U ilk Renessans davrining buyuk shoiri, faylasufi, publisisti va siyosiy arbobi. Asli ismi Durante. U 1265 yil Florentsiyada kambag’allashgan aslzoda oilasida dunyoga keldi. Dastlab diniy maktabda, keyin Baloniya universitetida tahsil oladi. Falsafa, axloq, tarix , ilohiyat antiq kabi o’sha davrning ilmlarini chuqur o’rganadi. Dante evropa mutafakkirlari asarlarini o’qib, ularning g’oyalaridan ilhomlanadi va sharq allomalri ijodi bilan ham tanishadi: Farobiy, ibn Sino va Ibn Rushd yaratgan falsafiy taьlimni o’rganadi, ulardan g’oyaviy oziq oladi.
Dante Florentsiya ijtimoiy - siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. 1302 yilda u “ qoralar” tamonidan Florentsiyadan surgun qilinadi. Sarson – sargardonlikda umr kechirgan Dante 1321 yil 14 sentyabrda vafot etadi.
Dante shoirtabiat inson edi. 8 – 9 yashar paytida paydo bo’lgan Byatriyaga bo’lgan muhabbatini bir umr o’z ijodida tarannum etib o’tdi. U qizni bor - yo’g’i 5 marta ko’rgan, ammo unga shunchalik maftun bo’lganki, uni telbalarcha sevadi, lekin unga uylanishni xayoliga ham keltimaydi. Bu qiz uning idel insoniga aylanadi.
Dante o’zidan bir necha asarlar qoldirdi. Uning “ Ziyofat “, “Ilohiy komediya “ va “ Monarxiya “ asarlarida asosiy falsafiy g’oyalari ilgari suriladi. Uning ijtimoiy – siyosiy qarashlari “ Monarxiya “ asarida ko’proq o’z ifodasini topgan. Bu asar 1312 – 1313 yillarda yozilgan. Dante bu asarida cherkov va Rim papasining davlatni idora qilish ishlariga aralashuvini qoralaydi. Adolatli davlat tuzish g’oyasini ilgari suradi. Siyosiy tarqoqlikka barham berib, yagona davlat barpo etish, italiyan xalqini birlashtirish, urushlarga barham berish kerak, degan g’oyalarni ilgari surdi. U turli din, mazxab, turli maslakka ega kishilarda ham qandaydir o’xshashlik, umum tamonlar bor, bu umuminsoniy fazilatlardir,
Degan fikr ushbu asar mohiyatini tashkil etadi.
Katolik cherkovi uning bu g’oyalariga qarshi chiqarkan, uni eritik deb eьlon qildi, uning bu asarini kuydirish, asar muallifining xokini qabrdan chiqarib tashlash to’g’risidagi to’xtamga keldi. Ammo Ravenna xokimi uni himoya qilib chiqdi.
Dantening ijtimoiy - siyosiy g’oyalari uning “ Ilohiy komediya “ asarida ham o’z ifodasini topgan. Bu asar asli “ Komediya “ deb nomlangan, keyinchalik uning mazmunidan kelib chiqib, Bokkacho unga “ Ilohiy “ atamasini qo’shib qo’ydi. Shu tariqa asar “ Ilohiy Komediya “ deb atalib ketdi. Bu asar doston bo’lib, 100 ta sheьrdan iborat. Narigi dunyo tasviri asar mohiyatini tashkil etadi. Shoir asarida o’zining hayot haqidagi falsafiy mushohadasini bayon etish bilan birga ijtimoiy - siyosiy qarashlarini ham juda chiroyli badiiy obrazlarda aks ettirgan. Dante bu janrdan er yuzidagi hayot va insonlar o’rtasidagi munosabatlarni yana ham to’liqroq tasvirlash uchun foydalandi. ... jinoyatkor va gunohkor shaxslar, yaьni xalq manfaatini barbod etgan har ikki hokim sinf vakillari din aqoidlaridan o’zlarining shaxsiy manfaatlari uchun foydalangan ruhoniylar, o’zining siyosiy muxoliflarini do’zaxga joylashtiradi, ular ustidan hukm chiqaradi. U insonni hayotdan bezdirish emas, aksincha uni sevish, unga to’liqroq berilish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, xalq, vatan manfaatlari uchun kurashishga chaqiradi... Ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashgan, tarix sahnasiga chiqayotgan burjua sinfi bilan feodal aristokratlar o’rtasida kurashlar, bu qarama – qarshiliklarning butun og’irligi elimentar insoniy huquqdan mahrum bo’lgan, tahqirlangan mehnatkash ommaning ustiga tushishi, adolatsizlik, zo’ravonlik, oliy tabaqa vakillarining o’zboshimchaligi, din arboblarining munofiqligi singari o’sha davrdagi jamiyat oldida turgan dolzarb, hayotiy masalalar – din, axloq, fan, falsafa, adabiyot masalalari Dantening “ Ilohiy komediya“si
markazida turadi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |