Ijtimoiy siyosat


-rasm. Ijtimoiy nafaqalarning iste‟mol xarajatlariga nisbati, foiz



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

 
8.2.3-rasm. Ijtimoiy nafaqalarning iste‟mol xarajatlariga nisbati, foiz 
hisobida
195
 
194
http://unicef.uz/en/media-center/news-and-press-releases/3025?INVERT=Y 
195
http://unicef.uz/en/media-center/news-and-press-releases/3025?INVERT=Y 


236 
Mutaxassislar fikricha, O‗zbekistonda amaldagi ijtimoiy himoya 
tizimining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: 

ijtimoiy nafaqalarning ustun darajada kam ta‘minlangan oilalarga 
yo‗naltirilganligi;

ijtimoiy nafaqalarning daromadlar tengsizligi va kambag‗allik 
darajasiga ta‘sirining kuchliligi. 
Ijtimoiy himoya tizimining kuchsiz tomonlari esa quyidagilardan 
iborat: 

qamrov darajasining pastligi;

nafaqalar miqdorining kamligi; 

aksariyat kam ta‘minlangan oilalarning nafaqa olmasligi; 

nafaqalarni tayinlash jarayonining murakkabligi; 

moliyalashtirish manbalarining yetishmasligi. 
Fikrimizcha, 
mamlakatimiz 
ijtimiy-iqtisodiy 
tizimini 
modernizatsiyalash jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida aholini 
ijtimoiy himoya qilishning manzilliligini kuchaytirish yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat bo‗lishi lozim:

ijtimoiy himoyaning umumiy tamoyillaridan aholining turli 
ijtimoiy guruhlariga nisbatan tabaqalashgan yondashuvga asoslangan 
tamoyillarga o‗tishini jadallashtirish; 

aholi turmush darajasini oshirishda shaxsiy daromadlar rolini 
oshirish; 

ijtimoiy himoya va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash tizimining 
resurs bazasi barqarorligini ta‘minlash;

ijtimoiy kafolatlar tizimining egiluvchanligini ta‘minlash;

aholini ijtimoiy himoya qilish bo‗yicha choralar tizimi 
samaradorligini oshirish;

ijtimoiy himoyada jamoat tashkilotlari va xayriya fondlarining 
ishtirokini faollashtirish;

ijtimoiy himoyaga yo‗naltirilgan mablag‗lardan foydalanishda 
oilaning rolini oshirish;

ijtimoiy himoyaning manzilliligini kuchaytirish;

aholini ijtimoiy himoyalashni tashkil etishda mahallalarning o‗rni 
va ma‘suliyatini oshirish. 
O‗zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimini qisqa va o‗rta 
istiqbolda yanada takomillashtirish quyidagi ijtimoiy-demografik va 
iqtisodiy jarayonlar bilan bog‗liq holda amalga oshirilishi zarur bo‗ladi: 


237 

demografik yuklama koeffitsiyentining yuqoriligi. Mamlakatda 
tug‗ilish koeffitsiyentining pasayishiga qaramasdan, aholi tarkibida 
bolalar ulushi yuqoriligicha qolmoqda (2017-yil - 28,3%). Ushbu omil 
bolalar uchun sarflanayotgan xarajatlarning yuqori bo‗lishi va tegishlicha 
bolalar nafaqasiga bo‗lgan talabning ortishiga olib keladi; 

mamlakatning 
ayrim 
mintaqalarida 
ekologik 
vaziyatning 
yomonlashuvi aholi o‗rtasida nogironlar sonining ortishiga olib kelishi 
mumkin;

aksariyat korxonalarda mablag‗lar yetishmasligi bois mehnat 
muhofazasi darajasi pasayib bormoqda. Ushbu holat kasb kasalliklari va 
ishlab chiqarishda mayiblanish darajasining ortishiga olib kelmoqda. 
Nogironlar sonining kamayib borishiga qaramasdan istiqbolda nogironlik 
darajasi yuqoriligicha qolishi kutilmoqda;

korxonalarni tarkibiy qayta qurish jarayonlari ortiqcha ishchi 
kuchining ozod qilinishiga olib keladi va ijtimoiy himoyalanmaganlik 
muammosini chuqurlashtiradi;

mamlakat mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan notekis 
rivojlanishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanish imkoniyatlari 
cheklangan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanmagan 
(tog‗li va olis) hududlarning mavjudligi ushbu mintaqalar aholisini 
ijtimoiy yordamga bog‗liq etib qo‗yadi;

ijtimoiy xodimlarni tayyorlash tizimining yetarli darajada 
rivojlanmaganligi (ayrim hisob-kitoblar bo‗yicha soha uchun 1,5 ming 
qo‗shimcha mutaxassis zarur). Ijtimoiy soha xodimlarining oliy va o‗rta 
maxsus ta‘lim muassasalarida professional kasbiy tayyorgarligini tashkil 
etish dolzarb vazifa hisoblanadi.
O‗zbekistonda kam ta‘minlangan aholini ijtimoiy himoyalashning 
manzilliligini kuchaytirishga amaldagi imtiyoz va nafaqalar tizimini 
tartibga solish, manzilli xarakterga ega bo‗lmagan imtiyozlarni keskin 
qisqartirish, natura shaklida taqdim etilayotgan imtiyozlarning bir 
qismini bekor qilish, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash 
uslubiyotini dehqon xo‗jaligini yuritish, tadbirkorlik faoliyati va 
norasmiy sektordagi faoliyatdan olayotgan daromadlarga nisbatan 
qo‗llanilayotgan 
me‘yorlarga 
aniqlashtirishlar 
kiritish 
orqali 
takomillashtirish, faqat bir mezon (masalan, daromadlar bo‗yicha 
ehtiyoj) belgilanayotgan ijtimoiy yordam turlarini birxillashtirish kabi 
tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumikn. 


238 
Fikrimizcha, mamlakatimizda kam ta‘minlangan aholini ijtimoiy 
himoya qilish darajasini oshirishga quyidagilar hisobidan erishish 
mumkin:

aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini moliyalashtirish uchun 
byudjetdan tashqari manbalarni, jumladan xayriya tashkilotlari va 
homiylar mablag‗larini jalb etish. Bu kam ta‘minlangan oilalarni ijtimoiy 
himoya bilan qamrab olish darajasini oshirish va to‗lovlar miqdorini 
oshirish imkonini beradi;

ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni moliyalashtirishda manzilli 
yo‗naltirilmagan ayrim nafaqa turlari va imtiyozlarni qisqartirish evaziga 
tejalgan mablag‗larni yo‗naltirish;

minimal ijtimoiy standartlarni (jumladan, mintaqaviy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda) hisobga olish uslubiyatini takomillashtirish. 
Amaliyotga yashash minimumining ijtimoiy standartlarini joriy etish;

kam ta‘minlangan oilalarga uy-joy kommunal to‗lovlarni maqsadli 
va manzilli subsidiyalashni joriy etish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, avvalo kam ta‘minlangan oilalarga 
kreditlar ajratayotgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish; 

kam ta‘minlangan oilalarga nafaqalar tayinlash mezonlari va 
muddatini qayta ko‗rib chiqish. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish