Ijtimoiy siyosat


-rasm. Jahon aholisining ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

7.2.1-rasm. Jahon aholisining ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab 
olinganlik darajasi, % (2015-y.)
163
 
Buyuk Britaniyada ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini davlat 
pensiyalari, tayanch pensiyalar/pensiya kreditlari, uy-joy uchun 
nafaqalar, farzand uchun nafaqa, nogironlik bo‗yicha nafaqalar, ishsizlik 
nafaqasi tashkil etadi. Ijtimoiy ta‘minot bo‗yicha nafaqalar umumiy 
soliqlar va ijtimoiy ta‘minot uchun ajratiladigan badallar hisobidan 
moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta‘minot fuqarolar hayotida muhim rol o‗ynaydi. Iqtisodiy 
adabiyotda ijtimoiy ta‘minot tushunchasiga berilgan umum qabul 
qilingan ta‘rif yo‗q va unga turlicha tarif berish mumkin. Ijtimoiy 
ta‘minot tushunchasi keng ma‘noda kishilarning munosib turmush 
farovonligini ta‘minlash maqsadida ishlab topayotgan daromadlariga 
erishishning barcha usullarini ifoda etadi. Demak, ijtimoiy ta‘minot 
daromadlarning barcha manbalarini – ish beruvchilar tomonidan 
to‗lanadigan va o‗zini-o‗zi band qilishdan topiladigan daromadlar, 
xayriya tashkilotlarining moliviy yordami, oila a‘zolarining pullari va 
davlat tomonidan ajratiladigan pul ko‗rinishidagi nafaqalarni o‗z ichiga 
qamrab oladi. Agar ijtimoiy ta‘minotning keng ma‘nodagi tushunchasiga 
tayanadigan bo‗lsak, xususiy sektor daromadlarni ta‘minlab berishning 
muhim manbai hisoblanadi. Tahlillar ko‗rsatishicha bandlik va o‗zini-
o‗zi band qilishdan keladigan foyda aksariyat mehnatga layoqatli aholi 
uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Pensiyaga chiqqandan keyin 
to‗lanadigan pensiyalar esa ushbu turdagi daromadlarga asoslanadi. 
Ijtimoiy ta‘minotning tor ma‘noda tushunchasi bozor tizimida 
ko‗zda tutilgan daromadlardan tashqari barcha turdagi moliyaviy qo‗llab-
163
https://www.imf.org/external/russian/pubs/ft/fandd/2018/12/pdf/ortiz.pdf 


197 
quvvatlash turlarini ifoda etadi. Demak, tor ma‘noda ijtimoiy ta‘minot 
deyilganda uy xo‗jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo‗llab-
quvvatlash tushuniladi. Ijtimoiy ta‘minot tushunchasi borasidagi 
munozaralar ijtimoiy siyosat doirasida o‗rganiladigan barcha ijtimoiy 
xizmat turlari bo‗yicha muhim ahamiyatga ega. Jumladan, sog‗liqni 
saqlash tushunchasi Milliy sog‗liqni saqlash xizmati faoliyatiga nisbatan 
kengroq tushuncha hisoblansa, tibbiy yordam ko‗rsatish esa ijtimoiy 
xizmatlar doirasidan chiqib ketadi.
―Ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasi hukumat tomonidan aholining 
ijtimoiy muhtoj qatlamlariga pulli nafaqalar to‗lash tizimi sifatida juda 
oddiy va muammosiz tizimga o‗xshaydi. Tadqiqotlar ko‗rsatishicha, 
ayrim turdagi ijtimoiy xizmatlar davlat tomonidan ijtimoiy ta‘minot 
tizimi doirasida amalga oshirilmaydi. Jumladan, Buyuk Britaniyada 
kasallik nafaqasi amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat tomonidan 
moliyalashtirilsa-da, ushbu nafaqa fuqarolarning yuridik huquqi 
hisoblanadi va ish beruvchi tomonidan to‗lanadi. Shuningdek kasallik, 
bevalik va pensiyaga chiqish bo‗yicha kasbiy dasturlar mavjud bo‗lib, 
ular davlat nafaqalariga o‗xshaydi va o‗xshash vazifalarni bajaradi
ammo ish beruvchi tomonidan tashkil etiladi. Demak, ish beruvchilar 
tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladigan ijtimoiy dasturlar va hukumat 
tomonidan tasdiqlangan aksariyat dasturlar ijtimoiy ta‘minot dasturlari 
sifatida guruhlashtirilishi mumkin ekan. Bu esa ularning yuqorida qayd 
etib o‗tilgan ijtimoiy ta‘minot tushunchasi tariflariga doim ham mos 
kelmasligini anglatadi. Shuning uchun ijtimoiy ta‘minot tushunchasiga 
aniq ta‘rif berish mushkul va xalqaro tashkilotlar ijtimoiy ta‘minot 
tushunchasiga turlicha ta‘rif berishadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan 
―ijtimoiy himoya‖ va ―ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchalariga ta‘rif berishda 
turli yondashuvlar mavjud. Aksariyat manbalarda ikkala tushuncha bir-
birining o‗rnini bosuvchi tushunchalar sifatida ishlatiladi. Xalqaro 
mehnat tashkiloti ―ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasidan insonning ijtimoiy 
ta‘minotga bo‗lgan huquqi ma‘nosida foydalanadi. Ushbu huquqlar 
1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (22 
modda), 1966-yilda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro pakt (9 modda), BMTning inson 
huquqlariga oid boshqa hujjatlarida o‗z ifodasini topgan. ―Ijtimoiy 
ta‘minot‖ tushunchasi ijtimoiy sug‗urta, ijtimoiy yordam, nafaqalar va 
ijtimoiy to‗lovlarning boshqa shakllari, sog‗liqni saqlash xizmatlaridan 
foydalanishni ta‘minlash choralari va ijtimoiy himoyani ta‘minlashga 


198 
qaratilgan natura ko‗rinishidagi nafaqalardan iborat ijtimoiy xizmat 
turlarini o‗z ichiga oladi.
Dunyo mamlakatlarida ijtimoiy ta‘minot tizimi uzoq davr 
mobaynida rivojlanib, takomillashib kelgan. Ijtimoiy ta‘minotning 
tarkibiy qismlari turli maqsadlar uchun mo‗ljallanganligi bois bosh 
maqsadni aniqlab, ajratib olish murakkab vazifa hisoblanadi.
Fikrimizcha, ijtimoiy ta‘minotning maqsadlari quyidagilardan iborat 
bo‗lishi zarur:
-
inson hayotida sodir bo‗ladigan pensiyaga chiqish, ishsizlik va 
kasallik kabi holatlardan sug‗urtalash; 
-
kambag‗allikni kamaytirish yoki daromadlarning minimal 
darajasini belgilash; 
-
insonning hayot sikli orqali resurslarni qayta taqsimlash (pensiyaga 
chiqish yoshida); 
-
resurslarni aholining yuqori daromadli qismidan kam daromadli 
qismiga qayta taqsimlash; 
-
aholining ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari (bolalar, 
nogironlar) uchun qo‗shimcha xarajatlarni qoplash; 
-
―an‘anaviy‖ oilalar barbod bo‗layotganda moliyaviy qo‗llab-
quvvatlash. 
Ijtimoiy ta‘minotning Buyuk Britaniya tizimi uchun quyidagilar 
maqsad sifatida belgilangan
164

-
aholi turmush farovonligini qo‗llab-quvvatlashni rag‗batlantirish; 
-
ma‘muriy xarajatlarni qisqartirish. 
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimi kontinental Yevropa 
mamlakatlari ijtimoiy ta‘minot tizimiga nisbatan cheklanganligi bilan 
ajralib turadi. Kambag‗allikni kamaytirish aholi daromadlariga bog‗liq 
holda amalga oshiriladi. Muhtojlik bo‗yicha nafaqalar olish kishilar yoki 
oilalarning ixtiyoridagi resurslari (daromadlar yoki jamg‗armalar)ga 
bog‗liq holda belgilanadi. Daromadlar yoki jamg‗armalarga bog‗liq 
holda ijtimoiy ta‘minotni amalga oshirish AQSh, Yangi Zelandiya va 
Avstraliyada qo‗llaniladi va markazlashgan xarakterga ega. Ushbu 
talablar 
kontinental 
Yevropadagidek 
daromadlarni 
qoplash 
va 
daromadlar darajasini qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilmagan. 
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimi murakkab tarkibga va uzoq 
rivojlanish bosqichiga ega. Tadqiqotning turli usullari yordamida Buyuk 
Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimiga xos bo‗lgan xususiyatlarni ajratib 
164
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK 
2013 


199 
ko‗rsatish mumkin. Masalan, imtiyozlar universal va jamg‗ariladigan 
turlarga ajratiladi. Huquq nuqtai nazaridan yondashilsa, ijtimoiy ta‘minot 
quyidagi komponentlarga ajraladi: badallar to‗lashdagi imtiyozlar; soliq 
va muhtojlik nafaqalari bo‗yicha imtiyozlar (daromadga bog‗liq 
nafaqalar); shartli imtiyozlar (turli ijtimoiy guruhlar bo‗yicha). 
Buyuk Britaniyada amal qilayotgan ijtimoiy ta‘minot tizimining 
asoslarini 1940 yilning boshida Beveridj tomonidan e‘lon qilingan 
hisobot tashkil etadi. Beveridj yondashuvining asosini badallardan 
imtiyozlarga yoki ijtimoiy sug‗urta g‗oyasi tashkil etadi. Amaliyotda 
aholining turmush darajasini pasaytiruvchi qator risklar mavjud. Ularga 
ishsizlik, mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yoki oilada asosiy daromadni 
yo‗qotib qo‗yish kabi risklar kiradi. Ayrim turdagi (beva qolish) risklar 
kam uchraydi va iqtisodiy holat bilan bevosita bog‗liq emas. Pensiyaga 
chiqish kabi risklari keng tarqalgan va ularning oqibatini oldindan 
baholash mumkin. 
Ijtimoiy sug‗urta bilan bog‗liq holda amaliyotda yuzaga keladigan 
muammolar: 
-
Ushbu xizmatlar nima uchun xususiy sektor tomonidan emas, 
balki davlat tomonidan ko‗rsatilishi kerak?
-
Davlat va xususiy sug‗urta o‗rtasida qanday munosabatlar 
o‗rnatilishi zarur? 
-
Qanday risklar qamrab olinishi lozim? 
-
Ijtimoiy to‗lovlar qaysi tartibda amalga oshirilishi yoki 
hisoblanishi zarur? 
Ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqalar olish huquqi ijtimoiy sug‗urta 
fondiga badallar to‗lashga asoslanadi va u individuallashtirilgan.
Muhtojlik bo‗yicha nafaqalar olish huquqi oila resurslari, jumladan, 
daromadlar va jamg‗armalar miqdoriga bog‗liq belgilanadi.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimida pensiya kreditlari, soliq 
krediti, uy-joy nafaqasi va soliq imtiyozlari amal qiladi
165

Past daromadli aholi uchun mo‗ljallangan muhtojlik bo‗yicha 
imtiyozlar tizimi ba‘zan ―ijtimoiy yordam‖, deb ataladi. Buyuk 
Britaniyada ijtimoiy yordam daromadlarni qo‗llab-quvvatlash (keksa 
yoshdagi kishilar daromadi, pensiya krediti) va ishsizlik bo‗yicha 
nafaqalarga asoslangan daromad sinonimi sifatida qo‗llaniladi. Ushbu 
nafaqalar oila turi va hajmidan kelib chiqqan holda daromadlari va 
165
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK 
2013. 


200 
jamg‗armalari muayyan darajadan past bo‗lganlar uchun belgilanadi va 
to‗lanadi. 
Muhtojlik bo‗yicha nafaqalar belgilashda mamlakatlar o‗rtasida 
farqlar mavjud. Avstraliya va Yangi Zelandiyada ushbu turdagi 
nafaqalarni belgilashda daromadlar va jamg‗armalar miqdori o‗rganiladi. 
Ushbu holat kam daromadli aholi nafaqa olish huquqiga ega ekanligini 
anglatmaydi. Ba‘zi hollarda maqsad yuqori daromadli aholini ijtimoiy 
ta‘minot tizimi imtiyozlaridan chiqarib tashlashni nazarda tutsa
ba‘zilarida ushbu tizimga faqat past daromadli aholi guruhlarini 
qo‗shmaslikni nazarda tutadi. Buyuk Britaniyada bolalar uchun soliq 
kreditlari ko‗p bolali oilalar uchun mo‗ljallangan. Shimoliy Yevropaning 
aksariyat mamlakatlarida ijtimoiy yordam ijtimoiy sug‗urta tizimi bilan 
qamrab olinmaganlar uchungina mo‗ljallangan. Jumladan, ijtimoiy 
yordam mahalliy tashkilotlar tomonidan manzilli shaklda amalga 
oshiriladi.
Shartli imtiyozlarni belgilashda farzandli bo‗lish (farzand uchun nafaqa), 
nogironlik (yashash uchun nafaqa) kabi muayyan shartlar nazarda 
tutiladi.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimida ba‘zi imtiyozlar samarali 
hisoblanadi va ularga nisbatan qo‗shimcha to‗lovlar ko‗zda tutiladi. 
Jumladan, asrab olingan farzandlar uchun nafaqalar. Ushbu nafaqalarni 
tayinlashda oilalar daromadlari va jamg‗armalari tekshirib o‗tirilmaydi.
Buyuk Britaniya ijtimoiy ta‘minot tizimida ko‗zda tutilgan 
imtiyozlarni uch guruhga bo‗linishi imtiyozlar o‗rtasidagi farqlarni 
soddalashtirishga qaratilganligini va shartli ekanligini isbotlaydi. 
Imtiyozlar uchun ajratilayotgan mablag‗lar miqdori moliyaviy 
resurslarga bog‗liq bo‗lish bilan birgalikda oilalar turi yoki ularning 
ijtimoiy holatlarga bog‗liq aralash belgilanadi. Jumladan, farzandi yo‗q 
yolg‗iz keksalar daromadlarni qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan nafaqaga 
davo qilishi mumkin. Agar nafaqaga da‘vogar shaxsiy yoki kasbiy 
pensiya oladigan bo‗lsa, nafaqa miqdori kamaytirilishi mumkin. 
Aksariyat hollarda ijtimoiy ta‘minot pulli to‗lovlar shaklida amalga 
oshiriladi, ayrim holatlarda ijtimoiy ta‘minot ―natura‖ shaklida, ijtimoiy 
xizmatlar yoki vaucherlar orqali amalga oshirilishi mumkin. AQShda 
kambag‗al oilalarga ovqatlanish uchun talonlar berish dasturlari samarali 
usul 
hisoblanadi. 
Ushbu 
xarajatlar 
oziq-ovqat 
mahsulotlariga 
almashtirilishi mumkin bo‗lgan vaucherlar yordamida to‗lanadi. Buyuk 
Britaniyada tishlar, ko‗zlarni davolash, yuridik yordam kabi 
xizmatlardan bepul foydalanish dasturlari amal qiladi. 


201 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish