Ngo Din Dem (1901-1963) – Janubiy Vyetnamning 1953-1963 yillardagi prezidenti. Harbiy to’ntarish natijasida o’ldirilgan. 1964-yilning avgustida Tonkin bo’g’ozida amerikaliklar kemasiga hujum qilingandan so’ng ular Shimoliy Vyetnamni bombardimon qila boshlashdi. 1965-yilning fevralidan bu muttasil hujumga aylanib, 1973-yilgacha davom etdi. Amerikaliklar "kuydirilgan yer" taktikasidan foydalanishdi. Yuzlab Vyetnam qishloqlari yoqib yuborildi, o’n ming gektar yerlar yaroqsiz holga keldi, bombardimon va napalm qo’llanishi natijasida minglab gektar o’rmonlar yo’q qilindi. Napalm - yopishqoq yonilg’i mahsuloti. Suyuq yonilg’iga (benzin, kerosin) organik kislotalarning alyuminli tuzlaridan olingan kukun qo’shib tayyorlanadi. Nishonga otilgan ob’ektga yaxshi yopishadigan aralashma. Suv yoki qorga tegishi bilan alanga olib ketadi. Urush miqyosi kengaya bordi va AQSH Vyetnamga 500 mingdan ziyod askarni olib kirdi. 1968-yilda Parijda Vyetnamda urushni to’xtatish haqida muzokaralar bo’lib o’tdi va 1973-yilgi bitimga erishildi. AQSH to’liq mag’lubiyatga uchradi. Amerika qo’shinlarini chiqarish qochishga aylanib ketdi. 1975-yil 30-aprelda Shimoliy Vyetnam qo’shinlari Saygonga kirdi. Vyetnam urushidagi mag’lubiyat Amerika obro’-e’tiboriga ta’sir etdi. Amerikaning g’arbdagi yo’lboshchi rolini bajarishi imkoniyatining o’zi shubha ostida qoldi. Amerikaning Vyetnamdagi tajovvuzkorona urushi Yevropa mamlakatlarining birlashishi va iqtisodiy integratsiyasida hal qiluvchi burilish uchun eng muhim asos bo’ldi. Bu urush shu paytgacha Amerika ta’siri doirasida bo’lib kelgan Yevropa davlatlarini mustaqil siyosat olib borish va dunyo muammolarini mustaqil hal etishning yangi yo’llarini izlashga majbur etdi.
1976-yil 25-apreldaVyetnamda yagona Vyetnamning Milliy majlisiga umumiy saylovlar bo’lib o’tdi. 1976-yil 2-iyulda u Vyetnamning birlashuvi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi e’lon qilinishi haqida qonun qabul qildi. 1980-yil dekabrida mamlakatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. Vyetnamda rivojlanish yo’li sifatida quyidagilar qaralmoqda:
1. Turli iqtisodiy hayot tarzlarining teng huquqhligi. Davlat bir xilda davlat, xususiy va kooperativ sektorini qo’llab-quvvatlaydi. 2. Qishloq xo’jaligi va ayniqsa, oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni rivojlantirish. Qishloq xo’jaligida 16 ming kooperativ bor, ularga kirish ko’ngilli: dehqon undan xohlagan paytda chiqishi mumkin. Minglab ishlab chiqarish brigadalari dengiz va daryo tarmoqlarida ishlab, aholini bu soha mahsulotlari bilan ta’minlaydi. 3. Sanoat sohasida asosiy e’tibor qishloq xo’jaligini ko’tarish va keng iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish bo’yicha zavodlar qurilishiga qaratildi. 4. Yonilg’i-energetika va transport tarmoqlari ob’ektlari qurildi. 1994-yil fevralda AQSH Vyetnam bilan urush paytida kiritilgan savdo embargosini bekor qildi. 1995-yil iyulda AQSH bilan diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Kommunistik partiya rahbariyatiga iqtisodiyotni erkinlashtirish yo’lidan boruvchi islohotchilar keldi. Ko’plab davlat korxonalari xususiylashtirildi. Mamlakat iqtisodiyoti tezkorlik bilan rivojlana boshladi. Vyetnam Osiyodagi eng rivoj topgan mamlakatlardan biriga aylandi. Vyetnam Hindixitoy yarimorolida tinchlik va xavfsizlikni saqlashga yo’naltirilgan yo’lni olib bormoqda. Uni butunjahon hamjamiyati tan olgan, 123 davlat bilan diplomatik munosabat o’rnatgan. Faqat 1995-yilga kelibgina prezident B.Klinton Vyetnam bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish niyatini bildirdi. 29-§. IKKIGA BO’LlNGAN KOREYA 1945-yil 2-sentyabrda Yaponiyaning tor-mor etilishi Shimoliy Koreyaning sovet, janubining amerikaliklar tomonidan bosib olinishiga olib keldi. Ikki qo’shinni 38-parallel ajratib turdi, u bo’lajak ikki koreys davlati chegarasi bo’ldi. 1948-yilda ikki davlat: shimolda - Koreya Mehnat partiyasi rahbarligida Koreya Xalq demokratik respublikasi, janubda Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi tashkil topdi.
Shimoliy Koreyada sotsializm, Janubiy Koreyada burjua-demokratik parlament respublikasi tashkil topdi..