Ijtimoiy siyosat


 Aholini ijtimoiy himoyalashning tamoyillari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

8.3. Aholini ijtimoiy himoyalashning tamoyillari 
Milliy ijtimoiy himoya tizimlari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy rivojlanishining o‗ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
shakllanadi. Shu bilan birgalikda, rivojlanish yo‗llari va tashkil etish 
xususiyatlari, xizmatlarning sifati va hajmi, moliyalashtirish usullaridagi 
farqlarga qaramasdan hamma ijtimoiy himoya tizimlari yagona 
tamoyillar asosida faoliyat yuritadi. Ijtimoiy himoya tamoyillarini ikkiga 
bo‗lish mumkin. 
Birinchi guruhga ijtimoiy himoya tizimining fundamental asoslarini 
belgilovchi tamoyillar kiradi: 
1.
Sug‗urtalash tamoyili (ijtimoiy sug‗urta). Ushbu tamoyilga 
muvofiq ko‗rsatilayotgan xizmatlarni moliyalashtirish sug‗urta uning 
a‘zolari badallari hisobidan amalga oshirilib, sug‗urta hodisasi sodir 
bo‗lganda individual badallar miqdoridan kelib chiqqan holda ijtimoiy 
xizmatlar ko‗rsatiladi (ekvivalentlik tamoyili). Sug‗urta jamg‗armasiga 
ish haqining ma‘lum qismini badal ko‗rinishida kiritib sug‗urtalanganlar 
daromadini yo‗qotgan holda avvalgi ish haqining miqdoridan kelib 


239 
chiqib moliyaviy qoplash huquqiga ega bo‗ladi. Ekvivalentlik qoidasidan 
tashqari sug‗urta tamoyili birdamlik va qayta taqsimlanish elementlarini 
o‗z tarkibiga oladi. Shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy sug‗urta o‗rtasidagi 
farqlar sug‗urtalash tamoyili harakatiga ma‘lum o‗zgarishlar kiritadi. 
Shaxsiy sug‗urtalashda sug‗urta badallari har bir sug‗urtalangan kishiga 
riskni kirib kelish ehtimoli bilan bog‗liq holda hisoblanadi, sug‗urta 
to‗lovlari esa individual ekvivalentlik tamoyiliga muvofiq sug‗urta 
badallari hajmiga bog‗liq bo‗ladi. Ijtimoiy sug‗urtalash asosida 
individual sug‗urtalashning modifikatsiyalashgan tamoyili yotadi, ya‘ni 
ijtimoiy sug‗urta badallari har bir sug‗urtalanuvchi (yoshi yoki oilaviy 
holatiga bog‗liq emas) risk ehtimolidan kelib chiqib hisoblanmaydi. 
Ijtimoiy sug‗urta shaxsiy sug‗urtadan farqli ravishda avval to‗langan 
badallar bilan bevosita bog‗liq emas. Ijtimoiy sug‗urtaning ijtimoiy 
ahamiyatga egaligi ijtimoiy himoya tizimida majburiy ishtirokni taqozo 
etadi. Ijtimoiy sug‗urtaning muhim farqli jihati birdamlik kafolati orqali 
moliya jihatdan kam ta‘minlangan aholi foydasiga qayta taqsimlaydi. 
Ijtimoiy sug‗urtani moliyalashtirish ish beruvchilar va ishchilar badallari 
bilan birgalikda davlatning dotatsiyalari yoki kreditlari hisobidan amalga 
oshiriladi. Ijtimoiy sug‗urtalash tamoyili Germaniya, Fransiya, Italiya, 
Avstriya ijtimoiy himoya tizimida uch tomonlama, ishchilar, ish 
beruvchilar va davlat (Germaniya, Avstriya) yoki ustun darajada ish 
beruvchilar va davlat hisobidan (Fransiya, Italiya) moliyalashtiriladi.
2.
Ta‘minlash ta‘moyili. Ta‘minlash tamoyilida ijtimoiy xizmatlar 
davlat xizmatchilari va urush qurbonlari asosida byudjetni soliq 
tushumlari hisobidan moliyalashtiradi. Ushbu tamoyil asosida davlatning 
ijtimoiy siyosat dasturlari, o‗rta va oliy ta‘lim tizimi moliyalashtiriladi. 
Ushbu ijtimoiy xizmat oluvchilar odatda badallar to‗lamaydilar va ushbu 
huquqni davlatga ko‗rsatgan alohida xizmatlari uchun oladilar (davlat 
xizmatchilari). 
Byudjet 
mablag‗lari hisobidan 
moliyalashtirish 
iqtisodiyotning samaradorligi va byudjetning holatiga bevosita bog‗liq 
bo‗lib, davlat moliyasiga qo‗shimcha yuk bo‗ladi hamda sug‗urtalash 
tamoyilini qo‗llab bo‗lmaydigan risklarga nisbatan kafolat qo‗llanila 
olmaydigan 
holatlarda 
foydalaniladi. 
Ta‘minlash 
tamoyili 
unifikatsiyalashgan baza ijtimoiy xizmatlari mavjud bo‗lgan ijtimoiy 
himoya tizimlarida yetakchi bo‗ladi va davlatning barcha fuqorolari 
tomonidan foydalaniladi. Ushbu tizimlar Skandinaviya mamlakatlari va 
Buyuk Britaniyada amal qiladi. 
3.
Birgalikda amal qilish tamoyili. Ushbu tamoyilga muvofiq 
ijtimoiy xizmatdan kambag‗allik holatidan mustaqil chiqa olmaydigan 


240 
har bir muhtoj shaxs foydalanishi mumkin. Mazkur tamoyil ijtimoiy 
ehtiyojni umumiy soliqlar hisobidan qondira olishni ko‗zda tutadi va 
davlat byudjeti holatiga bog‗liq bo‗ladi. Ijtimoiy dasturlarni birgalikda 
amal qilish xususiyati shundaki har bir benefitsiarni muhtojlik holatini 
tekshirish zarur bo‗ladi.
Ijtimoiy davlatning markaziy elementi hisoblangan ijtimoiy himoya 
tizimida har bir tamoyillarning ayrim tizimlarda tutgan o‗rni turlicha 
bo‗ladi. Jumladan, sug‗urta tamoyiliga bozorga yo‗naltirilgan liberal 
bozor iqtisodiyoti hukmron bo‗lgan mamlakatlarda ko‗proq ustuvorlik 
beriladi. Aksariyat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‗urta tamoyili 
hukmron hisoblanadi. Shuningdek, ko‗plab Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimi aralash tamoyillarga asoslangan 
holda faoliyat ko‗rsatadi.
4.
Ijtimoiy himoya tizimiining muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy 
birdamlik hisoblanadi va u ijtimoiy himoya tizimining barcha 
qatnashchilari uchun o‗zaro yordamni ko‗zda tutadi. Ushbu tamoyilning 
uch elementini farqlash lozim. Birinchi element ijtimoiy birdamlik bir xil 
badallar to‗lagan holda turli risklarni birlashtirishni ko‗zda tutadi. 
Ikkinchi element ijtimoiy birdamlik intertemporal qayta taqsimlash 
modeli, ya‘ni ijtimoiy himoya tizimi qatnashchilari hisoblangan yosh 
mehnatga layoqatli aholi qatlamidan mehnat qobiliyatiga ega bo‗lmagan 
qariyalarga qayta taqsimlash uchun zarur bo‗lgan avlodlar shartnomasi 
bilan bog‗liq. Uchinchi element uni interpersonal qayta taqsimlashning 
asosi hisoblanadi. 
Quyidagilar manzilli ijtimoiy himoyaning vazifalari hisoblanadi:
- jamiyatda adolatli aloqalar rivojlanishini qo‗llab-quvvatlash, 
ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
- farovon yashash tarzini oshirish;
- o‗ziga xos daromadlar siyosati olib borish.
Ijtimoiy himoyaning tamoyillari: 
1.
Ijtimoiy sug‗urta 
2.
Ijtimoiy ta‘minot 
3.
Ijtimoiy birdamlik 
4.
Ijtimoiy yordam 
Aholining kam ta‘minlangan qismi deyilganda eng kam zarur 
bo‗lgan iste‘mol andozalariga ega bo‗lmagan jamiyat a‘zolari 
tushuniladi. Kam ta‘minlanganlik daromadlarning kundalik hayot 
kechirishning eng kam byudjetidan ortishi, biroq eng kam iste‘mol 
byudjetiga yetmasligi holatini ifodalaydi. 


241 
Aholini ijtimoiy himoyalashning manzilligini kuchaytirishda 
ushbu mamlakatda yashovchi aholini guruhlashtirish katta ahamiyat kasb 
etadi. Ba‘zi toifadagi ishchilarning nisbatan past darajada ish haqi olishi, 
oila qaramog‗ida kam daromadli yoki umuman daromad olmaydigan 
qismining mavjudligi aholi alohida olingan guruhlarining kam 
ta‘minlanganligini keltirib chiqaradi.
Kam ta‘minlangan aholi mavjudligi – o‗tkir ijtimoiy muammo 
bo‗lib, hamma mamlakatlar uchun xosdir. Bu esa doimo davlat tarafidan 
mazkur muammoga e‘tibor berilishini va jamiyat tomonidan zudlik bilan 
chora-tadbirlar ko‗rilishini talab qiladi.
Iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasiga erishish barcha 
sivilizatsiyalashgan davlat oldida muhim vazifa sifatida aholining 
ijtimoiy guruhlarini, jumladan, past darajadagi moddiy ta‘minlanganlarni 
himoyalashni o‗z oldiga qo‗yadi.
Bunday aholi guruhlarining mavjudligi, bir tomondan ijtimoiy-
siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‗lsa, boshqa tarafdan ushbu masalaga 
doimo e‘tibor berish va faol g‗amxo‗rlik qilish insonparvar jamiyat 
ekanligidan darak beradi.
196

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish