Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


- masala. F. Petrarkaning Rim respublikasiga munosabati



Download 0,77 Mb.
bet55/68
Sana21.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#569050
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Bog'liq
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti,

4- masala. F. Petrarkaning Rim respublikasiga munosabati.


.Renessans davrining yirik vakillaridan yana biri F. Petrarka . U Italiyaning Aretstsosida 1304 yilda tug’ilgan. Uning otasi notariusda xizmat qilgan. Shu uchunmi unda huquqshunoslikka moyillik yoshligidayoq paydo bo’ldi. 1312 yilda oilasi bilan Avanon shahriga ko’chib o’tgandan so’ng huquqshunoslik masalalari bilan shug’ullana boshlaydi. 1316 yilda montelьeda, 1320 yil Balonьyada huquq asoslaridan saboq oladi. 1326 yilda u frantsiskan ordeniga aьzo bo’lib, minaret darajasida faьoliyat yuritadi. 1374 yil 19 iyulda Arkua shahrida vafot etdi.
Uning asarlari asosan falsafaga bag’ishlangan. Shuningdek, baьzi asarlarida uning ijtimoiy – siyosiy qarashlari o’z ifodasini topgan. “ Olamdan hazar qilish haqida “, “ Avlodlarga maktub “, “ Afrika “, “ Mening Italiyam “,“ Yolg’izlikdagi hayot haqida “, “ Respublika haqida “, “ Filologiya “,
“ Kantsonьera “, “ Mashhur kishilar haqida “, “ Sheьriy nomalar “ kabi asarlari shular jumlasidandir.
Gumanist faylasuf sifatida Petrarka o’z asarlaridan insonni o’limidan so’ng emas, tirik paytida qadriga etish, uning narigi dunyo emas, bu dunyoda baxtli hayot kechirishi haqida o’ylash kerak, degan g’oyani ilgari suradi. Inson uchun berilgan erkinlik jamiyat taraqqiyotini yuzaga keltiradi, agar u qancha erkin bo’lsa, u shuncha o’z isteьdodini namoyon etadi. Inson insondek rohat – farog’atda yashashga, huzur - halovat olishga urinadi, - degan fikrlar Petrarkaga xos. “ Maqsadim – qashshoqlikka yuz tutmay, isrofgarchilikka yo’l qo’ymay, o’zgalarga buyruq bermay, birovlarga tobe bo’lmay yashash ”.1
Pinko Della Mirondola - yirik gumanist faylasuf. U 1463 – 1495 yillarda yashab ijod etgan. Faylasuf sifatida Mirondola g’arb, yaqin va o’rta sharq falsafiy qarashlarni chuqur o’rgandi, uning o’ziga xos falsafiy qarashlarini yaratdi. P. D. Mirondola falsafiy qarashlarida inson va jamiyat hayoti bilan bog’liq maьrifat,fidoyilik, gumanistik g’oyalar asosiy o’rinni egallaydi. U “ Gentapl “, “ Mavjudlik va birlik “, “ Avsrologiyaga qarshi fikr va mulohazalar “ nomli asarlar muallifi.
1480 yilda Rimda bo’ladigan Butunevropa faylasuflar yig’ilishi odidan Mirondola antik zamon va o’rta asr diniy - falsafiy masalalarga bag’ishlangan o’zining 900 tezisini yozadi va yig’ilish hayьatiga tavsiya


1. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. “ Yangi asr avlodi “ 2007 y. 224 - bet

etadi. U bu tezislarida xristian taьlimoti jamiyatda hukumronligini eьtirof etgan holda taьlimotda baьzi tushunmovchiliklar, chalkash fikrlar, hanuzgacha taьlimotda yagona diniy haqiqatning qaror topmaganligini eьtirof etadi. Shuningdek Mirondola Platon Akademiyasining rahbarlaridan biri Marselio Fichino orzu qilgan “ Yangi falsafiy din “ deb nomlangan umumiy din yaratish g’oyasini ilgari surdi.


Rim papasi tamonidan tashkil etilgan komissiya uning tezislarini o’rganib chiqib, 13 tasini bidьat deb topadi. Bunga qarshi Pinko 1487 yil o’zining raddiyasi - « Apologiya “si bilan chiqdi. Natijada komissiya raisi Innokentiy VIII barcha 900 tezisni eritik deb eьlon qildi.
Pinko gumanist faylasuf. O’z davri ijtimoiy shart – sharoitini yaxshi o’rganadi va dunyodagi barcha o’zgarish, jarayon markaziga inson va uning manfaatlarini qo’yadi. Har qanday sharoitda ham inson – oliy zot, tabiatdagi barcha mavjudotlar ichida eng mukammali, eng ulug’i, eng takomillashgani, deydi. Inson asta - sekin o’z ustida tinimsiz ishlashi natijasida ilohiy kamolotga erishadi.
Pinkoning fikricha, inson komolotga etishi uchun unga erkinlik kerak. U erkin bo’lsagina, faьol harakatlanadi va o’zi yashab turgan jamiyat uchun foyda keltiradi. Ammo inson o’ziga berilgan erkinliklardan oqilona foydalanishi zarur, jamiyatga zarar keltiruvchi ish bilan shug’ullanuvchi, aksincha, bu erkinlikda avvalo xudoga bo’ysinishi va o’z hayotiga jiddiy yondoshmog’i kerak.



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish