Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet64/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Sukarno (1901-1970)- Niderlandlarga qarshi kurashgani uchun qamoq va surgunda bo’lgan.1945-1967 yillarda Indoneziya prezidenti. Irqiy kamsitish, segregatsiyaga qarshi mustamlakachilik bilan kurashgan.
General Suxarto mamlakat prezidenti bo’ldi. Mamla­katda harbiy diktatura o’rnatildi. Yangi konstitutsiya bo’yicha, davlat rahbari ­prezident bo’lib, Vazirlar Kengashini boshqaradi va Oliy bosh qo’mondon, Oliy hokimiyat organi - Xalq masla­hat kongressi tomonidan 15 yilda bir bor saylanadigan bo’ldi. Parlamentdagi 500 o’rindan 100 tasi qo’shin vakillariga ajratildi. Yana 299 o’rinni qo’shin yordami­dan foydalanuvchi amaldor guruhlar tashkiloti oldi. Shunday qilib parlamentdagi juda ko’plab o’rinlar qo’shin vakillariga tegishli edi. Mamlakatda siyosiy barqarorlik yuzaga keldi va bu 70-yillar boshlarida kuzatilgan iqtisodiy yuksalishning asosiy sharoiti edi.
Suxarto (1921 yilda tug’ilgan) – 1936 yildan quruqlik kuchlari qo’mondoni.1968-1998 yillarda Indoneziya prezidenti.
Indoneziya xalqining mehnatsevarligi mamlakatga yog’ilib kelgan zamonaviy texnologiyalar bilan ajoyib ravishda uyg’unlaishdi. Mamlakatda keng iste’mol tovarlari ,- poyafzal, to’qimachilik, jinsi mato­lari dunyodagi mashhur firmalar darajasida tayyorlandi. "Toyota", "Ford", "Mersedes" avtomobillari, shu­ningdek, mahalliy "Kiljang" jipi yig’ildi. Bandungdagi yirik aviazavodda zamonaviy vertolyot va samolyotlar yig’ildi. Mamlakat dunyodagi yirik siqilgan tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi, shuningdek, neft ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlatga aylandi. Bu ulkan daromad olish va ularni yuqori texnologiyali tarmoqlar infratuzil­malarini rivojlantirishga sarflash uchun imkon yaratdi. Siyosiy barqarorlik, xorijiy mablag’larning kafolatlangan­ligi, bozor iqtisodiyotining to’liq erkinligi Indoneziyani xorijiy kapitalning yirik tushumlari bilan ta’minladi. Atigi to’rt yil davomida, 1990-1994-yillarda Indoneziya iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy kapital mablag’lar 35 mil­liard dollarni tashkil etdi, bu avvalgi 20 yillik mablag’lar­dan ikki marta ko’p edi. Qariyb 30 yillik iqtisodiy gul­lab-yashnashdan so’ng 1997 ­yilda mamlakatda moliyaviy o’pirilish yuz berdiki, bu hol iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy inqirozga olib keldi. 1997-1998-yillardagi inqiroz nati­jasida mamlakat o’nlab yillar orqaga itqitib tashlandi. Ishlab chiqarish darajasi 20 foizga tushib ketdi, 70 foiz korxonalar bankrot bo’ldi va yopildi. Neft eksporti 37 foizga tushib qoldi. 170 million kishilik aholidah 20 mil­lioni ishsiz qoldi, 50 foiz aholi rasmiy kambag’allik dara­jasidan past hayot kechirrnoqda. Har yili mamlakatdan qariyb 20 milliard dollar tashqariga olib chiqib ketilmoq­da, tashqi qarzlar esa 1998-yilning o’rtalariga kelib 138 milliard dollarni tashkil etdi. Indoneziyada globallashuv jarayonining ma’lum va mashhur mexanizmlaridan biri ishladi: avvaliga iqti­sodiyotni yuksaltirish, soxta gullab-yashnashni yuzaga keltirish, so’ngra mamlakatni vayron qilish va asoratga tushiradigan hamda undan ham battar vayron qiladigan kreditlar berish. Kreditlar berish mamlakatga eng kuchli ta’sir etish vositasiga aylandi, toki u iqtisodiyotda tuzil­maviy o’zgarishlar o’tkazsin va unga xorijiy kapitallar kirib kelishi yengillashsin. 1998-yilning oxirida Xalqaro valyuta fondi Indoneziyaga 43 milliard dollar kredit ajratdi. Buning evaziga mamlakat hukumati fond talab qilgan bir qator chora-tadbirlarni o’tkazdi, ya’ni banklar soni qisqardi, bir qator davlat korxonalari xususiylashti­rildi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish