligi 
aytilmoqda. Amerika mahkamasida aytilgan bu gaplarga nahotki O’zbekistonda munosabat 
bildiradigan kishi yo’q? 
O’zbekning boyligi, o’zbekning puli shu qadar ham egasiz-mi? O’zini muxolifat deb yurganlar 
nega bu masaladan ko’z yumib kelmoqdalar? Nega bugun buni tinimsiz fosh qilish haqida 
o’ylamayaptilar? Agar biror-bir g’arb davlatida shunday voqea o’rtaga chiqsa, bu muxolifat uchun 
eng katta qurol bo’lishini biznikilar bilmaydilar-mi? Nega muxolifat maxsus bayonotlar bilan 
chiqmadi va nega o’zini mard hisoblagan deputatlar parlamentga so’rov kiritmadilar? 
Savollar va savollar… 
Dunyo matbuotida eng ko’p yoziladigan va eng ko’p o’qiladigan mavzulardan biri mamlakat 
rahbarlarining oilalari, yaqinlari bilan bog’liq xabar hamda maqolalardir. Ma’lumki, bu mavzu 
O’zbekistonda yopiq. Agar O’zbekistonda matbuot erkin bo’lganda eng ko’p yozilgan va va eng 
ko’p o’qilgan xabar, maqolalardan biri prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan 
bog’liq bo’lgan bo’lur edi. 
Aslida demokratik jamiyatlarda bu narsadan qo’rqilmaydi va buning siyosiy faoliyatga u qadar 
ta’siri ham yo’q. Siyosatchining oilasi va o’ziga ayri-ayri qarash shakllangan. Masalan, 2002 yil 
saylov arafasida prezident Bushning ukasi Florida shtatining gubernatori Jeb Bushning qizi 
narkotik iste’mol qilgani va uni davolanishga yuborishganda bosh tortgani uchun sud huzuriga 
olib chiqilgani nafaqat Amerikada, balki G’arb o’lkalarida juda ko’p yozildi. Ammo saylovda 
Bushning partiyasi g’olib chiqqani barobarida ukasi ham Florida gubernatorligiga qayta saylandi. 
Ya’ni qizi bilan bog’liq masalaning saylovga ta’siri bo’lgan emas. 
Ammo odamlar qiziqqani uchun bu mavzu izchil yoritib borildi. Agar bu narsa yashirilsa va xalq 
mish-mishlar orqali buni eshitsa u holda saylovda jidiy to’siq tug’ilishi mumkin. 
Demokratiya va oshkoralikning kuchi ana shunday holatlarda ko’zga tashlanadi. 


Lekin O’zbekistonda prezidentning qizi Amerikalik eridan ajralganda ham xalq bundan bexabar 
bo’ladi yoki xorijiy matbuotdan, bilganlardan eshitadi… 
Gulnora va Mansur mojarosi davom etar ekan, sudning talabi bilan telefon so’zlashuvi tashkil 
qilinganda 9 yoshli Islom uzoq vaqt ko’rmagan va mehriga zor bo’lgan otasiga “Men sen bilan 
gaplashishni istamayman” deb javob beribdi. Sud bu ishga psixologni taklif qildi va videotasmaga 
yozish sharti bilan suhbat uyushtirishni buyurdi. Agar bu amalga oshmasa sud Gulnora 
Karimovani qamash va kuniga 500 dollardan jarima to’lashi haqida qarorga kelishini ma’lum qildi. 
Amerika zehniyatida 9 yoshli bolaning bunday javob qilishini chetdan ta’sir yoki kasallik belgisi 
deb qarashadi. Xullas, nikohni Amerikada qilib, ajralishini O’zbekistonda hukmga bog’latgan 
Gulnora Karimova bilan bog’liq masalada sud unga yana muhlat tanidi. 
Qiziq… Indoneziya prezidenti Megavati Sukarnoputrining 50 yoshli ukasi Muhammad Guruxning 
23 yoshli O’zbek raqqosasi Sabina Guseynovaga uylangani haqida rosa yozildi. Masalan, butun 
boyliklarini oilasiga emas, millatiga me’ros qoldirgan prezident Sukarnoning o’zini muzika 
olamiga baxshida qilgan uncha boy bo’lmagan o’g’li o’zbek xotinidan besh bola istaganmish. 
Guruxning otasi Sukarnoning yettita xotini bo’lgan ekan. Muhammad Guruhning esa noyashirin 
20 ga yaqin jazmani bor emish… 
Bu haqda bot-bot yozildi ammo Gulnora masalasida o’zbek matbuotida jimlik… 
Qachon O’zbekistonda Prezidentinining ham oilasi haqida hamma gaplar ochiq yoziladigan 
bo’lsa, demak o’shanda bu yurtga demokratiya oralabdi, deyish mumkin. Chunki bu 
demokratiyaning muhim uchqunidir. Ungacha esa “yopiq qozon”- kommunistik tizimning 
qoidalari hukmron bo’lib qolaveradi… 
Gulnora Karimovaning sud mojarosi bitgan emasligini aygandik. 
2002 yilning 27 Noyabr kunidagi mahkamada Nyu Jersey Shtatining Oliy sudi Gulnora 
Karimovaning diplomatik daxlsizligi haqidagi da’vosini inobatga olmadi va u Amerikada bu 
yerning barcha qonun-qoidalariga rioya qilish haqida qasamyod qilib, turmish o’rtog’i bilan 
doimiy istiqomat qiluvchi statusida yashagan, degan qarorga keldi. 
Sud O’zbekistonning BMT qoshidagi vakilining Gulnora Karimova diplomatik daxlsizlik 
huquqiga ega, degan da’vosini (BMT qoshidagi vakilning bunday vakolatga ega bo’lib- 
bo’lmagani ham bir masala) rad etar ekan, agar shunday bo’lganda bu AQSh davlat departamenti 
tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak edi, dedi. 
Nima bo’lganda ham 1991 yilda AQSh fuqarosi Mansur Maqsudiyga turmushga chiqqan va 
oradan o’n yil o’tib ajralish qarorini o’zi nikohdan o’tgan Amerikada emas, balki otasining 
vazifasidan foydalanib, g’ayriqonuniy ravishda Toshkentda rasmiylashtirgan Gulnora Karimova 
Nyu Jersey oliy sudining qarori bilan onalik huquqdan mahrum qilingani prezident oilasining 
parvoyiga ham kelmadi. 


Bu O’zbekistonda qonunni chetlash, qonundan qochish, qonunni bepisand qilish nafaqat Islom 
Karimovning balki oilasining ham asosiy “fazilati”ga aylanganiga yana bir dalildir. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish