Kim Ir Sen(1912-1994) - 1948-1972-yillarda KXDR Vazirlar Mahkamasi Raisi. 1966 yildan - Koreya Mehnat partiyasl MK bosh kotibl. 1972-1994-yillarda - KXDR prezidenti. Mamlakatda "chuchxe" (o’ziga xoslik) deb nomlangan o’z g’oyasi asosida o’ziga xos jamiyatning yaratuvchisi sifatida hurmat qilinadi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etdi, u mamlakatni 40 yil mobaynida boshqardi. Hukmron doiralar hokimiyat vorisiyligini saqlash uchun mamlakat prezidenti lavozirniga uning o’g’li Kim Chen Irni ko’tardi. Shimoliy Koreya hukumati iqtisodiy balansni ushlab turish uchun qurollanish poygasini rivojlantirdi va harbiy-sanoat kompleksini (HSK) yarata boshladi. Bu tadbir ikki yo’nalish - o’rtacha uzoqlikdagi raketalarni ishlab chiqarish va yadro qurolini yaratish borasidagi ishlar bo’yicha amalga oshirildi. Mazkur ishlar Kim Ir Sen hayotligi chog’idayoq boshlangan edi. 1993-yilning martida Shimoliy Koreya yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomadan chiqdi, 1999-yilda o’rtacha uzoqlikdagi raketani sinovdan o’tkazdi. U Yaponiya hududi ustidan uchib o’tib nishonga yetdi. Qurollanish poygasi va katta qo’shin ta’minoti Shimoliy Koreyaga qirnmatga tushdi. Haqiqiy ochlik boshlandi va xalqaro gumanitat tashkilotlar Shimoliy Koreyani ocharchilik falokatidan qutqarish uchun oziq-ovqat yordami bera boshladi. 1948-yilda Koreya yarim oroli janubida Koreya Respublikasi e’lon qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, u boshida prezident turgan parlament respublikasidir. Demokratik belgilar mavjud bo’lgan Konstitutsiya bo’lishiga qaramay, AQSH qariyb 40 yil mobaynida bir partiyali diktatorlik tuzumini qo’llab-quvvatladi. Bu tuzum Li Sin Mandan (1960-yilning aprelida ag’darilgan va o’ldirilgan) Pak Chjon Xiga (1979-yil oktyabrda o’ldirilgan) o’tdi. 1980-1987 -yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan egalladi.
1987-yilgi mamlakatni demokratlashtirishni talab qilgan talabalarning ommaviy chiqishlaridan so’ng Chon Du Xvan yon berishlarga majbur bo’ldi va 1987 -yilning oktyabrida o’tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi. U parlament vakolatlarini kengaytirdi va prezident hokimiyatini chekladi. Konstitutsiya matbuot, so’z erkinligi, kasaba uyushmalarini tashkil etish va namoyish va yig’inlar o’tkazish huquqini e’lon qildi. Mamlakatda yangi partiyalarni siyosiy hayotga boshlovchi yangi siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Parlament saylovlarida (1988-yil aprel) ilk bor muxolifat kuchlar g’alaba qozonib, hukmron "Demokratik adolat partiyasi"ni ko’pchilik ovozdan mahrum etdi. Biroq hukmron partjya prezidentlik o’rnini saqlab qoldi. 1987-yilgi prezidentlik saylovlarida bor-yo’g’i 35 foiz ovoz olgan general Ro De Vu g’alaba qozondi. Biroq, bu xalqqa qarshi tuzum hayotini uzaytirish edi, xolos. 1987-yilgi olimpiya o’yinlari (Seul) hukumatga qarshi chiqishlar keskinligini bir qadar pasaytirdi, biroq o’yinlar tugaganidan 6 kundan keyin kurash yana kuchaydi. 1993-yilgi prezidentlik saylovlarida muxolifatdagi liberal demokratik partiya yo’lboshchisi Kim Yan Sam hokimiyat tepasiga keldi. Ilgarigi rahbarlar faoliyati fosh etila boshlandi. Hatto, yuzaki tekshirish ilgarigi diktatorlar tuzimlarining yuqori darajada korrupsiyalashgani va shafqatsizligini ko’rsatdi. Generallar Chon Du Xvan va Ro De Vu qamoqqa olinib, sudga berildi. Ularni isyon, davlatga xiyonat qilish va korrupsiyada ayblashdi. Sud hukmi Janubiy Koreyada qariyb 45 yil mobaynida hukmronlik qilgan tuzumga siyosiy baho bo’ldi. Janubiy Koreya general Pak Chjon Xi rahbarligi davrida eng ko’p yutuqlarga erishdi. Bu davrda zamonaviy siyosiy-iqtisodiy mexanizm shakllandi, rivojlanishning besh yillik rejalari va iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiquvchi reja komissiyasi tuzildi. Boshqaruv apparatida kuchli markazlashtirish o’rnatildi. Mahalliy hokimiyat markaziy tashkilotlar ruxsatisiz, hatto, eng mayda mahalliy apparat mansabdorini tayinlamaydigan, bank krediti berolmaydigan yoki ortiqcha avtomobil ishlab chiqarolmaydigan bo’ldi. Davlat markazlashgan bank apparatini yaratdi va bank kreditini ulkan zamonaviy kompaniyalar konglomeratini (choxellar) barpo etish uchun foydalandi. Bular orasida DEU, Samsung, Xyunday, Lak-Goldstarlar eng yiriklari. Janubiy Koreya rahbariyati iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini bir tekis rivojlantirishga intilmadi. Mablag’lar eng ustuvor sohalar - kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika, qurilishlarga qaratildi. Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi o’z ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida tovarlar tayyorlash va xorijiy kapitalni izlab topish uchun tashqi bozorlarni egallashga yo’naltirildi. Janubiy Koreya dunyoda tashqi savdo hajmi bo’yicha dastlabki o’rinlardan biriga chiqdi. Bu yillar davomida Janubiy Koreya jadal sur’atlarda rivojlandi. So’nggi 20 yil ichida sanoat o’sishining o’rtatha sur’ati yiliga 10 foizni tashkil etdi – bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri. Barcha industrial rivojlanish to’rt yirik kompaniya: DEU, Xyunday, Samsung va Lak-Goldstar hisobiga amalga oshdi. Ular butun eksportning yarmidan ko’prog’ini nazorat qilishdi. Mamlakat iqtisodiyotining tezkor rivojlanishiga qaramay Mehnatkashlarning moddiy ahvolini farovon deb bo’lmaydi. 70-80-yillar mobaynida Janubiy Koreyada yashovchi kambag’allar 17 dan 21 foizgacha oshdi, ya’ni mamlakatning har 5 kishisidan biri Yevropada qashshoq deb ataladigan sharoitlarda yashagan. 1980-yilning dekabrida Kvanchjuda ommaviy norozilik chiqishlari ro’y berdi. Prezident Chon Du Xvan uni alohida shafqatsizlik bilan bostirdi. 200 dan ziyod kishi o’ldirildi, (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra ular soni 2 mingga yetgan). Muxolifat rahbarlari qamoqxonaga tashlandi va u yerda 1985-yilgacha saqlandi. O’sha kunlarda Seul va boshqa yirik shaharlarni turmush darajasini oshirish va Mehnat sharoitini yaxshilashni talab qilib chiqqan ommaviy namoyishlar qamrab oldi. Ijtimoiy mojaro chuqurlashib, siyosiy mojaroga aylandi. Ommaviy chiqishlarda Koreya birlashuvini talab qilishlar muhim o’rin egallamoqda. 1996-yilning 26-dekabrida yirik konglomeratlar xohishiga peshvoz chiqqan Janubiy Koreya parlamenti kompaniyalarga xodimlarni ishdan bo’shatishni yengillashtiruvchi qonunni qabul qildi. Korxonalarda og’ir sharoitlarni o’rnatgan, ishchilarni arzimas sabab bilan bo’shatishga imkon beruvchi qonunga qarshi yuz minglab ishchilar norozilik bildirdilar. Bunga javoban hokimiyat Koreya tred-yunionlar konfederatsiyasini man etdi. 1997-yilning yanvarida kasaba uyushmalar chaqirig’i bilan Seulda 15 ming ishchi ish tashlash e’lon qildi. Politsiya ularga qarshi ko’zni yoshlantiruvchi gazni qo’lladi. 1997 - yilgi iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab chiqarish to’xtab qoldi, yuzlab fabrika va zavodlar bankrot bo’ldi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) Janubiy Koreyani qutqarish bo’yicha operatsiyani boshlab, uning hukumatiga 47 milliard dollar kredit-berdi. Bu pullar bankrotlashgan banklar aksiyalarini sotib olishga sarflandi. Biroq bu tadbir mavjud ahvolni yaxshilamadi. 1999-yilning avgustida kattaligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadigan DEU transmilliy kompaniyasi yo’q bo’lish darajasiga kelib qoldi. Uning umumiy qarzi 74 milliard dollarni tashkil etdi. Davlat uning 18 milliard dollarlik aksiyalarini sotib olib kompaniyani to’liq bankrotlikdan qutqardi. Janubiy Koreya 40 ming kishilik amerika qo’shinini ta’minlashni o’z bo’yniga olganki, bu ham mamlakat uchun og’ir yukdir.