Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


OSIYO Yer sharidagi eng yirik qit’a Bu yerda dunyodagi neft zaxirasining 60 foizi



Download 0,91 Mb.
bet54/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

OSIYO
Yer sharidagi eng yirik qit’a Bu yerda dunyodagi neft zaxirasining 60 foizi, kauchukning 60 foizi, qalayning 57 foizi qazib olinadi, Osiyo - qit’asi jahon iqtisodining boy markazi. XIX asr oxirida, ayrim mamlakatlarni hisobga olmaganda, butun Osiyo mustamlaka zonasiga aylanib qolgan edi. Turkiya, Eron, Afg’oniston o’z siyosiy mustaqilligini saqlab qola olsa-da, iqtisodiy jihatdan ular ham g’arb mamlakatlariga qaram bo’lib qoldi. Har tomonlama suverenitetni Yaponiya saqlab qola olgan edi. Qit’ada hozirda 48 ta mustaqil davlat mavjud. Yaponiya va Janubiy Koreyada burjua-parla­ment tuzumi qaror topgan bo’lsa, Malayziya, Tailand, Butan, Bruney, Nepalda cheklangan demokratik avtoritar-monarxiya tizimi ko’rinishidagi siyosiy tuzum mavjud. Xitoy, Vetnam, Mongoliya, Shimoliy Koreyada sotsialistik struktura saqlanib qoldi. Siyosiy strukturada kommunistik partiya monop­oliyasi mavjud, ijtimoiy sohada aholini ijtimoiy himo­yalashning keng qamrovli institutlari tashkil qilingan (bepul ta’lim, tibbiy xizmat, aholi kambag’al qatlarnini tekin uy-joy bilan ta’minlash, hammani ish bilan ta’min­lash). Dinamik iqtisodiy rivojlanish yetarli darajada emasligi - bu, ularning ojiz tomoni, kuchli tomoni esa - ijtimoiy qatlamlar orasidagi tenglik va ish bilan ta’minlanganligidir. Hindiston, Indoneziya, Bangladesh, Laos, Turkiya, Shri-Lanka, Iraq va Suriyada aralash iqtisod tashkil topdi, ya’ni bunda korxonalarga xususiy va davlat egaligiga rioya qilinadi. U butun jamiyat manfaatiga xiz­mat qiladi va ayniqsa mayda va o’rta tadbirkorlar man­faatini himoyalaydi. Bu mamlakatlarda fuqarolar tinch­ligi va barqarorligini saqlash kafolati sifatida milliy va diniy an’analarni qat’iy muhofaza qiluvchi kuchli davlat hokimiyati tashkil topdi. 26-§. TURKIYA: DEMOKRATIYANING MURAKKAB YO’LI
1945-yilda hukumat zamindorlar va davlatdan yerlarni to’lov hisobiga olib, dehqonlarga bo’lib berish to’g’risida qonun qabul qildi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Turkiya iqtisodi boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Mamlakatda tartibsiz­lik boshlandi: shaharlarda ish tashlash, namoyishlar bo’lib o’tdi. Turkiya AQSHdan harbiy yordam olib, NATOning o’ng qanotiga aylandi. Biroq bu mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni hal qila olmadi. 1950-yilda ko’ppartiyali umumxalq saylovi bo’lib o’tdi. Unda Adnan Menderes boshchiligidagi Demokratik partiya g’olib chiqdi. Uning dasturi mamlakatda erkin tadbirkorlikka yo’l berish va davlat sektorini to’liq tugatishni mo’ljallagan edi. A.Menderes bosh vazir etib saylandi. Tashqi qarzlar bo’yicha to’lovlarni qoplashga mablag’ bo’lmasdan, hukumat deyarli barcha oltin zaxirasini garovga qo’ydi. Turkiya Amerika siyosatida muhim bo’g’in bo’lib qoldi. U Bog’dod paktini imzoladi. 1951-yilda Turkiya harbiy-siyosiy blok - SEATOga a’zo bo’lib kirdi. 1958­ yilning yozida AQSHning Livandagi va Angliyaning Iordaniyadagi intervensiyasi paytida Turkiya o’zining sodiq NATO ittifoqchisi ekanligini namoyish qildi. Ya’ni agar Suriya qo’shni mamlakatlarga yordamga keladigan bo’lsa, unga hujum qilishi mumkinligini bildirib, Turkiya o’z harbiy qo’shinlarini chegaraga olib kelib qo’ydi. Menderes siyosati moliyaviy tanazzulga olib keldi. 