Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet71/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Bxutto Benazir (1953-yilda tug’ilgan) - Z.Bxuttoning qizi. 1985-yildan Pokiston xalq partlyasi hamraisi. 1988-­1990 va 1993-1997-yillarda - mamlakat bosh vaziri.
Pokistonning tashqi qarzi ko’payib ketdi. Hindiston bilan bo’lgan qurollanish poygasi yangi xaiajatlarni keltirib chiqardi.
Mamlakat siyosiy hayotida yana vakuum paydo bo’ldi. Biror bir partiya xalqqa aniq tub o’zgarishlar das­turini taqdim eta olmadi. B.Bxutto yetakchiligidagi Pokiston xalq partiyasi va N.Sharif rahbarligidagi Pokiston musulmonlar ligasining bir-birlarini korrup­siyada va ma’naviy ayniganlikda ayblashi odatiy holga aylandi. Ular faqatgina Kashmir masalasidagina bir fIkrda edilar. Har ikki partiya antihind targ’iboti va urushni davom ettirishga chaqirishda bir-biridan o’tib tushar edi. Harbiy xarajatlar Pokiston iqtisodi uchun katta kulfat keltirdi. Mamlakat doimiy byudjetidagi taqchillik deyarli 8 foizni tashkil etdi. 1999-yil mayda Pokiston yadro sinovini o’tkazdi. Bu ham mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlamadi, ammo harbiy pozitsiyasini kuchaytirdi. Ular yana hukumatni o’z qo’liga olishga qaror qildi. 1999-yil 3-oktyabrda Pokiston armiyasi generali Perviz Musharraf harbiy to’ntarishni amalga oshirdi va N.Sharif o’rniga bosh vazir etib saylandi. Biroq xalqaro ahvolning o’zgarishi va mamlakatning tanglikdagi iqtiso­di P.Musharrafni Pokistonda demokratiyani tiklash to’g’risida gapirishga majbur qildi. U, shuningdek, Kashmirda Hindistonga qarshi harbiy harakatlarni "deeskalatsiya" qilish va buzilgan iqtisodni tiklash zarurligini ta’kidladi. 2002-yil apreldagi referendumda prezident Musharraf vakolatlari 5 yilga uzaytirildi.
35-§. AFG’ONISTON: MILLIY FOJEA
Hududining katta qismini Hindiqush va Himolay, Pomirning bir qismi tashkil etadi. Foydali qazilmalar deyarli yo’q hisobi. 20 million kishi istiqomat qiladi. 60 foizini tub aholi - pushtunlar, 15 foizini afg’on Turkistoni deb ataluvchi shimoliy hududda yashovchi o’zbeklar va yana shuncha qismini Tojikistonga qo’shni Badaxshonda istiqomat qiluvchi tojiklar tashkil qiladi. Afg’onistonda jami 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Beshta davlat ­Pokiston, Eron, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanis­ton bilan chegaradosh. Chegara bo’ylab ushbu davlat­larga aloqador etnik guruh vakillari yashaydi. 1933-yilda Afg’oniston shohi Nodirshoh o’limidan so’ng, uning o’g’li Zohirshoh mamlakatning yangi yetakchisi deb e’lon qilindi. Uning 40 yillik boshqaruvi davrida mamlakatda deyarli hech qanday o’zgarish yuz bermadi. Shu davrda jami 300 ta sanoat korxonasi (140 tasi Sovet Ittifoqi yordamida) qurildi. 1973-yil 17-iyulda mam­lakatda harbiy to’ntarish yuz berdi va monarxiya ag’darilib Afg’oniston respublika deb e’lon qilindi. Zohirshohning ukasi Muhammad Doud Afg’oniston bosh vaziri deb e’lon qilindi. Yangi rejim, eski tartibga ko’nikkan ruhoniylar, yirik zamindorlar, davlat amaldorlarining noroziligini keltirib chiqardi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish