32-§. MONGOLlVA: VANGI JAMIYAT SHAKLLANISHI Mongoliya - dunyodagi hudud jihatidan katta, ammo aholi soni eng kam mamlakatlardan biri. Keng cho’l, Gobi sahrosi, keskin o’zgaruvchan iqlirn bu yerda ishlab chiqarish rivojlanishiga ancha to’sqinlik qiladi. Mamlakatning asosiy boyligi chorva, Mongoliya ularning soni jihatidan dunyoda birinchi o’rinda turadi. 1921-yilda Mongoliya xalq-inqilobiy partiyasi (MXIP) inqilob natijasida xalq hokimiyatini o’rnatdi, va sotsializm qurishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. 1924-yilda Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR)tashkil topganligi e’lon qilindi. Yangi davlat tashkil topgan vaqtdan boshlab to 1992 yilgacha Mongoliya Sovet Ittifoqi bilan mustahkam aloqada bo’ldi. N atsionalizatsiyalashtirish, industrlashtirish va kollektivlashtirish MXRning asosiy yo’nalish maqsadi edi. 1962-yildaMongoliyaning O’lYKga kirishi mamlakatni keng ko’lamda industrlashtirishga olib keldi. Barcha tashqi savdosi Sovet Ittifoqi bilan bog’liq bo’lib eksportning 94 foizi, importning 97 foizi shu ikki mamlakat o’rtasida amalga oshirilgan. SSSRdagi qayta qurish Mongoliyadagi shart-sharoit’ni keskin o’zgartirib yubordi. MXIP hokimiyat monopoliyasi yo’qqa chiqdi. 1990-yilda birinchi marta ko’ppartiyali demokratik saylovlar bo’lib o’tdi va unda MXIP g’alaba qozondi. 1992-yil 12-fevralda Mongoliyada yangi konstitutsiya qabul qilindi va unga ko’ra ko’p ukladli iqtisod, xususiy mulkchilik va ko’ppartiyalilik e’lon qilindi. Mongoliyaning jahon bozoridan ajralib qolganligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir qildi. Rossiyadagi iqtisodiy tanglik ayni paytda Mongoliya iqtisodini inqirozga olib keldi. Ko’pgina korxonalar o’n yillardan buyon ishlamaydi. 1991- yildan boshlab Mongoliyada 10 mingdan ortiq xususiy korxonalar yuzaga keldi. Ularning ko’pchiligi Rossiya, Xitoy va Mongoliyada vositachilik faoliyatini yurituvchi mayda savdo kompaniyalari sanaladi..
Bular bari siyosiy ahvorning keskinlashuviga olib keldi. 1996-yil iyunda bo’lib o’tgan saylovlarda Demokratik Ittifoq g’olib chiqdi. Mazkur Ittifoq chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar olib borishni va’da bergan edi. 1997-yil aprelda Xalq xurali sessiyasida barcha savdo bojlari va tariflarini bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Mongoliya - dunyodagi savdo bojlari yo’q yagona mamlakat. 1999-yil dekabrda Moskvaga bosh vazir rahbarligidagi mongol delegatsiyasi keldi va iqtisodiy hamkorlik bo’yicha bitimlarni imzoladi. Rossiyaning ta’siri oshib bordi. 2001-yil mayda MXIP saylovlarda g’alaba qozonib, xalq xuralida 76 o’rindan 72 tasini egalladi. 2001-yil saylovlarida ham XIP vakili Natsayjin Bagabandi g’alaba qozondi. Kommunistlar hokimiyatga qaytdi. Biroq, ular endi demokratiya, islohotlar va bozor iqtisodiyoti tarafdorlari bo’lib maydonga chiqdi. Hozir Bosh vazir - Nambarin Enkbayar.