269
YAIMning 20 foizini ijtimoiy himoyaga sarfladi va o‗sha davrga qadar
hech bir davlat bunday yuqori ko‗rsatkichga ega emas edi. Yevropa
Ittifoqiga a‘zo mamlakatlarning boshqa mamlakatlardan farqli o‗laroq
ijtimoiy ta‘minotda ko‗p mablag‗ ajratishini qanday baholash mumkin?
IHTT davlatlari turli xatarlarga (ishsizlik, kasallik va x.k.) duch
kelganda daromadlar darajasi va oilaviy yo‗qotishlar bo‗yicha hisob-
kitoblar olib boradi. 2005-yilda Yevropa Ittifoqining ko‗plab davlatlarida
daromadlarning 90 foizi tekshiruvlarsiz taqsimlanishi ta‘minlangan edi.
IXTT mamlakatlarida davlat va xususiy ijtimoiy himoyasida keskin
farqlar bor. Xususiy davlat pensiyalari miqdori ancha ko‗proq foizlarni
tashkil etsa ham, ularning doimiyligini ta‘minlash talab qilinadi.
Yevropa
Ittifoqi
(YI)
mamlakatlarining
integratsiyalashuvi
mintaqada aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyotida umumiy
normalarni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi uchun zamin yaratdi.
Mintaqa miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan integratsiyalashuv
jarayoni amalga oshirildi, YI mintaqasida ―Yevropa fuqarosi‖, ―Ijtimoiy
davlatlar tarmog‗i‖ tushunchalari vujudga keldi.
Bunga sabab ijtimoiy
normalarning umumittifoq mamlakatlari bo‗ylab qabul qilinishi bo‗ldi.
YI mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish mamlakatlarning
ijtimoiy siyosatida yetakchi o‗ringa ko‗tarildi. Maqsad YIga a‘zo bo‗lgan
mamlakatlarda aholining turmush farovonligini barqaror o‗sib borish
tendensiyasiga erishish va ijtimoiy jihatdan muhtojlikni qisqartirish
bo‗ldi. J. Mon‘e va R. Shuman kabi iqtisodchi olimlar tomonidan amalga
oshirilgan tadqiqotlarda YI mamlakatlarida iqtisodiy qayta qurish va
aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyoti chuqur o‗rganilgan bo‗lib, unga
ko‗ra mintaqada aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining vazifalari etib
quyidagilar ko‗rsatilgan:
215
YI mamlakatlari aholisining 2/3 qismini o‗rta
farovonlik
darajasida yashashini ta‘minlash;
davlat va xususiy sektor o‗rtasida ijtimoiy sheriklikni
kuchaytirish;
aholini
ijtimoiy
himoya
qilishga
qaratilgan
YI
yoki
mamlakatlarning davlat dasturlarini amalga oshirilishida hukumatlar
o‗rtasida o‗zaro moddiy yoki ijtimoiy xizmat ko‗rsatish shaklida
hamkorlikni yo‗lga qo‗yish;
fuqarolarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish;
215
Экономика Европейского союза: учебник/коллектив авторов; под. ред. Р.К.Щенина. – М.: КНОРУС, 2012.
С. 254-268.
270
ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarini turmush sharoitlarini
mintaqa bo‗yicha belgilangan yashash minimumidan oshirish va o‗rta
darajadagi turmush farovonligiga yetkazish;
ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy adolatlilikka qat‘iy
rioya qilish va jamiyatning barcha a‘zolariga
ularning ijtimoiy
mavqeidan kelib chiqqan holda ijtimoiy yordam ko‗rsatish;
ijtimoiy xizmatlarning qamrovi va sifatini.
YI mintaqasida amalga oshirilayotgan aholini ijtimoiy himoya qilish
dasturlarining o‗ziga xos xususiyati ushbu chora-tadbirlarni amaliyotga
tadbiq etishda trans milliy korporatsiya (TMK) lar ishtirok etishi bilan
belgilanadi. TMKlarning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlaridagi
ishtiroki quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
216
davlat ijtimoiy himoya dasturlarini amalga oshirilishida homiylik
qilish;
o‗z xodimlariga ijtimoiy nafaqalar to‗lash, pensiya ta‘minoti,
tibbiy va ta‘lim xizmatlarini bepul yoki imtiyozli asosda ko‗rsatish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‗naltirilayotgan
investitsion
dasturlarni amalga oshirilishida ishtirok etish;
YI mintaqasida mamlakatlararo ijtimoiy integratsiyalashuv
jarayonlarini rivojlantirishga yordam ko‗rsatish;
ijtimoiy yo‗naltirilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish jarayonida
ishtirok etish va boshqalar
YI shartnomasida aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlariga
quyidagicha ta‘rif beriladi: ―ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi – bu YI
mintaqasida o‗rnatilgan yashash minimumidan quyi darajadagi turmush
farovonligiga ega bo‗lgan aholi qatlamlaridir‖. Ushbu me‘yoriy xujjatga
ko‗ra, YIga a‘zo bo‗lgan davlatlar o‗zaro hamkorlikdagi ijtimoiy siyosat
dasturlarini ishlab chiqish orqali yevropa fuqarolarini
ijtimoiy jihatdan
muhtojlikdan himoya qilishlari lozim. Shu bilan bir qatorda mintaqada
aholi bandligini rag‗batlantirish va mehnatga layoqatli aholi qatlamlarini
munosib ish haqi olishlari mumkin bo‗lgan ish o‗rinlari bilan
ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishlari talab
etiladi.
216
Экономика Европейского союза: учебник/коллектив авторов; под. ред. Р.К.Щенина. – М.: КНОРУС, 2012.
С. 254-268.