Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

3. HAYRAT
Xalqning bir qismini aldash mumkin, yana bir qismini doim aldash mumkin, xalqning hammasini 
vaqtincha aldash mumkin, lekin butun halqni hamma vaqt aldash mumkin emas, degandi Amerika 
prezidentlaridan biri. 
Chunki g’arbda mamlakatni idora qilishga da’vogar shaxslarning “yetti ko’rpasini” ag’darib 
ko’radilar. Shaxsning halolligi, rostgo’yligi, diyonatli, iymonli, insofli, aql-idrokli va salomat 
bo’lishiga ahamiyat beriladi. 
Amerikada saylovlar davrida nomzod yoshligida qimor o’ynagani, qandaydir hujjatli filmni 
xavfsizlik idorasiga sotgani, narkotik qo’llangani, go’zal bir xonimga ko’ngil qo’ygani kabi 
holatlar ham suv betiga qalqib chiqqan. Chunki Amerika xalqi fermaga mudir emas, mamlakatga 
rahbar, agar mamlakat vujud bo’lsa, vujudga bosh, agar mamlakat bosh bo’lsa, boshga aql 
istashadi. 
Sobiq Sovet ittifoqi davrida esa shaxsning o’zi emas, hujjatlari «toza» bo’lsa bas edi. Har qanday 
ifloslikka bulg’angan hujjatni ham pul bir pastda tozalardi. U paytda shaxsning partiyaga sadoqati, 
xalqqa qo’rqmay yolg’on so’zlay olish qobiliyatiga e’tibor berilardi. 
Xo’sh, bugun nega O’zbekistonda mustaqil mamlakatda yashab, hamon Lenin chizib bergan 
yo’ldan bir qadam ham nariga yoki beriga odim otilmayapti? Chunki hokimiyat makrning mulkiga 
aylandi, makrning domiga tushdi. 
Makr mahoratdir, degan gap bor. Makrning million qarmog’i bo’ladi. Biridan qochsang 
ikkinchisiga tutulasan. Makrdan uzoq bo’lishning yo’li ikkitadir. Biri uni bilish, ikkinchisi uni 
yo’qotish. Birinchisiga ega bo’lmay ikkinchisiga erishib bo’lmaydi. Tabiatning oddiy qonuni bu. 
Shu niqtai nazardan kelib chiqib, avvalo kutilmaganda hokimiyat tepasiga ko’tarilgan va tarixning 


burilish nuqtasida O’zbekistonda millat hamda mamlakat taqdiriga qora tamg’a urgan shaxsning, 
ya’ni makr manbaini o’rganib ko’rish kerak. 
Hokimiyatni makr bilan qo’lga olgan va makr bilan boshqargan Islom Karimovni ham yaqindan, 
ham uzoqdandan yaxshi taniyman. Tarixning burilish nuqtalarida u bilan ko’p marta to’qnash 
keldik. Uning shaxsi, nimaga qodir bo’lib, nimaga qodir emasligi, qanday qilib hokimiyatni bu 
qadar mahkam ushlab olishi, nima sababdan zulm va qatag’on yo’lini tanlashi, millonlab 
odamlarni baxtsizlikka boshlashi sabablari uning qiyofasida, ma’naviyatida “mana-man” deb 
turganday. 
Ko’pchilik unga ishondimi yoki undan qo’rqdimi? O’zbekistonni saqlab qolish uchun uning 
qattiqqo’lligi, yakkahokimligi kerak edimi yoki bu qattiqqo’llik, yakkahokimlik O’zbekiston 
kelajagini tahlika ostida qoldirdimi? Nima sababdan bugunga qadar xalq uning kimligini 
tanimaydi va mamlakatni qanday boshqarishi haqida aniq ma’lumotga ega emas? Bu uning 
mahoratimi yoki jamiyatning ojizligimi? Xullas, bu kabi sarhadsiz savollarga bois bo’lgan Islom 
Karimov kim? 
Ilk daf’a Islom Karimovga duch kelganimda orzularim tug’yon urdi. “Yurakdagi bunday 
lovullagan olov, kuch-g’ayrat, fidoyilik bilan partiya idoralarida qanday ishlayapti ekan, bu zot?”- 
degan savol o’rtadi. 
Tasavvur qiling, sobiq sho’rolar mamlakatida to’qnashuvlar tufayli quyosh chizig’idan chiqqan 
bir payt. Ham fikr, ham musht to’qnashuvlari. Ozodlik va qullik kurashmoqda edi. Sobiq komfirqa 
nima bo’lsa-da o’zini saqlab qolish talvasasida. Buning evaziga ko’p narsadan qochmoqqa va ko’p 
narsani emirmoqqa tayyor. Shunday kezda sho’rolar mamlakati tayangan va ishongan 
«shtab»lardan biri O’zbekiston komfirqasining birinchi kotibi Islom Karimov Samarqand 
viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida saylovchilar bilan (O’zbekiston SSR Oliy Sovetiga 12-
chaqiriq saylovlari boshlangan paytda) uchrashmoqda. Endi-endi o’zbek tilini o’rgana boshlagan 
«birinchi»ning so’zlarni qo’pol tarzda buzib aytishi, kulgiga bois bo’ladigan iboralar ishlatishi, 
oldi-qochdi gaplardan qutula olmasligi hech kimning g’ashiga tegmas edi. Chunki u kurmaklar aro 
pishiq guruchlar sochayotgandi׃ 
«Qachongacha yerimiz, Vatanimiz, boyliklarimizga naryog’dan kelganlar xo’jayinlik qiladilar?». 
Qarsaklar. 
«Qachongacha o’zbek tili xor bo’ladi? O’z tariximiz, dinimiz, tilimiz, qadriyatlarimiz 
qachongacha karam (qaram demoqchi- J.M.) bo’ladi? Biz ozod, mustaqil bo’lishimiz uchun kerak 
bo’lsa jonimni beraman». Gulduros qarsaklar. 
«Biz faqat paxta, tillolar evaziga dunyoda eng boy yashashimiz mumkinligini mana shu 
manbardan (minbardan, demoqchi – J.M.) ishonch bilan aytaman». Qarsaklar. 
“Bu zamindagi hamma narsalar dunyo bozorida eng baland bahoga sotiladi. Oltin deysizmi, pilla 
deysizmi, qarako’l, paxta deysizmi, hammasi jahon bozorining eng chaqqon mahsulotlari, bular 
o’zimizga qolsa, biz dunyoning boy davlatlaridan biri bo’lamiz. Mana men iqtisodchi sifatida 


bunga garantiya beraman: O’zbekistonning boyliklari o’z xalqini boqishga, boqqanda ham to’liq 
boqishga yetib ortadi, mana ko’rasizlar!” (Qarsaklar) 
«Men naryog’dan, keling ochiq aytay, Moskovdan qo’rqadigan yerim yo’q. Sizlar himoya 
qilsalaring, bas! Nima deysizlar?» Gulduros qarsaklar. 
«Farg’ona, Bo’ka, Parkent voqealarini kim uyushtirganini bilaman. Ochib tashlaymiz hali. 
Oldingizda tiz cho’kib aytamanki, hammasi jazosini oladi». Qarsaklar. 
«Saylovlar ozod bo’ladi. Ko’ppartiyaviylikka yo’l ochamiz. Kommunistik partiya maydondan 
chiqadi. Moskovda uxlab yotgan deputatlarimizni ishga solamiz, ular haqimizni o’ndirish uchun 
ishlamasalar kim ishlaydi?». Qarsaklar. 
“Din erkin bo’ladi, istaganimizcha machit quramiz, bizga restoranlar, qasrlar kerak emas, bizga 
ibodat qiladigan joy kerak”. Qarsaklar. 
“Namoz o’qigani uchun partiyadan o’chirgan zamonlar o’tdi, endi kerak bo’lsa bu yurtda namoz 
qilmaydigan bo’lmaydi” degan gapni Konstitutsiyaga kiritib qo’yamiz. Dindan bexabar bo’lganlar 
o’rgansin, keyin kech bo’ladi. Ollohga xizmat qilishni o’rganmagan odam mening do’stim emas!. 
Qarsaklar. 
«Paxta ishi» bilan qamalganlarni, insholloh ozod qilamiz. Xalqimizning nomini osmonga 
ko’taramiz». Karsaklar. 
«Erni dehqonga beramiz, Gorbachyov qo’lini peshtaxta (pesh demoqchi-J.M.) qilmasin ko’p. Siz 
qo’llasangiz, biz ham qo’limizni peshtaxta qilamiz». Gulduros qarsaklar. 
Qarsak urganlar va Karimovni qo’llab gapirganlar safida kamina ham bor edi. U juda ko’p odamlar 
o’ylab yurgan gaplarni tilga keltirgan edi. Uning aytgan ko’p gaplari mening ham orzularim 
edi.Uning nutqini kim yozib bergan bo’lsa ham xalqning ko’nglidagini satrlarga to’kkandi va 
Karimov uni vaqtida tilga keltirgandi. 
O’shanda “Birinchi”, ya’ni bir respublikaning boshida turgan shaxs bemalol yolg’on gapirishi, 
xalqni aldashi, bugun aytib ertaga so’zidan qaytishi mumkin, degan fikrdan yiroq edim. Taassufki, 
ana shu men yiroq bo’lgan fikrlar haqiqatning o’zginasi ekan. Ha, haqiqat olis-olislarda, etganlar 
bor, etmaganlar bor! 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish