258
bo‗yicha hunarmandchilik faoliyati uchun mashina va asbob-
uskunalarni sotib olish, shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish,
turar joylarni ta‘mirlash maqsadlari uchun mikrokreditlar berish;
-
og‗ir uy-joy va maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini
yo‗qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga uy-joyi
sharoitini yaxshilash uchun har bir tuman va shaharda o‗rta hisobda 2
va 5 oilaga 2017–2018-yillarda arzon uy-joylarni 10
yil mobaynida
davlat ixtiyoriga o‗tkazish huquqisiz olish, mashina texnika yoki bir
boshdan qoramol xarid qilish, og‗ir kasalliklar mavjud bo‗lgan
vaziyatda tibbiy xizmatlar haqini to‗lash uchun har bir tuman va
shaharda o‗rtacha hisobda 6 tagacha oilalarga beg‗araz yordam
ko‗rsatish;
- mamlakatnning
barcha mintaqalarida, jumladan, qishloq va olis
tumanlardagi band bo‗lmagan fuqarolarni mahallalarni obodonlashtirish,
ariqlarni, irrigatsiya shaxobchalarini tozalash, uy-joylarni ta‘mirlash,
infratuzilmani
yaxshilash, yo‗llar va ko‗chalarni ta‘mirlash bo‗yicha
jamoat ishlariga, qishloq xo‗jalik ishlariga jalb etish ta‘minlanadi.
Jamoat ishlariga jalb etilayotgan jismoniy shaxslar daromad solig‗idan
ozod etiladi va yagona ijtimoiy to‗lovga tortilmaydi. Yuqorida qayd
etilgan holatlar aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligini
kuchaytirishning huquqiy-institutsional asoslarini
takomillashtirish
imkonini beradi.
Shu o‗rinda davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirishga
ajratilayotgan xarajatlarning o‗sish tendensiyasiga ega ekanligini
ko‗rishimiz mumkin (8.6.2-jadval).
O‗zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 2017–2021-yillarga
mo‗ljallangan harakat dasturiga muvofiq aholining ijtimoiy jihatdan
muhtoj qatlamlarini aniqlash uslubiyoti va aholini ijtimoiy himoya qilish
tizimining manzilliligini kuchaytirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni
amalga oshirilishi, aksariyat ta‘lim va sog‗liqni saqlash sohalari
tashkilotlari
moddiy-texnik
ta‘minotini
mustahkamlash
davlat
dasturlarini amalga oshirilganligi, qishloq
joylarda yakka tartibda uy-
joylarni qurish dasturi va ―obod tuman‖ maqsadli davlat dasturlarining
amalga oshirilishi munosabati bilan davlat byudjetining ijtimoiy sohaga
yo‗naltirilayotgan xarajatlar miqyosi kamaydi, jumladan, tarkibida juz‘iy
o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining
ijtimoiy sohaga xarajatlarining YaIMdagi
ulushi xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan andozalar, standartlar talabiga
javob berishi lozim (8.6.3-jadval).