207
-
davlat sug‗urtasiga asoslanadigan;
-
xususiy sug‗urtaga asoslanadigan.
Buyuk Britaniya Milliy sog‗liqni saqlash xizmati (National
Healthcare System) tadqiqotchilar tomonidan ijtimoiy ta‘minotning asosi
sifatida ko‗rib chiqiladi. Buyuk Britaniyada tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqi barcha fuqarolar uchun joriy etilgan bo‗lib, tibbiy ko‗rikdan
o‗tish, telefon orqali maslahatlar olish, terapevt ro‗yxatida
turish va
boshqalar bazaviy huquqlar hisoblanadi. Shu bir vaqtda dori-darmonlar
olish uchun faqat vrach tavsiyasi zarur. Milliy sog‗liqni saqlash xizmati
tarixan universitetlar qoshidagi kasalxonalarda shakllangan va
rivojlangan. Jahon banki ma‘lumotlargiga ko‗ra
Buyuk Britaniyada
2012-yilda kasalxonalarda ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun jami
sog‗liqni saqlash xarajatlarining 83%i sarflangan va ushbu ko‗rsatkich
mamlakat YaIMning 9,4%ini tashkil etgan. Umumiy tibbiy amaliyot
aksariyat kasalliklarga (kasalliklarning 95%i)
qarshi kurash olib
borilayotganligiga qaramasdan sog‗liqni saqlash xarajatlarining 10%ga
yaqin qismigina sarflangan
176
.
Buyuk Britaniyada soliqlarga asoslangan moliyalashtirish tizimi
amal qiladi. Shu bilan bir vaqtda mamlakat aholisining 10%idan ortig‗i
xususiy tibbiy sug‗urta tizimidan foydalanadi. Mamlakatda birgalikda
amalga oshiriladigan to‗lovlar –
dori-darmonlar, kasalxonada
mashinalarni parkovkalash uchun ham to‗lovlar mavjud.
Sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlari boshqa tovarlar va xizmatlardan
tubdan farq qiladi. Cog‗liqni saqlash xizmatlari talabni yuzaga keltiradi.
Masalan, rak kasaliga qarshi ishlab chiqilgan yangi dori odamlarning
hayotini
saqlab qolmasa-da, yangi doriga bo‗lgan ishonch talabni
shakllantiradi. Tibbiy xizmatlar bozori xususiy to‗lov qobiliyatiga
asoslanganligi bois davolanishga muhtoj kishilarning tabaqalanishiga
olib keladi. Kam ta‘minlangan
kishilar, imkoniyati cheklanganlar,
bolalar va keksa kishilar sog‗liqni saqlash xizmatlariga ehtiyojlari yuqori
bo‗lsa-da, ularda xususiy tibbiy sug‗urta yoki tibbiy xizmatlar uchun
bevosita to‗lovlarni amalga oshirish imkoniyati past bo‗ladi.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda ko‗pchilik sog‗liqni
saqlash
ijtimoiy birdamlikning asosi bo‗lib, uni inson huquqlari sifatida ko‗rib
chiqish zarur, deb hisoblashadi. Jamiyatda sog‗liqni saqlash
xizmatlaridan aholining barcha qatlamlari birday foydalanish imkoniyati
yaratilishi zarur.
176
Paul Spicker. Social policy. Электронный ресурс.
http://www.spicker.uk/social-policy/health.htm
.