Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

31. ADHAM FOZILBEKOV 
Ilgari Toshkent shahar kommunistlar partiyasining, so’ng nomigagina o’zgargan Xalq demokratik 
partiyasining Toshkent shahar qo’mitasi birinchi kotibi bo’lib ishlagan Adham Fozilbekov o’zini 
prezidentning eng yaqin, eng sadoqatli odamlaridan biri deb bilardi. 
O’zbekiston televideniesini ko’rib borganlar uni doim Prezident yonida ko’rishar, quchoqlashib, 
qo’shqo’llashib turishganini ko’p gapirishardi. 
Adham Fozilbekov ana shu kayfiyatni yo’qotmaslik uchun butun mahoratini ishga soldi. Hatto 
O’zbekiston Bosh qonunida e’tirof etilmagan bo’lsada, Prezidentni Toshkent shahrida hokim 
saylovi o’tkazishga ko’ndirdi. Saylov davomida Prezident ham, hukumat mashinasi ham unga 
ishladi. Saylovga undan boshqa odamning nomzodi qo’yilmadi. Ko’pchilik toshkentliklar 
ko’rinishidan juda muloyim, ammo kommunistik partiya o’yinlaridan ancha xabardor bu odamni 
istashmasada, u hokim bo’ldi. 
Yuqoridan in’om etilgan bu tortiqni oqlash uchun u 1992 yil 16 yanvarda Toshkent shahrida 
talabalarni o’qqa tutishga rahbarlik qildi. So’ng, Oliy Kengashning 7-sessiyasida Prezidentning 
kamchiliklarini aytgan, o’zining shogirdi va eng yaqin safdoshi-O’zbekiston xalq deputati, tuman 
hokimi Shuhrat Nusratovni hatto sessiyaga kiritmasdan ishdan oldi. 
U layoqatsiz, ammo har qanday qabih ishga tayyor, Prezidentga yoqadigan kishilarni esa katta 
lavozimlarga tayinladi. 
Yuzma-yuz gaplashganda o’zini samimiy ko’rsatishga uringan Adham Fozilbekov sirtidan 
muxolifatga qarshi o’t ochib, o’zini Prezidentga yaqin qilib ko’rsatish maqsadini ko’zladi. 
Prezident ham unga ishondi va uning bilan ko’p ish qilishga ulgurdi. 
Qo’rqoqlik, haqiqatni ochiq aytolmaslik, xushomad va qullarcha ko’r-ko’rona ish bitirish har 
qanday kadrni oxir-oqibatda sharmanda qiladi. Kommunistik rejim davrida ildiz otgan va bugun 


yana ham kengroq quloch yoygan bir odat bor. Yurtga emas, rahbarga, eng birinchi rahbarga 
xizmat qilish. Adham Fozilbekov ana shu maktabga sodiq bo’lib qoldi. Hech qachon 
qoqilmayman, yiqilmayman, deb o’yladi. 
O’zbekistondagi aksariyat kadrlar xuddi ana shunday fikrdalar va hatto yo’lda ekanliklarini tan 
olgilari kelmaydi. Yonlaridagi safdoshlarining takdiri ham ularga saboq bo’lmayotgani kishini 
ajablantiradi. 
O’zbekiston Prezidenti maslahatchisi, olim Baxtiyor Nazarov g’ayriinsoniy harakatlarni ko’rib, 
bilib xalqni aldashga, Prezidentni sevishga undadi. Jon-jahdi bilan harakat qildi. Ammo ishdan 
quvildi. 
Vazirlar mahkamasi raisi muovini, shoir Erkin Samandarov millatni yolg’on va aldovlarga 
ko’nikishga o’rgatish yo’lini yaratdi. O’zi shu yo’lning qurboni bo’ldi. 
«O’zbekiston ovozi» muharriri Rasul Rahmonovdek Prezidentni maqtashga hissa qo’shgan odam 
yo’q. U ham vazifasidan kuzatib qo’yildi. 
Bu o’yin viloyatlarda ham ayni ko’rinishda davom etmokda. Barcha viloyat hokimlari ham ana 
shu o’yinning tashkilotchisi, ijrochisi bo’la turib unga engildilar. 
Eng achinarlisi bugun ham Prezident shu odamlarni chaqirib, mansab, vazifa bersa, ular yana 
xushomad, madhiyani boshlab yuboradilar va har qanday qabih, qonunsiz topshiriqlarni 
bajaraveradilar. 
Imkoni topilgan joyda uni maqtaydilar va xushomadgo’ylik qiladilar. 
Bu kadrlarni ayblamoqchi emasman. Ular shunday ham qiynokda. Vijdon azobi yondirmokda 
ularni. 
Faqat ularning taqdiri boshqalarga dars bo’lmagani o’ylatadi kishini. Go’yo butun kadrlar Adham 
Fozilbekovga aylanib qolgandek. Balki Adham Fozilbekov barcha rahbarlarning ichiga singib 
ketganmi? Bilmayman. 
Xullas, Karimov diktaturani shundaylarning qo’li bilan mustahkamlab oldi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish