Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet58/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Xunveybinlar – turli partiya va jamoat tashkilotlarini yanchiosh,hukumatga yoqmay qolgan shaxslarni jazolash uchun “madaniy inqilob” boshida – 1966 yilda shaharda ta’lim olayotgan yoshlardan tuzilgan otryadlar.
"Madaniy inqilob" Xitoyda yo’lga qo’yilayotgan xalq xo’jaligini barbod qildi. U Xitoy uchun 500 milliard yuanga tushdi. 1966-1976-yillar "yo’qotilgan o’n yillik" bo’lib qoldi. Bu davrda mamlakat iqtisodi jar yoqasiga borib qoldi. Ishchi va xizmatchilarning ish haqi 30 foiz­ga, qishloqdagi bir kunlik mehnat haqi 33 foizgacha pasaydi. Mamlakatda 200 million kishi doimiy to’yib ovqat yemasdi, shaharlarda 20 million ishsiz mavjud edi. 1981-yilgi XKP qarorida qayd qilinganidek, bevosita Mao Szedun tashabbuskori bo’lgan "madaniy inqilob" mamlakatni loyqalatib yubordi, partiya davlat va ko’p millatli xalqqa jiddiy kulfatlar keltirdi.
Mao Szedun (1893-1976) 1943 yildan Xitoy KP MK raisi, partiya asoschilaridan biri, 1954-1959 yillarda XXR raisi. 1966-1976 yillarda “madaniy inqilob”ga boshchilik qilgan.
1976-yil sentyabrda Mao Szedun vafot etgach, madaniy inqilob faollari ta’qib qilina boshladi. Mao Szedunningxotini Szyan Sin va yana siyosiy byuroning 3 a’zosi ("to’rtlik to’dasi") qamoqqa olindi. Ikki yil davomida "madaniy inqilob" oqibatlarini tugatish uchun kurash olib borildi va faqat 1978-yil dekabrda XKP MKning III plenumida Xitoyni modemizatsiyalash to’g’risida qaror qabul qildi. Chet el sarmoyalari oqimini barqarorlashtirish uchun mam­lakatning janubiy chekkalarida bir qator maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Tashqi noiqtisodiy sohada dunyoning rivojlangan mam­lakatlari bilan hamkorlik qilishga mo’ljallangan "ochiq siyosat" olib borildi. Dehqonlarga tomorqalar qaytarib berildi. Qishloq xo’jaligi dehqonlarga yetishtirgan ortiqcha mahsulotini sotish huquqini beruvchi xo’jalik pudratiga o’tdi. "Direktiv rejalashtirish" tugatildi, barcha sanoat kor­xonalari "mustaqil xo’jalik tashkilotlari"ga aylantirildi. Mamlakatda xususiy bozor, tovar munosabatlari keng rivojlana boshladi, kichik xususiy va jamoa korxonalari, kustar ustaxonalar, xususiy tadbirkorlar faoliyatiga ruxsat berildi. Xitoy sotsialistik yo’nalishidan voz kechmagan holda iqtisodiy qurilish borasida katta yutuqlarga erishdi. Umumiy yalpi ishlab chiqarish yiliga o’rtacha 10 foiz, yalpi milliy mahsulot esa aholi jon boshiga hisoblaganda boshqa Osiyo mamlakatlariga qaraganda 4-5 marta tez ko’payib bormoqda. Xitoy qishloq xo’jaligi hatto rivojlangan mamlakatlar miqyosi uchun ham misli ko’rilmagan sur’atlarda - yili­ga 7,4 foiz rivojlandi. Umumiy eksportda tayyor mahsulotlar ulushi 66 foizni tashkil etdi. Inflyatsiya deyarli nolga teng. Xitoy yuani dunyoda eng barqaror valyutalardan biri. Mamlakatda o’z atom quroli, qit’alararo rake­talar, elektron asbob-uskunalar yaratildi. 1993-yildan to 2003-yilgacha XKP yetakchisi va XXR prezidenti Szyan Szemin bo’ldi. 2003-yildagi kon­stitutsiyaga muvofiq u iste’foga chiqdi va uning o’rnini sobiq vitse-prezident Xu Szin-tao egalladi. Xitoy BMT Xavfsizlik ken­gashining doimiy a’zosi. Uning siyosati Osiyo qit’asida tinchlikni saqlash bo’lib qoldi. Mamlakatda tinch-totuv yashashning besh tamoyili (pancha chila) ishlab chiqildi: 1) hududiy butunlik va suverenitetni o’zaro hurmat qi­lish; 2) hujum qilmaslik; 3) bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik; 4) tenglik va o’zaro foyda; 5) tinch-totuv yashash. Ilk marta bu besh tamoyil XXR va Hindiston o’rtasidagi bitim (1954-yil aprel) preambulasida (kirish qismi) keltirilgan bo’lib, keyinchalik 1955-yildagi Bandung konferensiyasi­da Osiyo xalqlari o’rtasidagi xalqaro munosabatlarga asos qilib olindi. Ayni paytda Xitoy oldida katta muammolar turibdi. Eng asosiysi - milliy muammo 93 foizni tashkil etuvchi- xonsilardan tashqari 16 millat vakillari mavjudki, ularning har biri 1 milliondan ziyodroq kishidan iborat. Eng ko’pi - Sinszyan-Uyg’ur muxtor viloyatida yashovchi 10 millionga yaqin turkiy aholidir, Tibet tog’ massivida yashovchi tibetlar hisoblanadi. Tibetda 1959­yilda xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tdi, u tor-mor etilgandan so’ng Tibetning diniy va dunyoviy rahbari - Dalaylama Hindistonga qochishga majbur bo’ldi. Tibetda harbiy ­nazorat tizimi tashkil etildi, ular amalda boshqaruvni o’z qo’liga oldi, u 1965-yilda esa Tibet muxtor rayoniga aylantirildi.
Yana bir muammo - Tayvan oroli. 39 ming kv. km hududga ega bo’lgan bu katta orolda 20 million kishi yashaydi. 1949-yilda Xitoy inqilobi g’alaba qozongandan keyin bu yerda "Xitoy Respublikasi"ni e’lon qilgan gomindanlar qoldiqlari orolga qochib keldi. Shu paytdan boshlab AQSH va g’arb davlatlari "ikki Xitoy" siyosati­ni olib borib, Tayvan tuzumiga iqtisodiy va harbiy yor­dam ko’rsatib kelmoqda. Tayvan XXR viloyatlaridan biri sifatida e’lon qilingan, biroq Tayvan hukumati buni tan olishdan bosh tortmoqda. Tayvan - Osiyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish