Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet69/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Indlra Gandi.(1917-1984) - 1964-ylldan boshlab turli vazlrlik lavozimlarida ishlagan. 1966yildan 1977-yilgacha va 1980-1984-yillarda - Hindiston Bosh vaziri. Milliy ­ozodlik harakati Ishtirokchisi. HMK yetakchllaridan biri. 1978-yil yanvardan HMK raisi. Terrorchllar tomonidan o’ldlrllgan.
1980-yil yanvarida Indira Gandi va HMK yana hokimiyatga qaytdi. Huku­mat qisqa vaqt ichida mamlakatda tartib o’rnatdi, biroq oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan narx-navoni to’xtatib qola olmadi. Davlat yaxlitligiga raxna soluvchi etnik separatizmning kuchayishi asosiy muammo bo’lib qolaverdi. 1983-yilda Assomda etnik va diniy negizga asoslan­gan ommaviy g’alayonlar bo’lib o’tdi. Panjobda sikxlar terrorizmi hukm surib, etnik va diniy to’qnashuvlar davom etdi. Panjobning mamlakatdan ajralib chiqishi Hin­distonning markaziy qismida katta oziq-ovqat muam­mosini keltirib chiqardi. Bundan tashqari Nangaladagi yirik elektrostansiya mamlakat shimoliy qismidagi elektr energiyasining yarmini berar edi. Fuqarolar urushining oldini olish uchun 1984-yil 5­iyunda I.Gandi sikxlarning Amritsardagi o’chog’i­ Oltin ibodatxonani shturm bilan bosib olishga buyruq berdi. Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Oltin ibo­datxona uchun jangda 300 kishi halok bo’ldi. Federal qo’shinlari ayni vaqtning o’zida yana 37 ta boshqa ibo­datxonalarni egalladi. Shundan so’ng sikxlarning sepa­ratistik harakati butun mamlakatni egallab oldi. 1984-yil 31-oktyabrda sikxlarga mansub tan soqchi I.Gandiga uch marta o’q uzib o’ldirdi. Sikxlar ayovsiz jazolandi: minglab sikxlar o’ldirildi, 50 mingdan ko’prog’i boshqa shtatlarga qochib ketdi. I.Gandi o’rnini o’g’li Rajiv Gandi (1944-1991) egalladi. I.Gandi o’limidan so’ng boshlangan repressiya sikx­lar qarshiligini kuchaytirib yubordi. Rajiv Gandi sikxlar terrorizmini yo’q qilishga kirishdi va 1987-yil may oyida Panjobning markaziy hukumatga bo’ysunishi to’g’risida (shtat maqomiga ega avtonom huquqlarni bekor qilish) qaror qabul qildi. 1988-yil may oyida yana Oltin ibo­datxonaga hujum boshlandi va minglab odamlar halok bo’ldi. Hind parlamenti R.Gandining iste’foga chiqishini talab qilishga majbur bo’ldi. 1989-yil boshida parlament uni siyosatni tushunmaslikda va korrupsiyada ayblab ishonchsizlik bildirdi. Biroq HMK uni partiya yetakchisi lavozimida saqlab qoldi va 1991-yil may oyidagi saylov­da nomzodini qayta qo’yishdi. Ammo ayni saylov qizg’in pallada - 21-may kuni u o’ldirildi. Saylovda yana HMK g’alaba qozondi va bu safar Nara­simxa Rao boshchiligidagi hukumatni tuzishdi. Mamlakatni diniy-etnik nizolar yemirdi. G’alayonlar Uttar-Pradesh, Assam, Bixar, Jammu va Kashmirga ham o’tdi. Assamda 1993 va 1994-yillardagi etnik g’ala­yonlarda minglab kishilar o’lib ketdi. 1993-yil may oyida ro’y bergan zo’ravonlik butun Bombay va Kalkuttani larzaga soldi. Bu yerda bomba portlashi oqibatida 300 kishi halok bo’ldi va 120- kishi yaralandi. Mazkur mud­hish voqeaga 1992-yilda XVI asrga mansub musulmon masjidining buzib tashlanishi sabab bo’ldi. Kashmirdagi to’polonlar ham bundan kam emas edi. Hind hukumatining bu yerda to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv rejimini joriy etishi keskin norozilikni va Kashmirga mustaqillik berish talabini keltirib chiqardi. Natijada Hindiston va Pokiston o’rtasidagi munosabat­larda keskinlik yuzaga keldi hamda Pokiston bilan qo’shilish tarafdori bo’lgan musulmon separatisthlri harakati kuchaydi. N.Rao hind iqtisodida tub o’zgarishlar o’tkazishga harakat qildi. U denatsionalizatsiya jarayonini boshladi. Ko’pgina zarar keltiradigan fabrika va zavodlar yopildi. N.Rao inflyatsiyani to’xtatish, sanoatga sarmoya qo’yishni ko’paytirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni kuchaytirishga erishdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi ko’paydi. 1994-1995-yillarda bu sohadagi o’sish 10 foizni, yalpi milliy mahsulotning yil­lik o’sishi 5 foizni tashkil etdi. 1996-yil boshida HMK yuqori rahbariyatidagi kor­rupsiya va aynish holatlari ochib tashlandi. 30 ta yirik siyosatchi poraxo’rlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Hatto bosh vazir ham tergovga tortildi. Hindistonda hind birligiga raxna soluvchi katta dush­man - jangovar induizm millatchiligi paydo bo’ldi. Uning amaldagi timsoli Hindistondagi mashhur siyosiy shaxslardan biri Atal Bexari Vajpai yetakchiligidagi Bxarati Janata partiyasi (BJP) edi. Yangi partiya mamlakatda to’liq induizm hukmron­ligini o’rnatish va musulmonlarni siyosat hamda iqtisod­dan siqib chiqarishga chaqirdi. BJPga o’xshash partiya­lar Hindistonning deyarli barcha burchaklarida paydo bo’la bordi. U ayniqsa markazi Bombay shahri bo’lgan Maxarashtra shtatida kuchli faoliyat yurgizdi. Bu yerda hind iqtisodining muhim tarmoqlari va mamlakatdagi eng yirik port joylashgan. Bombay hind to’qimachilik, mashinasozlik, metalni qayta ishlash sanoati markazi sanaladi. Mazkur viloyat Hindistonning atom elektr stansiyasi hisobiga elektroenergiya bilan to’liq ta’minlan­gan yagona hududi sanaladi. Shtat hukumatini Shiv Sen partiyasi boshqaradi. Uning rahbarlari mamlakat nomini Hinduston deb o’zgartirishni talab etishgan. Ularning taklifiga ko’ra Bombayga yangi - Mumbay nomi berilgan. R.Gandi o’limidan so’ng Hindiston ichki siyosatida­gi ahvol o’ta murakkablashdi. 1998-yil fevraldagi parlament saylovlarida Bxarati Janata partiyasi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-mart kuni bosh vazir etib saylandi. Oktyabr oyidagi saylovlarda Vajpai rahbarligidagi siyosiy alyans g’alaba qozondi va BJPning yetakchi partiya sifatidagi ahamiya­tini mustahkamladi. Hukumat tepasiga millatchilar kuchlarining kelishi Pokiston bilan aloqalarni qaytadan ziddiyatga olib keldi. 1999-yil may-iyunda Pokiston bilan chegaradosh Kashmirda ikki mamlakat qo’shinlari o’rtasida keyingi o’n yillikdagi eng og’ir to’qnashuv yuz berdi. Shu yilning aprel oyida Hindiston Rajastonda bir necha bor yadro quroli sinovini o’tkazdi. Bunga javoban Pokiston ham o’z yadro ‘qurolini bir necha marta sinov­dan o’tkazdi. Ikki davlat o’rtasidagi janjal yangi bosqich­ga ko’tarildi. 1997-yil iyulda Hindistonda muhim voqea yuz berdi. K.R.Narayanan mamlakat prezidenti etib saylandi. U Hindistondagi eng quyi shudra mazhabi vakili bo’lib shu paytgacha birorta yuqori davlat lavozimida ishlamagan. Bu hol mamlakatda mazhablar o’rtasidagi munosabat­larning ijobiy yo’lga qo’yilishiga umid bildirar edi. 2002 ­yilda mamlakat prezidenti etib D.A.Kalam saylandi. 2004-yil yanvarda Islomobodda Hindiston bosh vaziri Vadjpai va Pokiston prezidenti uchrashdi, ular ikki mamlakat o’rtasidagi mojaroni tinch yo’l bilan hal etish­ga intilishlarini namoyon etishdi. 34-§. POKISTON: RIVOJLANISH ZIDDIYATLARI
Pokiston davlati Hindistonning ikki mamlakatga bo’linib ketishi oqibatida 1947-yil 15-avgustda tashkil topdi. 1971-yil dekabrgacha Pokiston tarkibiga Sharqiy Bengaliya ham kirar edi. So’ng milliy-ozodlik harakati natijasida uning tarkibidan chiqdi va yangi Bangladesh davlati paydo bo’ldi. Kashmir muammosi 1947-yil Hindistonning ikkiga bo’linishi oqibatida har ikki tomon Kashmir masalasiga nisbatan o’z noroziligini bildirdi. Pokiston bu hududda musulmon aholisi istiqomat qilishini sabab qilib ko’rsat­sa, Hindiston tomoni bu yerni qadimdan induizm maxaraji boshqarishi va Kashmir, meros huquqiga ko’ra, uning mulki ekanligiga da’vo qildi. 1947 -yil iyul oxirida maxaraja Hindiston tarkibida qolishini e’lon qildi. Bu esa Kashmirda ommaviy to’qnashuvlarni keltirib chiqar­di. Mazkur muammoni hal etish BMT Xavfsizlik Kengashiga havola qilindi va u 1949-yil 1-yanvardan o’t ochishni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qildi. Ikkinchi bir qarorda esa har ikki tomon qo’shinlarining Kashmirdan olib chiqilishi va uning kelajagini belgilash uchun BMT nazorati ostida referendium o’tkazish zarurligi ta’kidlandi. Biroq Hindiston ushbu rezolyut­siyani qabul qilishdan bosh tortdi. 1954-yil may oyida hindlar hukumati Jammi va Kashmirni shtat sifatida "Hindistonga qo’shib olish to’g’risida" qaror qabul qildi. Hindiston mustaqillikka erishgandan so’ng hozirgi vaqtgacha Kashmir Hindiston va Pokiston qarama­-qarshiligi markazi. Pokiston eksportmmg 90 foizini qishloq xo’jaligi va mineral xom-ashyo tashkil etar edi. Mamlakat sanoati sodda texnika bilan jihozlangan, xom ashyo qazib olish va qayta ishlash bo’yicha uncha katta bo’lmagan korxonalardan iborat edi, xolos. Sanoat tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab asosan import hisobiga qondirilgan. Pokiston iqtisodida chet el monopoliyasi hukmronlik qilar va choy plantatsiyalari, tuz hamda ko’mir konlari, neft konlarining ko’pchiligi ularga qarashli edi. Angliya fIrmalari va banklari mamlakatning savdo hamda moliya tizimining muhim tarmoqlarini nazorat qilib turdi. 1947-yilda hukumatga Musulmon ligasining kelishi bilan uning rah­bariyati milliy iqtisod zarari hisobiga o’z pozitsiyalarini mustahkamlash va shaxsan boyish uchun foydalandi. Pokiston iqtisodidagi asosiy masala - agrar masala hal etilmadi. 1950-1952-yillarda qonunchilik yirik pomeshik yer egaligini qisman chekladi, ammo bu dehqonlarga hech nima bermadi. Chet el sarmoyasi faqat harbiy-havo va har­biy-dengiz bazalari inshootlariga, strategik yo’llar quri­lishi va qurol-aslaha sotib olishga sarflanar edi. Pokiston rahbariyati AQSH bilan hamkorlik qilishga yaqinlashib 1950-1952-yillarda qurol-yarog’ sotib olish to’g’risida bir qator bitimlar tuzdi. 1954-yil sentyabrda Pokiston SEATOga kirdi, 1955-yil iyulda esa arab mam­lakatlaridagi milliy-ozodlik harakatiga qarshi yo’naltiril­gan Bag’dod paktini imzoladi. Pokiston sog’liqni saqlash, maorif, ijti­moiy ta’minotga uncha e’tibor qaratmadi. Musulmon ligasi asta-sekin mamlakatdagi o’z mavqeini yo’qota boshladi. Undan bir qator dehqonlar, mayda va o’rta burjuaziya, ziyolilar qatlarni yuz o’girdi. 1949-1950-yillarda demokratik qayta o’zgarishlar das­turini va tashqi siyosatni neytrallashtirish talabini ilgari surgan muxolifat partiyalar ("Ozod Pokiston" partiyasi, demokratik partiyalar) norozilik bildira bosh­ladi. General Ayyub Xon diktaturasi o’rnatildi. Namoyish va mitinglarda ishtirok etganlik uchun o’lim jazosi belgilandi. Biroq 1969-yil mart oyida siyosiy tanglik kuchaygan bir sharoitda prezident Ayyub Xon iste’foga chiqishga majbur bo’ldi va hokimiyatni armiya qo’mondoni gene­ral Yahyoxonga topshirdi. Ammo u ham fuqarolar urushi holatiga olib kelgan nizolarni bartaraf qila olmadi. Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik harakati boshlandi va 1971-yil dekabrda Pokiston hamda Hindiston o’rtasida qurolli to’qnashuv kelib chiqdi. Bu nizo pokistonliklar armiyasining kapitulyatsiyasi bilan yakunlandi. Bu mag’lubiyat harbiy rejimning yo’q bo’lishi, hukumat tepasiga Zulfiqor Alixon Bxutto rahbarligidagi Pokiston xalq partiyasining ke­lishiga sabab bo’ldi. Mamlakatda yetakchi sanoat tarmoqlari, bank va sug’urta kompaniyalari natsionalizatsiya qilindi, agrar islohot o’tkazildi. 1976-yilda Pokiston va Hindiston o’rtasida diplomatik aloqalar tiklandi. 1972-yilda Pokiston SEATO tarkibidan chiqdi, 1974-yilda esa Bangladeshni tan oldi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish