216
ulushga ega.
Jumladan, 2018-yilda davlat byudjeti xarajatlarining
56,3%ini ijtimoiy xarajatlar tashkil etganligi
buning yaqqol dalilidir
(7.6.2-rasm).
7.6.2-rasm. Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo„llab-
quvvatlash uchun ajratilayotgan xarajatlar tarkibi, 2018 y.
(jamiga nisbatan foiz hisobida)
185
2018-yilda davlat byudjeti xarajatlar qismining 5,1%i ijtimoiy
nafaqalar, moddiy yordam va pulli to‗lovlardan iborat bo‗ldi.
Ushbu
xarajatlar byudjetdan ajratiladigan jami ijtimoiy xarajatlarning 9%ini
tashkil etdi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq kam ta‘minlangan oilalarga
quyidagi turdagi ijtimoiy nafaqalar to‗lanadi:
Kam daromadli oilalarga har oyda ko‗rsatiladigan
moddiy
yordam;
2 yoshgacha farzandi bor onalarga bola parvarishi uchun oylik
nafaqalar;
14 yoshgacha farzandi bor oilalarga oylik nafaqalar;
tabiiy ofatlardan zarar ko‗rgan oilalarga moddiy yordam.
14 yoshgacha farzandi bor kam ta‘minlangan oilalarga to‗lanadigan oylik
nafaqalar miqdori quyidagicha aniqlanadi:
bitta farzandi bor oilalarga eng kam ish haqi miqdorining 50%i
darajasida;
ikkita farzandi bor oilalarga eng kam ish haqi miqdorining 80%i
darajasida;
uch va undan ko‗p farzandli oilalarga eng kam ish haqi
miqdorining 100%i darajasida.
185
Бюджет для граждан 2018. /Министерство финансов рУз. –Т.: Baktria press, 2018. C. 36.
217
7.6.3-rasm. Davlat byudjetidan aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlash uchun
ajratilayotgan mablag„lar tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida
186
Har oyda to‗lanadigan ijtimoiy
nafaqalar miqdori har yili
indeksatsiya qilinadi. 2018-yil 1-noyabrdan byudjet muassasalari va
tashkilotlari xodimlarining maoshi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar
o‗rtacha 1,1 martaga oshirildi hamda ish
haqining minimal miqdori
202 730 so‗m, yoshga doir pensiya 396 500 so‗m, bolalikdan nogironlik
nafaqasi 396 500 so‗m, tegishli mehnat stajiga ega bo‗lmagan, keksa va
mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun nafaqalar 243 300 so‗m miqdorida
belgilandi
187
.
2017-yilda ijtimoiy ta‘minot (―Muruvvat‖ va ―Saxovat‖ internat
uylari) xarajatlari byudjet xarajatlarining 0,7%ini
tashkil etib uning
tarkibida
protezlashtirish
xarajatlari
3,8%ni,
nogironlar
uchun
xarajatlarni qoplash 11,2%ni, uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishning
hududiy markazlari va bo‗limlarini moliyalashtirish 16,2%ni, ijtimoiy
ta‘minot muassasalarini saqlash 68,8%ni tashkil etdi
188
.
Do'stlaringiz bilan baham: