Ijtimoiy siyosat


Ishsizlik holatidan himoya qilish tizimi turlari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Ishsizlik holatidan himoya qilish tizimi turlari. 
Jahon 
mamlakatlari ishsizlik holatidan ijtimoiy himoya qilishning quyidagi 
mexanizmlaridan foydalaniladi
169

-
sug‗urta badallariga asoslangan;
-
sug‗urta badallariga asoslanmagan;
-
aralash.
Ishsizlik holatidan ijtimoiy himoya qilishning quyidagi turlarini 
farqlash mumkin: 
Sug„urta badallariga asoslangan ishsizlik nafaqasi tizimi.
Ushbu 
tizim ijtimoiy sug‗urta shakliga ega bo‗lib, ish beruvchilar yoki ish 
beruvchi va yollanib ishlovchilarning sug‗urta badallari hisobidan 
moliyalashtiriladi, muntazam badallar undirish mumkin bo‗lgan rasmiy 
sektorda band bo‗lganlarni qamrab oladi
170
.
Ishsizlik holatidan ijtimoiy sug‗urtalash tizimi afzalliklari birdamlik 
tamoyiliga asoslanganligi uchun risklarni taqsimlash, to‗lovlarni 
muntazam to‗lab borish va ulardan milliy iqtisodiyotda barqarorlashtirish 
vositasi sifatida foydalanishda namoyon bo‗ladi. 
Sug„urta badallari ko„zda tutilmaydigan ishsizlik nafaqasi 
tizimi.
Ushbu tizim ishsizlar uchun ijtimoiy yordam, deb ataladi va 
davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Ishsizlik nafaqasi miqdori sug‗urta 
tizimiga nisbatan kamroq bo‗ladi. 
Ishsizlik bo„yicha jamg„armalar shakllantiriladigan tizimlar. 
Ushbu 
tizimda yollanib ishlovchilar individual hisob-raqamlarda jamg‗armalar 
jamg‗arishlari lozim. Ushbu jamg‗armalar ishsizlik holatida ishsizlik 
nafaqasi ko‗rinishida beriladi. Ushbu turdagi tizimlarda risklarni 
birlashtiruvchi 
muhim 
tarkibiy 
element 
yetishmaydi. 
Shaxsiy 
jamg‗armalar tugagandan so‗ng kafolatlangan daromadlar ham to‗xtaydi. 
Jamg‗arma hisoblarda katta miqdordagi mablag‗ jamg‗arganlar odatda, 
ishsiz bo‗lib qolish riskiga duch kelishadi. Ishsiz bo‗lib qolish riski 
yuqori bo‗lganlar esa kerakli daromadni kafolatlay oladigan zarur 
mablag‗larni jamg‗arishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Ushbu tizimlar ijtimoiy sug‗urta tizimidagi kabi ijtimoiy himoya 
darajasini ta‘minlab bera olmasa-da, jami talabni barqarorlashtirish 
vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar pensiya hisob-raqamlaridan
169
World Social Protection Report 2014/15. 
170
Skandinaviya mamlakatlarida ishsizlikdan himoyalash kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladi va 
badallar toʻlashni koʻzda tutmaydigan tizimlar bilan toʻldiriladi, ishsizlikdan himoyalashning ixtiyoriy tizimlari amal 
qiladi. 


205 
mablag‗larni qarzga olsa, keksayganda kafolatlangan daromadlarning 
keskin qisqarib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Bandlikni ta‟minlash tizimlari. 
Ushbu tizimlar jamoat ishlari 
doirasida band bo‗lish va qishloq joylarda kam ta‘minlangan ishchilar 
uchun pulli nafaqalar olish huquqini beradi. Bandlikni ta‘minlashga 
qaratilgan yirik dasturlardan biri Hindistonda amalga oshirilgan 
Maxatma Gandi nomidagi qishloq joylarda bandlikni ta‘minlash milliy 
tizimi hisoblanadi. Efiopiyada ishlab chiqarishni qo‗llab-quvvatlash 
dasturi qabul qilingan bo‗lib, ushbu dastur ishchilarni kafolatlangan 
daromad bilan ta‘minlay olmasa-da, jamoat ishlarini oziq-ovqat va pul 
shaklidagi nafaqalar bilan uyg‗unlashtirish imkonini beradi
171

Ishdan 
bo„shaganda 
to„lanadigan 
nafaqalar, 
a
ksariyat 
mamlakatlarda rasmiy bandlik turlari doirasida ishdan bo‗shatilganlarni 
daromad bilan ta‘minlashning yagona shakli hisoblanadi. Nafaqaning 
ushbu turi risklarni ijtimoiy taqsimlash vositasi sifatida emas, balki 
ishchi uchun majburiy to‗lov sifatida ko‗rib chiqilishi lozim. Ishdan 
bo‗shaganda to‗lanadigan nafaqalar ishsiz qolgan shaxsni ishga qaytishi 
yoki ish beruvchining faoliyatiga tarkibiy o‗zgartirish nuqtai nazaridan 
yordam bermaydi va salbiy oqibatlarga ega bo‗ladi. Shu sababdan 
muntazam to‗lanadigan ishsizlik nafaqasi iqtisodiyotda tarkibiy 
o‗zgarishlarni amalga oshirishda ijobiy ta‘sirga ega.
Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
natijasida 
aksariyat 
mamlakatlarda ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish imkoniyatlari yaxshilandi 
yoki kengaytirildi. Misol uchun, Avstraliyada ishsizlik nafaqasini 
belgilash muddati qisqartirildi, Latviyada esa ishsizlik nafaqasini olish 
uchun zarur sug‗urta badallarini ajratish muddati qisqartirildi. Ba‘zi 
mamlakatlarda ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‗lmagan 
vaqtinchalik ishlayotganlar (Germaniya va Yaponiya), o‗zini-o‗zi band 
etuvchilar (Avstriya) va yoshlar (Argentina) ishsizlik nafaqasini olish 
huquqiga ega bo‗lishdi
172
. Ba‘zi mamlakatlar ishsizlik nafaqasini to‗lash 
muddatini uzaytirishdi (Argentina, Braziliya, Yaponiya, Latviya, 
Ispaniya) yoki shoshilinch nafaqalar (AQSh) joriy etishdi
173
. Argentina 
va Braziliyada 2009-yilda retsessiyadan zarar ko‗rgan iqtisodiyot 
sektorlari uchun ishsizlik nafaqasini to‗lash muddatini vaqtinchalik 
uzaytirish to‗g‗risida qaror qabul qilindi. Uzaytirilgan muddatdan 103 
ming kishi yoki ishsizlik bo‗yicha nafaqa oluvchilarning 20%i 
171
World Social Protection Report 2014/15. 
172
Bonnet, Saget and Weber, 2012 
173
World Social Protection Report 2014/15. 


206 
foydalanishdi; 2008-yilning oxirida Yaponiyada yangi ish joyini topish 
muammosiga uchraganlar uchun ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish muddati 
60 kunga uzaytirildi; Latviyada ishsizlik bo‗yicha nafaqa olish muddati 
to‗qqiz oyga qadar ketma-ket vaqtinchalik uzaytirildi (2009-yilning 1- 
iyulidan 2011-yilning 31-dekabiga qadar); Ispaniyada 2009-yilning oxiri 
va 2010-yilda uzoq muddatli ishsizlik holatlarida ishsizlik bo‗yicha 
nafaqa olish muddati uzaytirildi; AQShda 2008-yilning iyunidan 2014-
yil 1-yanvarga qadar ishsizlik holatida ishsizlik bo‗yicha nafaqa 
miqdorini shoshilinch qoplash tadbirlari amalga oshirildi. 
Demak, ishsizlikdan himoyalash, bandlik xizmati va bandlik bilan 
bog‗liq boshqa xizmat sohalari bilan hamkorlik ijtimoiy ta‘minot 
tizimining ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Ishsizlik nafaqasi 
iqtisodiy o‗zgarishlarni qo‗llab-quvvatlash doirasida samarali bo‗lishi 
uchun ishsizlarni o‗qitish, qayta tayyorlash va mehnat bozoridagi boshqa 
faol tadbirlar bilan bog‗liq bo‗lishi zarur. Ushbu xizmatlardan ishsizlik 
bo‗yicha nafaqa oluvchilar, ishsizlik nafaqasini olmaydiganlar va 
iqtisodiyotning rasmiy va norasmiy sektorida band bo‗lganlar foydalana 
olishlari lozim.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish