2- masala. Garbiy Evropada maьnaviy - madaniy uzgarishlar va renessans markazlari.
G’arbiy Evropada Renessans davrida o’ziga xos maьnaviy – madaniy o’zgarishlar yuzaga keldi. Renessans inson maьnaviyatida yangi dunyoqarashni shakllantirdi. O’rta asr sxolastik tor doiradagi qarashlar o’rnini dunyoviy bilim, tasavvur, tafakkur egallay boshladi. Dunyoni ilmiy bilish, tabiat hodisalarini o’rganish, amaliy tahlil etish tabiatshunoslikka oid bilimlar olamini boyitdi. XV asrdan tabiatshunoslik sistemali tajriba-
1. Garb falsafasi. T Shark 2004 y. 262 – bet.
viy fan sifatida shakllandi. Tabiatshunoslik bilan bog’liq odamlar dunyoqarashida materialistik bilim nazariyasini yaratdi. Ammo dunyoni qanchalik ilmiy bilishga intilish kuchaygani bilan, insonlar maьnaviyatida diniy qarashlarga barham bergani yo’q. Renessans o’ziga xos maьnaviyat va madaniyat yaratdi. Ushbu madaniyat din va dunyoviy bilimlarga tayangan holda yangi madaniyat sifatida shaklandi. Adabiyot, sanьatda yangi yo’nalishlar yuzaga keldi. Inson maьnaviyatida yangi o’zgarishlar ro’y berdi: antik zamon madaniy merosiga nisbatan erkin fikr yuritish, har qanday qoidalarni o’zgarmas, mutloq haqiqat deb qarashdan voz kechish, insonda mavjud bo’lgan qobiliyat, malakalarni erkin namoyish qilish uchun harakat vujudga keldi. Ilm, adabiyot, sanьatda inson dunyoqarashini bekitiq “yopiq “ holda emas, ochiq, voqealikni ravon, ommabop tilda tasvirlash uslublari paydo bo’ldi.
Renessans madaniyatining yaratuvchilari va asosiy tashviqotchilari shahar aholisining yuqori tabaqa vakillari, yirik ishbilarmon, yuqori maьlumotga ega ruhoniy va monastir xodimlari edi. Renessans davri maьnaviyatining o’ziga xostamoni shundaki, bu davr insonning antik va o’rta asr davriga xos bo’lmagan yangicha fikrlashga asoslanganligidir. Bu fikrlash cherkovga xos sxolastik qarashlar va turlibachkanaliklardan xoli, jiddiy, o’rta asr ilmiy izlanishlari natijasi sifatida jiddiy, ijodiy tafakkur mahsuli edi. Bu dunyoqarashning eng muhim xususiyati unda badiiy did ( yo’nalish )ning ustunligi.
Renessans jarayoni Evropaning asosan rivojlangan mamlakatlarida ro’y berdi. Chunki uning shakllanishi va taraqqiy etishi uchun o’sha mamlakatda etarlicha shart – sharoit mavjud bo’lishi kerak. Renessans jarayonida faol ishtirok etgan mamlakatlar sifatida Italiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Frantsiya, Niderlandiya. Shuningdek, Renessans eng mashhur markazlaridan bir - Florentsiya ( Italiya ) – eng yirik savdo – hunarmandchilik markazi bo’lgan. Ilm – fan, meьmorchilik, rassomlik, haykalaroshlik rivojlangan. 1582 yilda Florentsiyada Evropada I Akademiya tashkil topdi. Kruska Akademiyasi italiyan tilida dunyoda bir katta lug’at nashr qilgan.
Renessansning yirik markazlaridan yana biri Venetsiya shahri bo’lib, bu shaharda kitob nashr qiluvchi bosmaxonalar keng tarqalgan. Antik davr mualliflari va gumanistlari asarlari butun Evropaga maьlum bo’lgan. Milan, Ferrara, Mantuyas, Urbano, Rim, Neopol kabi shaharlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |