Ish beruvchilar
Ish beruvchilar — xodimni ishga olish
huquqi boʻlgan yuridik yoki jismoniy
shaxslar. OʻzR Mehnat kodeksiga kura:
korxonalar, shu jumladan, ularning
alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari
timsolida; mulkdorlarning oʻzi ayni bir
vaqtda rahbar boʻlgan xususiy
korxonalar; 18 yoshga toʻlgan ayrim
shaxslar qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda I.b. boʻlishi mumkin.
I.b.ning huquq va burchlari,
majburiyatlari, xodimlar bilan mehnat
shartnomasini
tuzish shartlari
Oʻzbekiston Respublikasining MK va
mehnatga oid qonunlarida belgilab
berilgan. Konunga koʻra, I.b.: korxonani
boshqarish va oʻz vakolatlari doirasida
mustaqil qarorlar qabul qilish; qonun
hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi
mehnat shartnomalarini tuzish va bekor
qilish; mehnat shartnomasida
koʻrsatilgan ishni lo-zim darajada
bajarishni xodimdan talab qilish; oʻz
manfaatlarini himoya qilish uchun
boshqa I.b. bilan birga jamoat
birlashmalari tuzish va bunday
birlashmalarga aʼzo boʻlish huquqiga ega.
I.b. xodimlar vakillik organlari (kasaba
uyushmalari va ularning saylab