202
individual ko‗rinishda maslahatlar berish, ish beruvchilar talab etayotgan
yangi ko‗nikmalarga o‗rgatish samarali hisoblanadi
168
.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ijtimoiy ta‘minotga bo‗lgan
ehtiyojlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ishsizlik, ishlab chiqarish jarayonida olingan jarohat, nogironlik,
kasallik, farzand ko‗rishlik natijasida vaqtinchalik yoki to‗liq yo‗qotilgan
daromadlarni qoplashga bo‗lgan ehtiyoj.
2. Daromadlar miqdori kambag‗allik yoki ijtimoiy jihatdan
alohidalashib, ajralib qolishni bartaraf etish uchun ijtimoiy himoyaga
bo‗lgan ehtiyoj.
3. Yuqorida qayd etilgan holatlarda mehnat
qobiliyatini tiklash va
ishga joylashish uchun yordamga bo‗lgan ehtiyoj.
Ijtimoiy himoya doirasidagi siyosat bandlik, mehnat bozori va ish
haqi sohasidagi ma‘lumotlarga asoslanishi lozim. Bu esa milliy ijtimoiy
ta‘minot tizimlari xarajatlarini kamaytirish va samarali ijtimoiy siyosatni
amalga oshirish imkonini beradi.
Sug‗urta badallari va bandlikka asoslangan ijtimoiy ta‘minot
dasturlari ilgari iqtisodiy faol bo‗lgan, ammo o‗z ish o‗rnini vaqtinchalik
yoki umuman yo‗qotgan (ishsizlik nafaqasi), baxtsiz hodisa yoki
kasalligi (ishlab chiqarish jarayonida jarohat olish bo‗yicha nafaqa), ish
turi bilan bog‗liq bo‗lmagan (kasalligi, nogironligi va boquvchisini
yo‗qotganlik bo‗yicha nafaqa) yoki homiladorlik holatlari,
farzand
ko‗rish va oilaviy sharoitlar (homiladorlik va farzand ko‗rish bo‗yicha
nafaqa, ota bo‗lganlik yoki ota-onalar uchun nafaqa, bolalar yoki oilaviy
nafaqalar) tufayli mehnat qobiliyatini yo‗qotgan yoki kasal bo‗lib qolgan
kishilar va ularning qaramog‗idagilarni qamrab oladi.
Ushbu guruhga norasmiy sektorda band bo‗lganlar, rasmiy sektorda
band, ammo past daromadlilar va uzoq muddat ishsiz yurganlar kiradi va
ular odatda, sug‗urta badallariga asoslangan ijtimoiy ta‘minot
dasturlariga kirmay qoladilar. Ular sug‗urta badallari ajratilmaydigan,
pulli yoki natura shaklida ijtimoiy yordam ko‗rsatiladigan dasturlar
orqali qamrab olinishi mumkin. Ishchilarning aksariyat qismi ijtimoiy
sug‗urta dasturlari orqali qamrab olingan mamlakatlarda sug‗urta
badallariga asoslanmagan dasturlar odatda, ijtimoiy sug‗urta bilan
qamrab
olinmagan, uzoq muddat ishsiz yurgan va kam daromadli
ishchilarga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
168
Social Policy an Introduction-Forth edition/ Ken Blakemore, Louis Warwick-Booth/Open University Press/UK
2013.
203
Ba‘zan ushbu dasturlar orqali nafaqa olish huquqiga ega aholi
ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish dasturlari bilan bog‗lanadi. Ularga sog‗liqni
saqlash yoki ta‘lim (asoslangan ijtimoiy to‗lovlar), davlat bandlik
(―bajarilgan ish uchun haq‖) yoki kasbiy ta‘lim va tadbirkorlik sohasini
qo‗llab-quvvatlash dasturlarida qatnashish kabilar kiradi. Mehnatga
layoqatli yoshdagi shaxslar uchun ijtimoiy ta‘minot
sohasida quyidagi
nafaqalar beriladi:
Ishsizlik bo‗yicha nafaqa;
Ishlab chiqarishda jarohat olganlik bo‗yicha nafaqa;
Nogironlik nafaqasi;
Onalikni muhofaza qilish.
Dunyoning aksariyat mamlakatlari yuqorida qayd etilgan holatlar
bo‗yicha keng qamrovli yoki tor yo‗nalishga ega yangi tizimlarni
amaliyotga joriy etishgan yoki ishlab chiqishmoqda. Ko‗pchilik hollarda
milliy ijtimoiy ta‘minot tizimlari sug‗urta badallariga asoslangan va
sug‗urta badallariga asoslanmagan tizimlarni ijtimoiy himoya tizimini
kengaytirish, badallar to‗lash imkoniyatiga ega bo‗lmagan aholi
qatlamlarini qamrab olish maqsadida aralash qo‗llashni ma‘qul
ko‗rishmoqda. Aralash tizimlar milliy
ijtimoiy himoya va ijtimoiy
ta‘minot tizimining minimal darajasini shakllantirishga ko‗maklashadi.
Ishsizlikdan himoyalash tizimi ishlay olishi mumkin bo‗lgan
ishsizlarga muayyan muddat mobaynida daromadlarini qo‗llab-
quvvatlash uchun ko‗mak beradi. Ushbu tizim ishsiz shaxsning
vaqtinchalik ishsiz yurgan davrida muayyan turmush darajasini qo‗llab-
quvvatlash uchun yo‗qotgan daromadini qisman qoplash imkonini
yaratadi. 2008–2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
oqibatlari ishsizlik bo‗yicha beriladigan nafaqa ishsizlarni iqtisodiyotda
sodir bo‗layotgan tarkibiy o‗zgarishlarga moslashtirishda muhim rol
o‗ynashi mumkinligini ko‗rsatdi. Ishsizlik bo‗yicha nafaqa dasturlarining
aksariyat qismi iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‗lganlarni
qamrab oladi.
Iqtisodiyotda norasmiy sektor ulushi yuqori bo‗lgan mamlakatlarda
bandlik sohasi va ijtimoiy himoya tadbirlarini aralash qo‗llashni nazarda
tutuvchi, sug‗urta badallariga asoslanmagan ijtimoiy yordam dasturlari
keng tarqalgan. Ushbu dasturlar bandlikni ta‘minlash
tizimlari, davlat
bandlik dasturlari, yangi kasbiy malakani shakllantirishni qo‗llab-
quvvatlash va ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanish
imkoniyatlarini yaratish dasturlarini qamrab oladi.