Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

26.SAMANDAR 
Islom Karimov juda ham qo’rqqan odamlardan biri Samandar Qo’qonovdir. 
Samandar Qo’qonov asli forishlik. Otasi Sovet davrida tadbirkor bo’lgan. Bitta qo’yini ikkita 
qilgan va oxirida yuztaga etkazgan hamda “Bizning davrimizda boylar bo’lmasligi kerak” degan 
rejimning quvg’iniga uchragan oddiy cho’pon bo’lgan. 
-Toshkentdan borib “Qo’ylaringiz qani?” deyishsa chorvasini Qozog’istonga haydab qo’ygan 
bo’lar, agar Qozoqlardan tekshiruvchi kelsa, qo’tonni Forish tomonda qurar, xullas o’z moliga o’zi 
xo’jayinlik qila olmas ekan,-deb hikoya qilgandi u otasi haqida. 


Ammo otasining qo’ylari akasiga qolgan. Unga o’tgani esa tadbirkorlik, ishbilarmonlik. U 
Forishda bir hisobchiga yordamchi bo’lganida: 
-Cho’tni bunchalik sekin ishlatmaydilar!-deb ketib qolganni aytgandi. 
U o’shanda cho’tdagi toshlarni bittalab sanab o’tirgan odam hisobchi emas, balki cho’tning 
toshlarini sanashni barmoqlariga yuklagan va qaramasdan “cho’t uradigan” odam hisobchi bo’lishi 
kerakligini orzu qilgan. 
Tadbirkorlik va ishbilarmonlik qonda bo’ladi, deganlari rost. U ko’p o’tmay shaharga ketadi va 
Gorbachevning qayta qurish yillarida zamonim keldi deb o’ylaydi. Toshkent viloyatining Chinoz 
tumanida joylashgan neftni qayta ishlash korxonasiga boshliq bo’lgandan keyin esa darhol ko’zga 
tashlanadi. 
U birinchi bo’lib Kommunistik partiyaning korxonadigi boshlang’ich tashkilotini tarqatib yubordi. 
Bu butun Ittifoq bo’yicha shov-shuvga aylandi. Moskvadan Ichki ishlar vazirligining va KGBning 
harbiylashgan kuchlari Chinozga yuborildi va uning idorasini o’rab oldilar. Revizorlar ishga 
kirishib ketdilar. Tashqaridan kelganlar kiritilmas, ichkaridagilar chiqarilmas sharoit ekanini o’sha 
kezda bu yerga kirib olgan “Svoboda” radiosning muxbiri berib turgan xabarlardan eshitganmiz. 
Olti oy qamal holida tekshiruv o’tkazilgan va jiddiy bir narsa topa olishmagandi. Keyin saylovlar 
boshlangach, tumanda yo’llarni qurib bergani, obodonlashtirish, gazlashtirish ishlariga bosh-qosh 
bo’lgani bois uni xalq deputatligiga nomzod qilib ko’rsatishgan. 
O’zbekiston Kompartiyasi boshida turgan Islom Karimov darhol uni yomonotliq qilish kerak, deb 
ko’rsatma bergach, Toshkent viloyat gazetalarida u haqda fele’ton chop etiladi. Qo’yilgan ayb u 
kommunistik partiya boshlang’ich tashkilotini tarqatib yuborgani! 
Karimov rejimi har qancha qarshilik qilmasin u deputatlikka saylanadi. 
Birinchi sessiya tanaffusida novchadan kelgan, tovushi o’tkir bir kishi yaqinlashib: 
-Jahongirsiz-a, men Samandarman,-dedi. 
Gapning ochig’i uning idorasini olti oy tekshirib bir narsa topa olishmaganiga uncha 
ishonmagandim. Chunki bunday idoralar qabohat botqog’iga botgan va u erda ishlagan hamma 
odam o’g’irlik qilar edi. Benzin bor joyda o’g’irlik yo’q desangiz sizni anqov deb o’ylashardi. Shu 
bois bu odamga uncha ishonqiramay qaradim va bir kuni: 
-Taqsir boshqa bir idoraga rahbar bo’lganingizda gapingizga ishonardim, lekin o’g’rixonada 
ishlaysiz-ku?!-dedim. 
Uning jahli chiqdi. Ammo bildirmay, jilmaydi. 
-Bo’ri esa ham, emasa ham og’zi qon ekan-da! O’g’ri bo’lganimda katta o’g’rilar bilan o’chakishib 
qolmagan, ularning partiyasiga qarshi chiqmagan bo’lardim. Yuring bir kun shu o’g’rixonaga olib 


boray, yo’lda borguncha va qaytib kelguncha ko’p gaplarni aytib beraman, ham odamlar bilan 
o’zingiz gaplashasiz,-dedi. 
Men uchun qiziq edi. Buning ustiga Bosh prokuror Bo’ritosh Mustafoyev uning ustidan ish 
qo’zg’atish uchun Oliy majlisga talabnoma kiritgan va Karimov bizdan ana shu masalani 
qo’llashni so’ragandi. 
Haqiqatdan ham bir kunda ko’p narsani o’rgandim. Uning idorasida odamlarga yaratilgan 
qulayliklar boshqa biror joyda yo’q edi. Saunalardan tortib, bepul sartarosh xizmatiga qadar… 
Sartaroshchi bilan gaplashib qoldim. Nuroniy bir kishi. Toshkentda yashar va har kuni shuncha 
uzoq yo’lga qatnar ekan. 
-Rashidovning sartaroshi edim. Karimovni ham yaxshi taniyman,-dedi u.- Hamma kattalar menda 
soch oldirar edilar. Rashidov go’ridan chiqarilgan paytda meni ham tergovga tortishdi va ishsiz, 
ko’chada qoldim. “Senga nima gap aytgandi” deb ko’p qiynashdi. Bir kuni bir mulla yigit meni 
Samandar ukamizning yoniga boshlab keldi. U menga yaxshigina maosh tayinladi va istagan 
kunlarim kelib, odamlarga bepul xizmat qilishga buyurdi. Idoramizni o’rab olgan kunlari Karimov 
meni bu yerdan olib, o’z idorasiga qaytarmoqchi bo’ldi, ammo bormadim… 
Keyin Karimovning “o’ng qo’li” bo’lgan Zelemxon Haydarovga bu gapni eslatganimda: 
-Agar shu odamni javob berganda ishi yopilib ketgan bo’lardi. Islom akamning juda jahllari chiqdi 
va “Qo’qonovni qamoqda chiritaman”, deb aytdilar. Hali ham bir gaplashing, shu odamga javob 
bersin,-dedi. 
Samandar akaga bu gapni aytdim. Avval ranjidi. Chunki xabari yo’q ekan. Sartarosh uyiga telefon 
qilgan odamlar haqida va taklif borasida unga hech narsa demasdan rad javobi qilgan ekan. 
Keyin birdan Samandar akaning yuzi yorishdi va: 
-Oddiy odam bo’lsa ham juda mard ekan,-dedi sartarosh haqida. 
Uning ishxonasida asosan yoshlar ishlar va ko’pchiligi machitga qatnar, namozxon yigitlar ekan. 
-Bir kuni shuni ham sizga ayb qilishlari mumkin, u dindorlar tashkiloti qurib olgan deyishlari 
mumkin,-dedim unga. 
-Siz aytgan kabi bizning idoraning nomi o’g’rixona bo’lib tanilgan, bu yerda ishlagan hamma 
o’g’rilik qiladi, deb o’ylashadi. Shunday ham bo’lgan. Ammo men bolalarga birortang ham xalq 
mulkiga ko’z tikmaysan, deganman, buning ustiga ular namozxon bo’lishgani uchun Xudodan 
qo’rqishadi va yulg’ichlik qilishmaydi. Ammo ulardan radikal dindorlar chiqmaydi,-dedi,- ular 
aqli-hushi joyida, past balandni tushunadigan yigitlar. 
-Agar yulg’ichlik bo’lmasa odamlarga bu qadar ko’p maoshni qayerdan berayapsiz? Buncha 
sharoitlar qayerdan?-deb so’radim. 


-Balki hali ham kimlardir yulg’ichlik qilar? Lekin na biz va na hukumat hali ushlagan emas. 
Sharoitga kelsak, hali, bu hech narsa emas, men Vazirlar mahkamasiga xat yozib jamoa uchun yer 
ajratilishini so’raganman va bu yerda ishlaganlarning hammasiga bittadan dang’illama uy 
qurdiraman,-dedi u. 
-O’zingizga hammi? 
-Men ham jamoa bilan birga yashayman. Qolaversa nega qurmasligim kerak? 
-Lekin bu qadar pul osmondan tushadimi? 
-Agar yo’lini bilsangiz osmondan tushadi. Men bugunga qadar xalqimning bir tiyiniga xiyonat 
qilganim yo’q. Rossiya bilan boshqa davlatlar orasida neft mahsulotlari oldi-sotdisida vositachilik 
qilamiz. Rossiyaga xaridorlar topib beraman, xaridorga esa arzon mahsulot va kelishuvning 10 
foyizi bizning idoraga kelib tushadi, bu esa juda katta pul. 
-Hukumatdagilar biladilarmi buni? 
-Bizning hukumatdagilar hech narsani bilmaydilar va bilishni ham istamaydilar. Bir kuni Bosh 
vazirning o’rinbosari telefon qilib, Chinozda, katta yo’l ustidagi “benzokolonka”da uning 
yigitlariga yaxshi benzin berishmaganini aytib, shikoyat qildi. Men unga bizning 
“benzokollonkamiz” yo’q, u boshqa idoraga qaraydi desam ham ishonmadi. Bular hatto o’zlari 
rahbar bo’lgan sohalarning tuzilishini ham bilmaydilar,-dedi. 
O’sha kunlari hukumat benzin narxlarini oshirib yubordi. Samandar Qo’qonov sessiyada 
mikrofon yoniga bormas edi, o’rnidan turib gapirardi va ovozi o’tkir bo’lgani bois hay’atdagilar 
bemalol uni eshitardilar. O’shanda u: 
-Islom, aka, benzinni buncha qimmat qilishning nima keragi bor? Menga imkon bering, bir haftada 
hammayoqni benzinga to’ldiraman, hukumat ham foyda qiladi, xalq ham,-dedi. 
Karimov esa jilmayib: 
-Mustafoyevdan so’raymiz,-deya kinoya qildi va bundan jahli chiqqan Samandar Qo’qonov qo’l 
siltab, tashqariga chiqib ketdi… 
Bir kuni uning idorasidagi kasaba ittifoqi raisi telefon qildi: 
-Biz Erk partiyasining bo’limini tashkil qilayapmiz, kelishingiz mumkinmi?-dedi. 
Muhammad Solih bilan birga bordik. Samandar Qo’qonov yig’ilishda qatnashmadi. Keyin u 
buning sababini: 
-Yana men qatnashganim uchungina odamlar rejimga qarshi bo’lgan gaplarga qo’shilishdi, 
deyishlari mumkin dedi u. 


Uning idorasidan 500 kishi Erk partiyasiga a’zo bo’lishini Islom Karimov o’ziga qarshi yana bir 
hujum deb qabul qildi. 
Oldin ham Karimov uni o’ziga qarshi chiqayotgan isyonchi deb bilar edi. 
-Agar u “yo’q” desa biror kishi ham o’zicha bir ish qilmaydi,-degandi Karimov, 7-sessiyadan 
keyin u haqda gaplashar ekanmiz. 
-U tadbirkor va ishbilarmon odam, ko’zi to’q, xalqning haqiga xiyonat qilishni yomon ko’radi, 
topganini ishchilari bilan baham ko’radi, odamlar haqida g’amxo’rlik qiladi, nega undan 
foydalanmaysiz,-dedim Karimovga. 
-Bunday odamlar jamiyat uchun juda tahlikali,-dedi u,-ular etmish yil zahmat bilan qurilganini bir 
kunda buzishni istaydilar. Ahmoq olomon shundaylarga ergashib ketaveradi. Xalqning “Yangini 
qurmasdan eskini buzma” degan maqolasiga (maqoliga demoqchi-JM) qarshi bular. Bunaqa 
odamlarning o’rni qamoqda! 
-Lekin eskini buzmasak yangini qayerga quramiz, qolaversa, agar buzsak qurishga majbur 
bo’lamiz, buzmasak boshpana borku, deb yuraveramiz. 
-Bu ham o’shaning gapimi? Sizga ham ta’sir qilib bo’libdi-ku?-deya kesatti Karimov. 
-Ta’sir qilib-qilmaganini bilmayman, lekin bugun ana shunday yangi qarashdagi 
ishbilarmonlardan qo’rqmasligimiz kerak,-dedim.-Qo’llamasangiz ham uni o’z holiga 
qo’yishingiz kerak! Xalq unga ishonmoqda, jamoasi ishonmoqda, biz nega ishonmasligimiz kerak. 
U qurayotgan uyni kechasi yoqib ketishgani haqida prokuratura biror ish qo’zg’atgan emas, lekin 
akasining qo’ylari bor, deya uning ustidan ish ochilgani kulgili emasmi? 
-Nima qiladi bo’lmasa benzinga xo’jayinlik qilib. Mafiyaning bolalari borgan ekan, 93-benzin 
kerak deb, bermabdi, mafiya bilan o’ynashib bo’ladimi? Nima u Xudo bo’ldimi? Shundan keyin 
yoqib yuborishadi-da,-dedi Karimov va birdan jim bo’lib qoldi. U aytishi kerak bo’lmagan gapni 
aytib qo’ygan edi. 
-Uyiga o’t qo’yilganda jinoyat sodir etilib, prokuratura ish qo’zg’atmagan bo’lsa va ikkinchi 
holatda jinoyat bo’lmagan holda uning ustidan ish ochilgan bo’lsa, bu masalani sessiyaga olib 
chiqish kerak ekan,-dedim tilimni tiya olmay. 
-Uka, po’pisa qilmang, o’shaning ishini yopish kerakmi, ana Mustafoyevga ayting, ishni 
to’xtatsin,-dedi Karimov suhbatimizga nuqta qo’yib. 
Ammo Bo’ritosh Mustafoyevga “To’xtatma!” deb aytibdi. Keyin bilsam, Mustafoyev Samandar 
akadan bir million dollar so’rabdi va buni Karimovga berishi kerakligini aytibdi. Samandar aka 
Karimovni ham, Mustafoyevni ham haqorat qilib yuborganini oqizmay-tomizmay etkazishgani 
bois qo’zg’atilgan ish yana davom yettirilgan ekan. 


Biz Mustafoyevning talabnomasini bahona qilib, butun gapni sessiyada ochishga qaror 
qilganimizni kimdir Karimovga sotgandan keyin sessiya arafasida Mustafoyev talabnomasini 
orqaga oldi va ishni yopdi. 
Ammo oradan ikki yil o’tib, Karimov Oliy Majlisdagi muxolifatni bartaraf qilgach, Qo’qonov 
ustidan yana ish ochgan. Bu paytda Turkiyada edim. Eshitishimcha uning uy-joylari, boyliklari 
haqida maxsus film qildirishgan va uning nomini yomon oltiqqa chiqarishgan. Ilgari fele’ton 
yozdirishgan bo’lishsa bu safar film. 
Samandar aka oshqozoni kasal odam. Doim parhezda yurardi. Uni Karimov 22 yilga qamab 
yubordi. 
Uning “jamiyatimiz”ga yot bo’lgan bir odati bor, u ham bo’lsa cho’rtkesarligi. Ya’ni kaminaga 
o’xshab o’xshab ko’nglidagini qo’rqmay ochiq aytib yuborardi. 
Yyettinchi sessiya tanaffusida deputatlar Karimovni o’rab olishganda u: 
-Taqsir siz o’zbek xalqining ajalisiz,-degandi Karimovga. Bu juda og’ir gap. Ayniqsa Karimov 
kabilar bunday gapni aslo ko’tara olmaydi. 
Darhaqiqat, kin va gina saqlaydigan Karimov bu gapni haliga qadar unuta olmagani aniq. U 
haligacha Samandar Qo’qonovdan qo’rqadi. Xalq unga ergashib ketishidan, karimovlar qurgan 
eski, nuragan binoni buzishidan qo’rqadi. 
Bir kuni ishga ketayoganimda nomersiz mashina bilan urib ketmoqchi bo’lishdi, tasodifan qutulib 
qoldim, ammo ishga qadar orqadan quvib borishdi. Bu haqda hukumatdagilarga ham xabar berdik. 
E’tibor qilishmadi. Ertasiga bu haqda “Izvestiya” gazetasining birinchi sahifasida xabar chiqdi. 
Keyin bilsam, Samandar aka gazetani olib, Bosh prokuror Bo’ritosh Mustafoyevning yoniga borib, 
bu masalada ish qo’zg’atishni talab qilibdi. 
-Har bir ko’cha harakatiga ish ochamizmi endi,-debdi Mustafoyev. 
-Ablah odam ekansiz, xalq deputatiga, Oliy majlis qo’mitasi raisining o’rinbosariga, ERK 
partiyasi kotibiga suiqasd bo’ladiyu siz oddiy ko’cha harakati deysiz-a,-deya gazetani uning 
yuziga uloqtirib kyetibdi. 
Bo’ritosh Mustafoyev bo’lgan voqeani so’zma-so’z yozib, Oliy majlisdan Samandar Qo’qonovga 
chora ko’rishni talab qilgandi. 
Unga: 
-Qatag’on kundan-kunga oshib borayotgan bir paytda o’zingizni olovga urib nima qilasiz?-desam. 
-Samandarman, o’zimni olovga urishim kerak!-degandi.-Lekin shu bilan mening ustimdan yo’q 
joyga ish qo’zg’agan Mustafoyevning o’ziga o’zining necha pulligini isbot etdim. 


Ismning ham ahamiyati katta deyishadi. Ba’zan ism ham insonning hayoti haqida bir qissadir. 
Xalqimizning rivoyatlarida, ertaklarida Samandar degan bir bahaybat jonivor olov ichida tug’ilib, 
olov ichida yashagani hikoya qilinadi. 
Qarangki, Samandar Qo’qonov ham olovli bir davrda tug’ilib, umri olov ichida qoldi. 
Bu olovning go’laxisi esa Islom Karimov bo’ldi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish