Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


-1. MYANMA (BIRMA) ITTIFOQI. TAILAND QIROLLIGI



Download 0,91 Mb.
bet66/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

31-1. MYANMA (BIRMA) ITTIFOQI. TAILAND QIROLLIGI
Myanma, yoki Myanma Ittifoqi (1988-yil iyul­gacha - Birma) - Hind okeaniga chiqish yo’liga ega bo’lgan Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi budda mam­lakati. U mazkur ittifoqdagi eng yirik davlat sanaladi. Myanmada 135 millatga mansub 45 million kishi yashaydi, ularning 69 foizini barmanlar tashkil qiladi. XIX asrda Myanma Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1942-yilda esa Yaponiya tomonidan bosib olindi. 1945­ yilda yapon bosqinchilari ittifoqchi qo’shinlari bilan birga mamlakatdan quvib chiqarildi. Angliya hukumati bilan muzokaralar natijasida 1948­ yil 4-yanvarda Birma mustaqilligi e’lon qilindi. Mamlakatning birinchi bosh vaziri sifatida U Nu saylan­di. Ammo 1962-yil martda ushbu lavozimni partizan harakati rahbarlaridan biri general Ne Vin egalladi. U parlamentni tarqatib yubordi va "Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi"ni e’lon qildi. Sotsialistik jamiyat qurilishi 1988-yilgacha davom etdi, chunki bu davrga kelib talabalar namoyishi va umumxalq ish tash­lashi generalni iste’foga chiqishga majbur qildi. Hokimiyat general So Maungo boshchiligidagi boshqa bir harbiy guruh qo’liga o’tdi. Davlat qonunchiligi tar­tibini tiklash bo’yicha Kengash rahbar organ bo’lib qoldi va ko’ppartiyalik tizimini tasdiqladi. 1988-yildan Myanma Ittifoqi deb yuritila boshlandi. Yangi rahbariyat qoloqlikdan chiqish va turmush darajasini ko’tarish maqsadida bozor iqtisodiga o’tishni boshladi. 90-yillar oxirida mamlakatdagi ahvol biroz yaxshilandi. Yalpi mil­liy mahsulotning (YMM) yillik o’sishi 8 foizni tashkil etdi. 1997 -yil iyulda Myanma ASEAN a’zoligiga qabul qilindi.
ASEAN - Janubi-Sharqiy Osiyo millatlari Assotsiatsiyasi. 1967­ yilda tashkil topgan. Tarkibiga Bruney (1984-yil), Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va Filippin kiradi.
Ammo yangi hokimiyat mamlakat iqtisodiy yuksa­lishi, erkinlik va tinchligini ta’minlay olmadi. Harbiylar rejimiga qarshi partizanlar urushi davom etdi. 1990-yilda Myanmada birinchi marta erkin umumxalq saylovlari bo’lib o’tdi va unda mavjud rejimga qarshi bo’lgan ­Demokratiya uchun milliy liga g’olib chiqdi. Biroq ge­neral So Maung hokimiyatni topshirishdan bosh tortdi. Demokratiya o’rnini diktatura egalladi, muxolifat tar­qatib yuborildi va chet elga - Tailandga ketishga majbur bo’ldi. Demokratiya uchun kurashuvchi milliy liganing 40 vakili qamoqqa olindi. Generallar 14 yildan beri demokratiyani tiklash lozimligini bildirishadi, ammo ayni paytda hokimiyatni muxolifat bilan bo’lib olishni xohlamayotir. TAILAND QIROLLIGI .
Tailand qirolligi bevosita Myanma bilan chegaradosh. Aholining asosiy qismini (50 foiz) tayslar tashkil etib, buddizmga e’tiqod qiladi. Ular XIII asrda­yoq o’z davlatini tuzgan edilar. 1939-yilgacha u Snam Qirolligi (hukmdor sulola nomidan olingan) deb atalgan. Davlat Hindixitoydagi Britaniya va Fransiyaga qarashli hududlar o’rtasidagi bufer zona sifatida o’z mustaqilligi­ni saqlab keldi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Tailand Yaponiya tomonidan bosib olingan edi. 1944-yil milliy ­ozodlik harakati natijasida hukumat ag’darib tashlandi. Urushdan keyingi davrda mamlakatda AQSH ta’siri kuchaydi. 1946-yildan 1957-yilgacha mamlakatni amal­da marshal Pibunsongran boshqardi. U Yaponiya okku­patsiyasi davrida yaponlar bilan urushdan keyin esa AQSH bilan hamkorlik qilgan. 1954-yilda Tailand SEATOga a’zo bo’lib kirdi. Tailand harbiy kuchlarining bir qismi AQSHning Hindixitoydagi harbiy operatsiyala­rida ishtirok etdi. Hukumatning amerikaparastlik siyosati Hindixitoy yarimorolini izolyatsiyaga olib keldi va mamlakat ichkarisida norozilikka sabab bo’ldi. AQSH uni o’zgar­tirdi va 1973-yilgacha demokratik erkinlikni bo’g’ib tashlovchi ochiqdan-ochiq harbiy rejim hukm surdi. 1973-yilning oktyabrida ommaviy namoyish va g’alayon tufayli harbiy rejim ag’darib tashlandi. Hukumat tepasiga muvaqqat fuqarolik hukumati keldi va Ta’sis majlisini chaqirdi. 1974-yil oktyabrda demokratik kons­titutsiya qabul qilindi. 1975-yil yanvarda birinchi demokratik saylovlar o’tkazildi va unda demokratik partiyalar koalitsiyasi g’alaba qozondi hamda koalitsiya hukumati tuzildi. Mazkur hukumat eng avvalo mam­lakatdan amerika qo’shinlarini chiqarib yuborish va AQSH harbiy bazalarini tugatish to’g’risida qaror qabul qildi. Mamlakat demokratik rivojlanish yo’liga o’tdi. Biroq inqilobiy kuchlarning qo’shni Laso va Kampuchiyadagi ,
g’alabasi hamda Kampuchiyada Vyetnam harbiy kuchlarining paydo bo’lishi hukumatga qarshi harakatning faol­lashuviga olib keldi. Harbiylar o’sib kelayotgan inqilobiy harakatni bostirish uchun yana hokimiyatni o’z qo’llari­ga olishga qaror qildi. 1981-yildan 1991-yilgacha Tailandda galma-galdan fuqarolik va harbiy hukumat hokimiyatni boshqardi. 1991-yil fevralda navbatdagi harbiy to’ntarish harbiy diktaturaning o’rnatilishiga olib keldi. Siyosiy beqarorlik mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta to’siq bo’ldi. Qirollik hukumati va harbiy rejim mamlakatga xorijiy kompaniyalarning kirib kelishiga yordam berdi. Mamlakat kauchuk va qalayga boy, shuningdek, bu yerda marganets, surma va temir konlari mavjud. Tailand ko’p miqdorda paxta, sholi, kanop va makka­jo’xori yetishtiradi. AQSH, Yaponiya, Angliya va Germaniya uning asosiy savdo sheriklaridir. Hozirgi Tailand iqtisodiy o’sish bo’yicha jahondagi oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Ayniqsa, yuqori rivojlanish sur’atini sanoatda kuzatish mumkin. 1998­ yilda bu ko’rsatkich 15 foizni tashkil etdi. Xorijiy kapital va yangi texnologiya bazasida jadal sur’atlar bilan elektronika va elektrotexnika, shuningdek, neftni qayta ishlash, kimyo va avtomobillarni yig’ish sanoati rivojlan­moqda. Yalpi milliy mahsulgtdagi sanoat ulushi 40 foiz­dan ko’proqni tashkil etadi. Shu bilan birga 1997-yilda boshqa Osiyo mamlakat­larida bo’lgani kabi Tailandda moliyaviy tanglik yuzaga kelgan edi. O’n yillik iqtisodiy o’sishni ta’minlamagan eksport 1996-yildan pasayib ketdi. Mamlakat byudjetida ulkan tanqislik yuzaga keldi. Ko’plab tadbirkorlar va banklar bankrot deb e’lon qilindi. Barcha darajadagi amaldorlar o’rtasida avj olgan korrupsiya mavjud sharoitni yanada chuqurlashtirdi. Aholining turmush darajasi dunyodagi eng past o’rinlardan birini egallaydi. Ijtimoiy inqiroz siyosiy kurashning kuchayishiga olib keldi. 2001-yil saylovlarida "Taylar, taylarni seving" par­tiyasi g’alaba qozondi, ular "Taylar xartiyasi" va "Yangi intilishlar partiyasi" bilan koalitsiya tuzdi. Mamlakat barcha kommunikatsiyalari egasi Taksin Shinavatra hukurnatga boshchilik qildi. Mustaqillikka erishilgandan keyingi barcha yillarda davlatni qirol Bumibol Adulyadej boshqardi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish