Xalqaro valyuta fondi (XVF) – BMTning ixtisoslashggan muassasasi. 1944-yilda mamlakatlar o’rtaslda valyutamoliyaviy munosabatlarnl tartibga solish va kredit yordami ko’rsatish uchun tashkil qilingan. Fond boshqaruvi Vashingtonda joylashgan. Koreys xalqi ham Janubiy, ham Shimoliy Koreyada mamlakatning birlashishi tarafdori bo’lib chiqmoqda. Biroq KXDR rahbariyati german varianti bo’yicha birlashishga qarshi chiqdi. Hozirgi paytda ikki mamlakatning erkin muloqoti yo’lidagi to’siqlarni olib tashlash, ikkala davlatni bog’lab turuvchi umumiy organlarni tashkil etish, 38-parallel bo’lib yuborgan oilalarni birlashtirishga yordam berish muhim ahamiyatga ega. J anubiy Koreya rahbarlari bu masalada boshqacha fikrga ega. Ular birlashishga qarshi emas, biroq uning oqibatlaridan cho’chishadi. Yarimorolni birlashtirish Janubiy Koreya hududidan Amerika qo’shinlarini olib chiqib ketishni anglatadi, bu qo’shinlar ahvoli beqaror bo’lgan mavjud tizimni saqlab qolishga kafolatdir. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya hokimiyati milliy xavfsizlik bo’yicha qonun qabul qildi, unga ko’ra Shimoliy Koreyani har qanday ijobiy baholash yoki uni qo’llab-quvatlab chiqish siyosiy jinoyat sanaladi va qonun bo’yicha jazolanadi. Kim Ir Sen dafn etigan kuni talabalar chiqishlarini bostirishga 25 ming politsiyachi tashlandi, ular Shimoliy Koreya yo’lboshchisiga har qanday moyillikning oldini olishga intildi. 1994-yil iyulda Panminchjonda Janubiy va Shimoliy Koreya vakillari uchrashdi. Bu mazkur tarzdagi dastlabki uchrashuv bo’lsa ham, taraflar Koreyaning ikkala qismini yaqinlashtirish ustida ishlashni davom ettirish va oxir-oqibatda uni birlashtirish bo’yicha umumiy istaklar bilan cheklanishdi. Janubiy Koreyada so’nggi yillarda tezkor o’zgarishlar ro’y bermoqda. 1997-yilning dekabrida bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlarida Kim De Chjun (1925-yilda tug’ilgan) g’alaba qozondi. Uning g’alabasi kutilmagan hol bo’ldi, chunki u o’zgacha fikrli kishi hisoblanib, uzoq vaqt hokimiyat ta’qibiga uchragandi. U mamlakatni birlashtirishning oshkor tarafdori bo’lib keldi. Prezident tashabbusi bilan 2000-yilning iyunida Panminchjonda uning Shimoliy Koreya yo’lboshchisi Kim Chen Ir bilan uchrashuvi bo’ldi, unda ikkala yo’lboshchi bu davlatlarning yarashuvi va oxir-oqibatda bir davlatga birlashishi haqida kelishib olishdi. 2000 yilning oktyabridagi Koreya yarimorolida barqarorlik va hamkorlikni o’rnatishga yo’l ochgan bu qadam uchun Kim De Chjunga 2000-yil tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti berildi. 1992-yilda Koreya Respublikasi hukumati O’zbekiston mustaqilligini tan olishini e’lon qildi. 1993 yilda favqulodda va muxtor elchilar darajasida vakillik almashinuvi o’tkazildi. Keyingi yillarda ikki davlat o’rtasida tinchlik va o’zaro foydali sheriklik asosida amaliy aloqalar rivojlandi. 1995-yilning fevralida O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi amalga oshdi. Prezidentimiz ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Koreyaning oliy ordeni - katta Mugunxva ordeni bilan mukofotlandi. Ular orasida ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash haqida bayonot va qishloq xo’jaligi, telekommunikatsiyalar, radioeshittirishlar, ta’lim va sayyohlik sohasida hukumatlar o’rtasida o’zaro tushunish haqida memorandum muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Janubiy Koreya kompaniyalari O’zbekistonga 80 milliondollar investitsiya kiritdi. O’zbekistonda Samsung, Lak-Goldstar va DEU kabi kompaniyalar faol ish yuritmoqda. 1996-yilda DEU hamkorligida Asakada avtomobilsozlik zavodi qurildi va o’z mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi
. 30-§. INDONEZIYA: DIKTATURANING MAG’LUBIYATI Yaponiyaning ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyati hamda Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlanishi yapon qo’shinlarining Indoneziyada kapitulyatsiya (taslim) qilinishiga olib keldi. Bu sharoitda Milliy partiya raisi Sukarno mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. U mustaqillikning besh tamoyili: millatparvarlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga e’tiqodni olg’a surdi. 1945-yil 4-sentyabrda Sukamo boshchiligida birinchi hukumat tuzildi, mamlakatning barcha tumanlariga hukumatning dastlabki vakillari jo’natildi va yangi hokimiyat joylarda xalq tomonidan tan olindi. Biroq yangi davlat tashkil etilgan dastlabki kunlardan jiddiy sinovlarga uchradi. 1947-yil iyulda gollandlarning Indoneziyaga qarshi bosqinchiligi boshlandi. Bosqinchilar mamlakatning asosiy strategik joylarini egalladi. Faqat BMTning aralashuvigina - golland hukmronligi tiklanishining oldini oldi. Bosqinchilik hokimiyatni mustamlaka davlatlar bilan fitna uyushtirish orqali egallamoqchi bo’lgan ichki reaksiyaning faollashuviga olib keldi. Gollandlar bostirib kirgandan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan Mashumipartiyasi konservativ kuchlar saqlanib qolishiga ishonib xalqqa qarshi siyosat yuritdi. Indoneziya tarixida ilk bor bo’lib o’tgan parlamentga demokratik saylovlar o’tkir siyosiy kurashlarda o’sdi. Milliy partiya g’alaba qozondi. Sukarno boshchiligidagi yangi hukumat mamlakat suverenitetini mustahkamladi. Mamlakatning Gollandiyaga beradigan "qarzi" bekor qilindi, Shimoliy Suradagi neft konlari natsionalizatsiya qilindi. Hukumatning dasturiga xalqni oziq-ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlash, shuningdek, mamlakat xavfsizligini ta’minlash kirdi. Dastur "adolatli va gullab-yashnagan jamiyat" qurishni e’lon qildi. Mamlakatdagi reaksion kuchlar sharoitni beqarorlashtirish uchun har qanday narsadan foydalandi.
Sukarnoga suiqasd uyushtirildi. Sumatra va Sulavesida qurolli isyon ko’tarildi. Bunga javoban hukumat barcha golland korxona va plantatsiyalarini natsionalizatsiya qildi, golland vakolatxonalarini yopdi va ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’lmagan gollandlarni mamlakatdan chiqarib yubordi. Tabiiy boyliklarni ishlab chiqishga konsessiyalari (ruxsatnomalar) bekor qjlindi, ingliz kauchuk plantatsiyalari natsionalizatsiya etildi. Bu islohotlar mamlakatning barcha boyliklarini Indoneziya xalqining qo’liga berdi. Indoneziya rahbariyati inamlakat suverenitetini mustahkamlashda ulkan yutuqlarga erishdi. Prezident Sukarnoning obro’-e’tibori xalqaro maydonda ham, mamlakatda ham yuqori bo’ldi. 1965-yil 30-sentyabrda kommunistparast zobitlar guruhi davlat to’ntarishini amalga oshirdi, ular bu bilan o’z siyosiy raqiblarini yo’qotish va mamlakatda Suxartoning shaxsiy diktaturasini o’rnatmoqchi bo’lishadi. Biroq ularning urinishlari amalga oshmadi. Sukarno o’limidan bir oz avval hokimiyatdan chetlatildi.