1958-yilning avgustida Turkiya bankrotga uchraganligini bayon qildi. U kreditlarni to’lay olmadi. Mamlakatning moliyaviy tanazzulga uchrashiga yuqori lavozimdagi amaldorlarning davlat mablag’ini talon-toroj qilishi ham katta sabab bo’ldi. G’arbiy Germaniya va AQSH Turkiyani bankrotdan saqlab qolishga harakat qilib, qo’shimcha kreditlar berdi. Biroq bu ham talon-toroj qilindi va iqtisodiy inqirozning oldini olish mumkin bo’lmay qoldi. Mamlakat og’ir ahvolda qoldi. Aholining politsiya va qo’shinlar bilan to’qnashuvi deyarli har kuni yuz berar edi. Mehnatkashlar manfaatini himoya qilib chiqqan "Vatan" partiyasi taqiqlandi. Qo’shinda dezertirlik bosh­landi. Istambul va Anqarada Milliy-ozodlik qo’mitasi bo’limi yuzaga keldi. Harbiylar mavjud tizimni saqlab qolishga harakat qilib, 1960 yilning mayida davlat to’ntarishini amalga oshirdi. Menderes hibsga olindi va qatl etildi. 1961-yili harbiy rahbariyat mamlakatning yangi konstitutsiyasini taqdim etdi. 1965-yilda esa uning asosi­da saylov bo’lib o’tdi. Unda Adolat partiyasi g’olib chiq­di va A.Menderesning demokratiya partiyasi o’rnini egalladi. Yangi partiyaga Sulaymon Demirel rahbarlik qildi va bosh vazir lavozimini egalladi. 1971-yili Turkiyada yangi harbiy to’ntarish yuz berdi. Generallar tartib o’rnatishga" qaror qilishdi va minglab
odamlar qamoqxonalarga jo’natildi. Hukumat bilan birga Milliy Xavfsizlik Xizmati tashkil etilib, unga gene­ral Kenan Evren rahbarlik qildi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. 1980-yil sentyabrda yana bir bor to’ntarish yuz berdi. Barcha partiyalar tarqatib yuborildi. Ularning rahbarlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug’ullanish taqiqlab qo’yildi. Universitetlarda o’qituvchilar faoliyati nazorat qilina boshladi, matbuot­da esa qattiq senzura o’rnatildi. Biroq Yevropa Ittifoqining ta’siri tufayli harbiylar yon berishga majbur bo’ldi. Yangi Konstitutsiya qabul qilinib, unga ko’ra, Kenen Evren prezident lavozimida 7 yil inuddatga qoladigan bo’ldi, siyosiy partiyalar faoli­yatiga ruxsat berildi. Mazkur yangi konstitutsiyaga muvofiq hukumat Turkiyaning Buyuk milliy majlisiga tegishli edi. Milliy majlis besh yil muddatga saylanadigan 450 deputatdan iborat bir palatali parlamentdan, ijroiya hukumat esa prezident va bosh vazir rahbarligidagi vazir­lar kengashidan tashkil topdi. Mamlakatda yangi partiyalar tuzildi. Yirik savdo va bank burjuaziyasi manfaatlarini mashhur siyosiy arbob Turg’ut Ozal rahbarligidagi Vatan partiyasi himoya qildi. 1983-yilning iyunida tashkil topgan To’g’ri yo’l partiyasi o’rta va yirik sanoat hamda savdo burjuaziyasining bir qismi manfaatlarini ifodalar edi. Unga Sulaymon Demirel yetakchilik qildi. Shuningdek, N.Erbaqon yetakchiligidagi Farovonlik partiyasi tashkil etilib, u islom diniga e’tiqod qiluvchi ishchi, dehqon, mayda va o’rta burjuaziya, ziyolilarning bir qismi qarashlarini ifo­dalar edi. Irdal Inenyu boshchiligidagi Sotsial-demokratlar xalq partiyasi, Demokratik so’l partiyalar ham shu davrda tashkil topdi. 1983-yilda Konstitutsiya asosida saylov o’tkazildi va unda Turg’ut Ozal rahbarlik qiluvchi Vatan partiyasi g’alaba qozondi. U bosh vazir lavozimiga, 1989-yilda esa Turkiya prezidentligiga saylandi. T. Ozal mamlakat
iqtisodini jadal o’stirish, erkin tadbirkorlikni rivojlan­tirish va bozor iqtisodini tashkil qilishga va’da berdi. Uning faoliyati davomida inflyatsiya yanada avj oldi. 1986-yilda xususiylashtirish to’g’risida qonun qabul qilingan edi, 1989-yilda birinchi marta davlat mulkini xususiy mulk uchun sotish jarayoni bo’lib o’tdi. Ammo xususiylashtirilayotgan korxonalar narxi juda yuqori edi va shu bois 1991-yilning oxirida davlat mulkining atigi 5 foizi xususiylashtirildi, xolos. Bu hol iqtisodning jadal rivojlanishiga bo’lgan umidni chippakka chiqardi. Mamlakatda 5 million ishsiz bo’lib, 2 million ishsiz Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga pul ishla­gani chiqib ketgandi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish