Ijtimoiy siyosat


 Keksalarni ijtimoiy himoyalash



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

8.5. Keksalarni ijtimoiy himoyalash 
Hayot farovonligi va sog‗liqni saqlash tizimini rivojlanishi bilan 
birga odamni umr ko‗rish davomiyligi ham uzayib bormoqda. 
Aholini 
qarish 
jarayoni 
rivojlangan 
va 
rivojlaniyotgan 
mamlakatlarda tabiiy jarayon hisoblanadi. Umr ko‗rish davomiyligi 
erkaklarga nisbatan ayollarda ko‗proq qashshoqlikda yashash riski
yuqori bo‗ladi. Keksa yoshdagi fuqarolar ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy 
xizmatlarning asosiy iste‘molchilari hisoblanadi. 
Keksalar va nogironlar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish quyidagi 
shakllarda amalga oshiriladi: yashash joylarida ijtimoiy ko‗maklashish 
xizmatlari va maslahat xizmatlari; xonadon ishlariga qarashish 
xizmatlari; kunduzi va qisqa vaqt bo‗linadigan muassasalardagi 
xizmatlar; internat muassasalaridagi xizmatlar. 
Keksalarni ijtimoiy himoyalashning asosiy g‗oyalari quyidagilardan 
iborat: 

Keksalikda daromadlarni kafolatlash jahonning ko‗pgina inson 
huquqlarini himoya qilish tashkilotlarining hujjatlarida va xalqaro 
mehnat normalari bilan har bir shaxsni keksalik chog‗ida daromadlar 
bilan ta‘minlashni ko‗zda tutuvchi me‘yoriy hujjatlarda mavjud. 

Keksalarning daromadlarini kafolatlash ularning sog‗ligini saqlash 
va dori-darmonlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirilishini ta‘minlashdir. 

Daromadlarni kafolatlash esa, o‗z navbatida har bir mamlakat o‗z 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib pensiya islohotlarini 
olib borish lozim. 


248 
Davlatning ijtimoiy va pensiya ta‘minoti keksalarni munosib 
turmush tarzini kechirish uchun asosiy manba bo‗lib hisoblanadi. 
Umuman jahonda pensiya ta‘minoti manbai:
1.
Fuqarolarning daromadlaridan pensiya jamg‗armasiga ajratgan 
sug‗urta badallari hisobidan; 
2.
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan keksalik bo‗yicha 
pensiyalardir. Bular: 

Ma‘lum bir yoshga yetganlar, fuqaroligi bo‗lgan shaxslarni 
qamrab oluvchi tizim; 

Pensiyani hisobga olgan holda yoki moddiy tomondan qanday 
ta‘minlanganligini hisobga olgan holda ta‘minot. 
O‗zbekiston Republikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan 
―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‗g‗risi‖gi Qonuniga muvofiq: 

yoshga doir pensiya; 

nogironlik pensiyasi; 

boquvchini yo‗qotganlik pensiyalari mavjud. 
Pensiya ta‘minoti aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Pensiya ta‘minoti tizimi mehnatga layoqatsiz 
va kam ta‘minlangan fuqarolarning turmush darajasini ta‘minlash va 
qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va 
tashkiliy xarakterga ega bo‗lgan chora-tadbirlar kompleksini amalga 
oshirilishini nazarda tutadi. Pensiya ta‘minoti aholining faol mehnat 
qilish qobiliyatiga ega va o‗zining qarilik yoshi tufayli ishlay 
olmaydigan, biroq avval pensiya yoshidagi kishilarni sug‗urta badalini 
to‗lash orqali moddiy qo‗llab-quvvatlab turgan kishilar o‗rtasidagi 
ijtimoiy shartnomaga asoslangan. Pensiya tizimi jamiyatda quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: birinchidan, qarilik davrida kambag‗allikdan 
himoya qiladi; ikkinchidan, mehnat faoliyati yakunida kafolatlangan 
daromad olish imkonini beradi va uning hajmi olgan ish haqi miqdoriga 
mutanosib ravishda ma‘lum summani tashkil etadi. uchinchidan, ushbu 
daromadni inflyatsiya tufayli real turmush darajasini pasayib ketishidan 
himoya qiladi; to‗rtinchidan, jamiyatda YaIMni aholining turli ijtimoiy 
guruhlari o‗rtasidagi ijtimoiy keskinlikni oldini olib daromadlarni 
adolatli taqsimlash imkonini beradi; beshinchidan, iqtisodiy vazifani 
jamiyatdagi aholini turli ijtimoiy guruhlarini boylar – kambag‗allar, 
bandlar – ishsizlar kabi sinflarga ajralishi, tabaqalanishi jarayonlarini 
sekinlashtiradi; oltinchidan, makroiqtisodiy vazifani mamlakatdagi 
ijtimoiy muhitni yaxshilash va iqtisodiy rivojlanishning barqarorligiga 
erishilishini ta‘minlaydi. 


249 
Nuroniy qariyalar, nogironligi bo‗lgan shaxslar, boquvchisini 
yo‗qotgan oilalar uchun Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‗armasining hududiy tuman (shahar) bo‗limlari tomonidan 
O‗zbekiston Respublikasi ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti 
to‗g‗risida‖ qonuniga muvofiq pensiyalar hamda O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son 
qaroriga asosan ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi va to‗lash uchun 
mablag‗lar bilan moliyalashtiriladi. 
2019-yilning 1-aprel holatiga pensiya va ijtimoiy nafaqa 
oluvchilarning umumiy soni 3 542 463 nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 
10,7% tashkil qildi. Ushbu ko‗rsatkich, Toshkent shahrida 13,5%, 
Navoiy viloyatida 11,9%, Toshkent viloyatida 11,7%, Buxoro viloyatida 
11,4%, Farg‗ona viloyatida 11,1%, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 
10,8%, Xorazm viloyatida 10,7%, Qoraqalpog‗iston Respublikasida 
10,4%, Namangan viloyatida 10,0%, Samarqand viloyatida 9,9%, 
Qashqadaryo viloyatida 9,5%, Surxondaryo viloyatida 9,3% va Jizzax 
viloyatida 8,9%. 
3 542 463 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilardan: 
• yoshga doir pensiya oluvchilar - 2 656 396 nafar (74,9%)ni; 
• nogironlik pensiyasi oluvchilar - 374 999 nafar (10,6%)ni; 
• boquvchisini yo‗qotganlik pensiya oluvchi oilalar - 175 907 ta 
(4,9%)ni; 
• ijtimoiy nafaqa oluvchilar - 335 161 nafar (9,6%)ni tashkil qildi. 
O‗zbekistonda 2019-yilning 1-aprel holatiga, Tibbiy-mehnat 
ekspertiza 
komissiyalarining 
(TMEK) 
nogironlik 
belgilangani 
to‗g‗risidagi tibbiy ma‘lumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan 
nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 658 
747 nafarni tashkil qildi. 
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‗lgandan so‗ng mavjud 
qonunchilikka muvofiq 3 oy mobaynida pensiya tayinlanishini so‗rab 
murojaat etishlari mumkin. 
Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‗lgan 
fuqarolarga ularning o‗zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. 
Pensiyalarni tayinlash ―Davlat pensiyalarini tayinlash va to‗lash 
tartibi to‗g‗risida‖gi Nizom asosida amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, yoshga 
doir pensiya olish huquqiga: 
- erkaklar mehnat stajlari kamida 25 yil bo‗lgan taqdirda va 60 
yoshga to‗lganda; 


250 
- ayollar mehnat stajlari kamida 20 yil bo‗lgan taqdirda va 55 
yoshga to‗lganda olish huquqiga ega bo‗ladilar.
203
Davlatning ijtimoiy nafaqalari bilan ta‘minlash: 

65 yoshga to‗lgan erkaklar; 

60 yoshga to‗lgan ayollar. 
Keksalarni munosib hayot kechirishlarini ta‘minlash uchun pensiya 
va nafaqa miqdorini o‗rtacha ish haqiga nisbatan kamida 40% ni 
belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga demografik 
omillar, jumladan bog‗liqlik koffitsenti, ya‘ni mehnatga layoqatli aholini 
60 yoshdan oshgan aholi soniga nisbati 4:1 bo‗lishi maqsadga muvofiq. 
Ushu muammo G‗arbiy Yevropa mamlakatlariga xos bo‗lib, 1946-
1954-yillarda tug‗ilishning ortishi, hozirda ushbu yillarda tug‗ilgan 
aholining pensiyaga chiqishi, tug‗ilishning kamayishi, ―Pay As You 
Earn‖ shaklidagi pensiya tizimlari davlatning maqsadli fondlaridan
moliyalashtirilishi soliqlarni oshirilishiga olib kelishi mumkinligini 
ko‗rsatmoqda
204
Bu esa har bir mamlakatning pensiya tizimi islohotlarini o‗z vaqtida 
olib borishini talab etadi. XXI asrning boshlarida jahonda birdamlik va 
jamg‗arilish tizimiga asoslangan pensiya tizimlari amal qilmoqda. 
Birdamlik pensiya tizimi avlodlar, ish beruvchi va ishchilar birdamligiga 
asoslangan va birdamlik tamoyili asosida moliyalashtiriladi. XX asrning 
70 yillariga kelib birdamlik tamoiyliga asoslangan pensiya tizimida 
pensiya fondlarining moliyaviy beqarorligi kuchayib, pensiya fondiga 
to‗lanadigan to‗lovlar stavkasini oshirish ehtiyoji kuchayib, byudjetdan 
transfertlar ajratish zaruriyati vujudga keldi.
O‗zbekistonda pensiya jamg‗armasining daromadlari va xarajatlari 
o‗rtasidagi mavjud va yaqin kelajakda kutilayotgan nomutanosiblik 
quyidagi omillar ta‘sirida sodir bo‗lmoqda: 

demografik o‗zgarishlarning (aholi qarish global muammosi) ta‘siri 
tufayli pensiya jamg‗armasi xarajatlarining ko‗payishi; 

2018 yilda pensiya yoshidagi aholining ulushi 10,2%ni tashkil 
etgan holda 2027 yilda 12%ga yetishi kutilmoqda. Ushbu holat 
mamlakatdagi pensiyaga chiqish yoshini hozirgi o‗rtacha 57,5 yoshdan 
dunyodagi o‗rtacha pensiya yoshiga 62 yoshga oshirishni taqozo 
etmoqda; 
203
Oʻzbekiston Republikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti 
toʻgʻrisi"gi Qonuning 7 - moddasi.. 
204
―Social Policy‖. P.340 


251 

ijtimoiy sug‗urta tizimini moliyalashtirishda aholining mutanosib 
ishtirokini ta‘minlash zaruriyati. Fuqorolarning ijtimoiy sug‗urta 
tizimidagi ishtiroki 62% bo‗lib, taxminan 10,2 mln. kishi davlat ijtimoiy 
sug‗urtasi bilan qamrab olinmagan. Xalqaro mehnat tashkiloti talablariga 
muvofiq fuqorolar pensiya ta‘minoti tizimi barqaror rivojlanishi uchun 
badal to‗lovchilar sonining pensiya oluvchilar soniga nisbati 4:1 nisbatda 
bo‗lishi kerak, mamlakatimizda esa ushbu nisbat amalda 1,5:1ga teng; 

moliyaviy mablag‗larni taqsimlashdagi samarasiz instrumentlar va 
ijtimoiy sug‗urtadagi rag‗batlantiruvchi mexanizmlarning zaifligi. Jami 
tayinlangan pensiyalar tarkibida imtiyozli shartlarda tayinlangan 
pensiyalar ulushi 19,5 foizni tashkil etmoqda. Ushbu holat pensiya 
miqdori va xodimning sug‗urta staji o‗rtaisdagi bog‗liqlikni 
susaytirmoqda. Amaldagi pensiya ta‘minoti tizimi, 7 yildan kam 
bo‗lmagan stajga ega bo‗lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda 
tutadi. Хalqaro mehnat tashkilotining ―Ijtimoiy ta‘minotning minimal 
me‘yorlari to‗g‗risida‖gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiq, yoshga doir 
pensiyani tayinlash uchun talab etiladigan eng kam ish staji 15 yil qilib 
belgilangan. Dunyoning ko‗plab davlatlari, shu jumladan MDH 
davlatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yil darajasiga 
yetkazilgan. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan barcha holatlar aholini ijtimoiy himoya 
qilish tizimining pensiya ta‘minotini isloh etishni taqozo etmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi 
―Fuqarolarning pensiya ta‘minoti tizimi samaradorligini oshirish va 
pensionerlarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF-5597-son Farmoniga 
muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab ishlayotgan 118 000 pensionerlar 
pensiyalarni to‗liq hajmda olmoqdalar. Pensiya ta‘minoti tizimida 
ijtimoiy adolatni ta‘minlash uchun ish haqi, mehnat stajlari bilan pensiya 
to‗lovlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni kuchaytirish, yuqori ish haqi olgan 
pensionerlarni munosib pensiya to‗lovlari bilan ta‘minlash maqsadida 
pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng 
kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‗n barobariga oshirildi. 
Natijada jami 519 ming nafardan ortiqroq pensionerlarning pensiya 
miqdorlari o‗rtacha 65 ming so‗mdan 263 ming so‗mgacha ko‗paydi. 
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 
2019-yilda Davlat pensiya ta‘minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi 


252 
loyihasi ishlab chiqildi, hozirda muhokama qilinib yil oxiriga qadar 
qabul qilinishi lozim.
Ushbu konsepsiya jahon amaliyotida sinalgan samarali faoliyat 
yurituvchi davlat pensiya tizimlariga qo‗yiladigan quyidagi xalqaro 
talablarga javob berishi lozim: 

majburiy ishtirok- pensiya tizimi majburiy to‗lovlar hisobiga 
shakllanadi; 

moliyaviy barqarorlik – pensiya fondiga to‗lanadigan badallar 
to‗lanadigan pensiyalar summasini to‗liq qoplashi kerak; 

samarali pensiya ta‘minotining muhim belgisi ushbu tizim pensiya 
miqdori, pensionerlarning qarilik davrida munosib turmush darajasini 
ta‘minlashi lozim. Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga ko‗ra kishilar 
normal yashashlari uchun oladigan o‗rtacha oylik ish haqi 4,5 barobar 
yashash minimumi ekvivalentidan, o‗rtacha pensiya miqdori 2,5-3 
barobar, minimal pensiya miqdori 2 barobar yashash minimumi 
ekvivalentidan kam bo‗lmasligi zarur; 

pensiya bilan ta‘minlanganlik – pensiya olish huquqiga to‗langan 
badallar hisobiga erishiladi va uning qiymati pensiya fondiga 
to‗lanadigan badallar qiymati va to‗lovlar davomiyligiga bog‗liq bo‗ladi; 

pensiya tizimi barqarorligini muntazam baholash amaliyotini 
qo‗llash; 

mamlakatimiz pensiya tizimida ―tuzilmaviy‖ islohotlarni amalga 
oshirish orqali ―birdamlik‖ pensiya tizimidan bosqichma-bosqich aralash 
pensiya tizimiga o‗tish siyosatini izchillik bilan amalga oshirish zarur. 
Qarilikni sug‗urtalash tizimini modernizatsiyalashning ustuvor 
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat bo‗lishi lozim: soliqlar yukini 
pasaytirish orqali yashirin iqtisodiyotda band aholining iqtisodiy 
faoliyatini legallashtirish yordamida pensiya tizimi bilan qamrab olishni 
kengaytirish, badallar stavkasini ish beruvchidan yollanma ishchilar 
hisobiga o‗zgartirish, badal undirish bazasi va pensiyalarni hisoblash 
formulasiga o‗zgartirishlar kiritish, pensiyalarni indeksatsiyalashda 
minimal ish haqining oshirilishiga asoslanmasdan iste‘mol tovarlari va 
xizmatlar narxining o‗zgarishini hisobga olish. 
Umumjahon Banki guruhi tavsiyasiga ko‗ra pensiya tizimi ko‗p 
darajali va quyidagi tarkibda bo‗lishi lozim: 

minimal pensiya kafolatlangan majburiy birdamlik tizimi; 

badallar hisobiga ortishi kafolatlangan majburiy jamg‗ariladigan 
pensiya tizimi; 


253 

shaxsiy qo‗shimcha jamg‗armalar hisobiga pensiya qiymatining 
o‗sishini ta‘minlovchi ixtiyoriy jamg‗ariladigan pensiya tizimi. 
Eng kam ish haqi doimiy siyosiy tortishuvlar markazida bo‗lib 
qolmoqda. Eng kam ish haqini oshirish tarafdorlari kam ta‘minlangan 
oilalarning daromadlarini oshiruvchi vosita deb qaraydilar.
205
Eng kam 
daromad past darajadagi yashash minimumi darajasini ta‘minlab beradi.
Eng kam ish haqi darajasini oshirishga qarshi chiquvchilar esa, bu 
kam ta‘minlangan aholini qo‗llab-quvvatlashning eng maqbul yo‗li 
emas, deb hisoblaydilar va ushbu holatning sabablari sifatida quyidagilar 
ko‗rsatiladi:
1) ish haqi darajasining oshishi ishsizlikka olib keladi;
2) aksariyat holatlarda ijtimoiy yordam aholining muhtoj 
qatlamlariga borib yetmaydi.
Kam ta‘minlangan aholi uchun minimal ish haqi to‗g‗risida qabul 
qilingan qonun va uni iste‘mol mahsulotlari narxlari indeksi oshishiga 
ko‗ra indeksatsiya qilinishi qalqon sifatida qaralishi mumkin. Misol 
uchun Italiyada indeksatsiya iste‘mol narxlari indeksi 1 foizga oshganda, 
Daniyada uch foizga, Belgiyada ikki foizga, Lyuksemburgda ikki yarim 
foizga oshganida indeksatsiya qilinadi. AQSh, Kanada, Fransiya, 
Shveysariya kabi mamlakatlarda esa indeksatsiya barcha aholiga 
nisbatan emas, balki yollanma ishchilarning bir qismini o‗z ichiga oladi.
O‗zbekiston Respublikasida iste‘mol narxlari indeksi oshganda 
indeksatsiya amalga oshiriladi. Bu o‗z navbatida eng kam ish haqini 
davlat tomonidan tartibga solinishini taqozo etadi. Rivojlangan 
mamlakatlardan farqli ravishda mamlakatimizda iste‘mol narxlari 
indeksi necha foizga oshganida indeksatsiya amalga oshirilishining 
huquqiy asoslari belgilanmagan. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish