Ijtimoiy siyosat


-rasm. YI mamlakatlarida ijtimoiy ijtimoiy ta‟minot xarajatlarining



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

9.2.2-rasm. YI mamlakatlarida ijtimoiy ijtimoiy ta‟minot xarajatlarining 
tarkibi (2017 y., foiz hisobida)
220
YI mintaqasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning o‗ziga 
xos jihati shundan iboratki, bozor iqtisodiyotining aholi turmush 
farovonligiga salbiy ta‘sirini yumshatish maqsadida universal ijtimoiy 
nafaqalar joriy etilgan bo‗lib, yevropa fuqarosi hisoblangan har bir shaxs 
universal ijtimoiy nafaqa olish huquqiga ega bo‗ladi. Ijtimoiy muhtojlik 
bo‗yicha nafaqa esa faqatgina ijtimoiy jihatdan muhtoj bo‗lgan aholi 
qatlamlariga beriladi. Bu esa o‗z navbatida mamlakat iste‘mol bozorida 
ichki talabni rag‗batlantirish mexanizmi sifatida namoyon bo‗ladi. 
Shuningdek, mintaqada global aholining qarishi muammosi avj olib 
borayotganini inobatga olgan holda 2011 yildan boshlab har bir 
hukumatda farzand ko‗rishni rag‗batlantirish maqsadida yosh bolali 
oilalar uchun uch yillik universal nafaqalar joriy etildi. Global aholining 
219
Евростат маълумотлари асосида. 
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title=Social 
_protection_statistics_-_social_benefits#Publications
 
220
Евростат 
маълумотлари асосида 
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title=Social 
_protection_statistics_-_social_benefits#Publications
 
EI
Ye
v
ro
h
u
d
u
d
Kip

Gr
ets
iy
a
P
o
ls
h
a
Italiy

P
o
rtu
g
ali
y

L
atv
iy

R
u
m
in
iy

E
sto
n
iy

L
y
u
k
sim
b
u
rg
B
o
lg
ar
iy

Av
str
iy

Is
p
an
iy

B
elg
iy

Xo
rv
ati
y

L
it
v

C
h
ex
iy

S
lo
v
en
iy

S
lo
v
aik
iy

Ve
n
g
riy

Nid
er
lan
d
iy

F
ra
n
siy

M
alt

Ir
lan
d
iy

F
in
lan
d
iy

Ge
rm
an
iy

Da
n
iy

B
u
y
u
k
B
rit
an
iy

S
h
v
ets
iy

S
h
v
ey
sa
riy

No
rv
eg
iy

Is
lan
d
iy

S
er
b
iy

T
u
rk
iy



274 
qarishi muammosi o‗z navbatida ayrim uy xo‗jaliklarida mehnat 
intensivligining pasayishiga olib keldi. Uch yillik universal nafaqalarni 
tayinlanishi ushbu muammoni bartaraf etishga qaratilgan hisoblanadi. 
Ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlariga ushbu turdagi nafaqalarni 
olish muddati 3 yildan 14 yilgacha davom etadi. Mintaqada universal 
ijtimoiy nafaqalar ijtimoiy ta‘minot xarajatlarining asosiy qismini tashkil 
etadi. 
AROPE integral ko‗rsatkichining absolyut komponenti hisoblangan 
moddiy muhtojliklik holati 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‗ra quyidagi 
ko‗rsatkichlar asosida hisoblanadi:
221

etarli darajada jihozlangan, issiqlik, elektr va gaz ta‘minoti 
bo‗lgan uyda istiqomat qilish; 

qisqa muddatli qarz olishi va uni qaytarish qobiliyatining 
mavjudligi (20 kalendar kuni); 

avtomobilga egalik qilishi; 

yotoqxona va mehmonxona mebellariga egalik qilishi; 

kompyuter; 

internet tarmog‗iga ulanganlik va undan foydalanishi; 

har bir mavsum uchun yangi ust-bosh kiyim sotib olishi (kamida 4 
ta); 

ikki juft yaroqli oyoq kiyimi bo‗lishi (har bir mavsum uchun); 

har kuni meva va sabzavotlar iste‘mol qilishi; 

bir kunda kamida 1 marta go‗sht va go‗sht mahsulotlari bo‗lgan 
taom iste‘mol qilishi; 

uyida mutoala qilishi uchun tegishli kitob javoni va kitoblari 
bo‗lishi; 

ochiq havoda dam olish uchun zarur bo‗lgan jihozlarga ega 
bo‗lishi; 

haftada kamida 1 sutkalik to‗liq dam olish kuni bo‗lishi; 

har bir bayramni munosib nishonlashi (mehmon kutishi, sovg‗a 
olishi va boshqa bayram xarajatlari); 

uyiga mehmonlarni chaqirishi (har ikki oyda kamida 1 marta); 

bir yilda kamida bir marta uydan tashqarida (kurort zona) dam 
olishi; 

ta‘lim olish uchun munosib shart-sharoitga ega bo‗lishi; 

mehnat qilish uchun munosib shart-sharoitlarga ega bo‗lishi; 
221
Евростат маълумотлари асосида 
https://ec.europa.eu/eurostat/web/social-protection/methodology
  


275 

sport mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanishi. 
Mamlakat fuqarosining yuqorida keltirilgan 19 ko‗rsatkichdan 
kamida oltitasidan mahrum bo‗lishi uning absolyut komponenti bo‗yicha 
ijtimoiy jihatdan muhtojligini bildiradi. 
Ijtimoiy 
siyosatning 
chora-tadbirlari 
tizimida, 
Yevropa 
mamlakatlarining 
ko‗pchiligi kambag‗allikka qarshi kurashish 
choralarini qo‗llab-quvvatlab boradilar. Ulardan Benilyuks, Avstriya, 
Shveysariya, Fransiya mamlakatlari eng yaxshi ko‗rsatkichlarga ega 
bo‗ldi.
222
Shu bilan birga, daromadlar tabaqalanishining eng past 
darajasini IHTT mamlakatlarida kuzatish mumkin.
223
Yevropa Ittifoqining ijtimoiy siyosati boshqa mamlakatlardan farqli 
o‗laroq, davlat xarajatlarining yuqori darajasida ekanligi, fuqarolikning 
ijtimoiy huquqlarini kafolatlanishini keng qamrovli ekanligi, nafaqa va 
pensiyalar miqdorining kattaligi bilan ajralib turadi. Yevropa 
Ittifoqining qator mamlakatlari kambag‗allik chegarasidan ancha 
yiroqlashib ketdilar.
Ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish manbalari ijtimoiy sug‗urta 
badallari, egri va to‗g‗ri soliqlarning tushumidan shakllanadi. Yevropa 
mamlakatlari ijtimoiy sug‗urta badallari stavkasiga katta e‘tibor 
beradilar. 2017-yilda Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sug‗urta fondi 
xarajatlarining YaIM dagi ulushi 10-16 foizini tashkil etdi, Yevropa 
mamlakatlarining aksariyat qismida kasaba uyushmalari va ish beruvchi 
tashkilotlar ijtimoiy siyosat dasturlarida pensiyalar, ishsizlik va kasallik 
nafaqalari, kasallik sug‗urtasi ulushi markaziy o‗rinni egallaydilar. Shu 
bois, ijtimoiy sug‗urta ijtimoiy siyosatning yetakchi bo‗g‗ini sifatida 
shakllanib bormoqda. Markaziy va Shimoliy Yevropa mamlakatlarida 
imzolangan kelishuvlar asosida ijtimoiy siyosat ijtimoiy ta‘minotni 
tartibga soluvchi omil bo‗lib kelmoqda.
224
Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy siyosatning rivojlangan tizimi 
mavjud bo‗lib, yevropaliklar boshqa mintaqadagilardan farqli o‗laroq 
faol ijtimoiy siyosatni amalga oshiradilar. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 
kambag‗allikka qarshi kelishilgan yagona ijtimoiy siyosat olib 
bormaydilar. Birlashgan Qirollikda ta‘lim va sog‗liqni saqlash tizimining 
rivojlanishida yuqori ko‗rsatkichlarga erishilgan holda, mehnat 
munosabatlari va mehnat muhofazasi borasida olib boriladigan ijtimoiy 
siyosat jihatdan Yevropa Ittifoqi ijtimoiy siyosatidan bir muncha farq 
222
―Social Policy‖. P. 427. 
223
―Social Policy‖. P 428 
224
―Social Policy Р 429 


276 
qiladi. Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy siyosatning qator 
turlari mavjud. Yevropa Ittifoqining ―Yangi Marshall Rejasi‖ deb 
nomlangan rivojlantirish rejasi 2008-yil 26-noyabrda tasdiqlandi.
225
Ushbu rejada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash yo‗nalishlari quyidagicha belgilangan: aholining 
xarid-to‗lov qobiliyatini yaxshilash, yalpi talabni qo‗llab-quvvatlash, 
ishonchni rag‗batlantirish, ―aqlli‖ investitsiyalarni kiritgan holda 
resurslarni 
tejaydigan 
yuqori 
texnologiyali 
atrof-muhitni 
ifloslantirmaydigan, 
raqobatbardosh 
texnologiyalarni 
kiritish, 
infratuzilmani 
rivojlantirishga 
investitsiyalar 
kiritish. 
Ijtimoiy 
ta‘minotning muhim tamoyillari ijtimoiy mas‘uliyat va birdamlikdan 
iborat bo‗ldi. Yevropa Ittifoqining iqtisodiyotini qo‗llab-quvvatlash 
inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi uchun 200 mlrd. yevro ajratildi. 
Yevropa Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 0,5% ga tushirdi, 
Yevropa Investitsiya Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot 
bankining resurslari ko‗paytirildi, 3%dan katta byudjet defitsiti bo‗lgan 
mamlakatlarga jarima sanksiyalari belgilandi, QQSni kamaytirish 
yo‗llari belgiland va kichik biznesni qo‗llab-quvvatlash uchun davlat 
kafolatlari ostida qarzlar berildi.
Bandlik muammosi ijtimoiy davlatning muhim muammolaridan 
biridir. To‗la bandlik muammosi Yevropa Ittifoqining Rim 
shartnomasida tasdiqlangan edi. Yevropa Ittifoqining ijtimoiy sohadagi 
islohotlarining birinchi bosqichi iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish edi. 
Hozirda yangi sifatli ish o‗rinlarini tashkil etish iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlashning omillaridan biri hisoblanadi. Yevropa Ittifoqiga a‘zo 
mamlakatlar o‗rtasida ish o‗rinlarini kengaytirish va yangi ish o‗rinlarini 
yaratish, bandlikni oshirish bo‗yicha analitik tahlillar olib borish 
rejalashtirildi. Bandlik siyosati Yevropa Ittifoqining ijtimoiy siyosatini 
isloh etishni ustuvor yo‗nalishi deb belgilandi. O‗tgan asrning 90-
yillarining o‗rtalarida Yevropa Ittifoqi iqtisodiy, bandlik siyosati va 
ijtimoiy siyosatning o‗zaro bog‗liqligiga e‘tiborni qaratdilar. Shu bilan 
birga kichik va o‗rta biznes sub‘ektlarini qo‗llab-quvvatlash, ayollar 
mehnatini rag‗batlantirish, soliq imtiyozlari, imkoniyati cheklangan 
insonlar bandligini ta‘minlash kabi chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. 
1994-yilda bandlik muaamosi va ishchi kuchi oqimini tartibga solish 
uchun Yevropa bandlik xizmati tashkil etildi. Shu bilan birga, Yevropa 
Ittifoqi mehnat bozoridagi talab va taklif muvozanatini ta‘minlash
225
A European Economic Recovery Plan. –Brussels, 26.11.2008\\ htpp:\\ec.europa. eu\economy_finance\ 
publications\publication 13504_en.pdf 


277 
bo‗yicha samarali mexanizm ishlab chiqildi, ishchilarning turmush tarzi 
va mehnat sharoitlari haqida ma‘lumotlar jamlandi. 1997 yilda qabul 
qilingan Amsterdamdagi shartnomaga binoan Yevropa Ittifoqining har 
bir davlati o‗zining bandlik siyosatini mustaqil hal qila oladi. 1998-yilda 
Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi sammitida umumiy strategik 
maqsadlar qabul qilindi. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqining barcha 
hukumat rahbarlari har yili bandlikni ta‘minlash borasidagi dasturlarni 
taqdim etadilar. Ular umumevropa strategiyasini muvofiqlashtirish 
bo‗yicha Yevropa komissiyasi, Bandlik qo‗mitasi, kasaba uyushmalari 
bilan birgalikda hamjihatlikda mehnat muammolarni hal qilishga 
kirishdilar. Yevropa Ittifoqi rahbariyatining ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish borasidagi ishlari a‘zo hukumatlarning iqtisodiy siyosatidan 
orqada qola boshladi. 2000-yilda Yevropa kengashining Lissabon 
sessiyasida ―2010-yilda Yevropa Ittifoqini dunyodagi eng innovatsion, 
raqobatbardosh, 
dinamik 
ravishda 
rivojlanayotgan 
iqtisodiyotga 
aylantirish‖ maqsadli dasturi qabul qilgan edi. Dasturdan ko‗zlangan 
maqsad aholining 70 % ni ish bilan ta‘minlab, jumladan 60 % ni ish 
bilan ta‘minlangan ayollar tashkil etishi lozim edi. ―Lissabon 
shartnomasi‖ ning amalga oshirilishining muhim vositalari yevropa 
ijtimoiy modelini modernizatsiyalashda mehnat bozoridagi tarkibiy 
o‗zgarishlardan samarali foydalanish, professional qayta tayyorlash va 
ta‘lim tizimiga investitsiyalarni jalb etishdan iborat.
226
Yevropa 
Ittifoqining har bir mamlakatida ijtimoiy sohani rivojlanishi tegishli 
me‘yoriy-huquqiy xujjatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, 
Germaniyada ish bilan ta‘minlash bo‗yicha ―Malakali ta‘lim va ish bilan 
ta‘minlash choralari‖ va ―Nemis fuqaroligiga ega bo‗lmaganlarni ish 
bilan ta‘minlashga ruxsatnomalar berish‖ qonunlari bilan tartibga 
solinadi. 
Davlat tomonidan ishlab chiqilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi 
farovonligini ta‘minlashda yetakchi o‗rinni egallaydi. Demokratik 
jamiyatlarda aholining ba‘zi bir hayotiy zaruriy ehtiyojlarini davlat 
tomonidan qo‗llab-quvvatlash choralari kambag‗allikning oldini olishda 
muhim o‗rin tutadi. Ijtimoiy siyosatda ijtimoiy sug‗urta va daromadlarni 
samarali qayta taqsimlashning o‗zaro bog‗likligini tasdiqlash qiyin. 
Ijtimoiy sug‗urta daromadlarni qayta taqsimlashni ancha osonlashtiradi, 
chunki har bir inson bunda ishtirok etadi va o‗z o‗rniga ega bo‗ladi. 
Birlashgan Qirollikda ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish dolzarb 
226
Зубченко Л.А. Лиссабонская стратегия Евросоюза: разочарования и надеждқ\\ htpp\\ www. Perspektivy info 
/oykumena/ Europe/lissabonskaja_strategiya_jevrosojuza_razocharovanija_i_nadezhdy_2007-09-26.htm 


278 
masaladir. Birlashgan Qirollikda sog‗liqni saqlash tizimi soliqlar 
hisobidan moliyalashtiriladi, bu esa bozor munosabatlarida sog‗liqni 
saqlash tizimining bir maromda ishlashini ta‘minlaydi. Britaniyada 
pensionerlar mexnat bozoridagi faoliyatiga qarab pensiyalarini oladilar, 
qayta taqsimlash jarayonida iqtimoiy sug‗urta ijtimoiy xavfsizlik 
jihatidan kuchli asos bo‗la olmaganligi sababli davlat quyidagi chor-
tadbirlarni ishlab chiqishi lozim: 

Pensionerlarning avvalgi ish joyining bor yoki yo‗qligidan qat‘iy 
nazar turmush darajasining kafolatlangan minumumi bor yoki yo‗qligi; 

Turli shakldagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar; 

Turmush darajasining ijtimoiy kafolatlar darajasida tartibga 
solinishi.
227
Buyuk Britaniyada amal qilayotgan pensiya tizimi ushbu savollarga 
javob beradi. Turmush tarzining kafolatlangan minimum darajasi mavjud 
va kambag‗allik 
chegarasini kafolatlovchi 
ijtimoiy ta‘minot 
ta‘minlangan. Bunday afzalliklardan biri pensiya kreditlaridir. Shu tariqa 
davlat boy va kambag‗al aholi o‗rtasida ijtimoiy ta‘minotni 
kafolatlovchi sub‘ekt sifatida ishtirok etibgina qolmay, ularni ijtimoiy 
ta‘minotini talab darajasiga olib chiqadi. Ijtimoiy barqarorlikni 
ta‘minlash uchun daromadlar bo‗yicha soliqlarni taqsimlash, qayta 
taqsimlash va aholi tomonidan tanlama so‗rovnomalar o‗tkazib borilishi 
ijtimoiy ta‘minotni adolatli taqsimlanishiga zamin bo‗la oladi.
Yevropa 
mamlakatlari 
ijtimoiy 
siyosatining 
muhim 
muammolaridan biri ijtimoiy sohada globalizatsiya oqibatlariga qarshi 
kurashdir. Global iqtisodiy jarayonlar davlatlar tomonidan milliy 
iqtisodiyotni tartibga solishning susaytirilishi tufayli ko‗pgina 
mamlakatlar ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashda ojiz qolmoqdalar. 
Odatda, ishchi kuchi aholi ijtimoiy himoyasiga katta e‘tibor beriladigan 
mamlakatlarga qarab ko‗proq intiladi, chunki ish haqi, ishsizlik bo‗yicha
nafaqalar, ijtimoiy sug‗urta ushbu mamlakatlarda yaxshi ta‘minlangan. 
Shu bilan birgalikda globalizatsiyaning ijobiy tomonlari ham mavjud 
bo‗lib, demokratiya, erkinlik va bozor bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, 
ijtimoiy sohalar rivojiga o‗z hissasini qo‗shadi.
Ushbu dolzarb muammolarni hal etishda Xalqaro mehnat tashkiloti 
globalizatsiyaning ijtimoiy jihatlari bilan shug‗ullanuvchi Butunjahon 
komissiyasini tashkil etdi. Ushbu komissiya mehnat bozorini tartibga 
solish, aniq talab va taklif asosida ish yuritish, ish bilan ta‘minlash 
227
. ―Social Policy‖. P. 437. 


279 
borasida ijtimoiy huquqlar, ayollarni ish bilan ta‘minlanishidagi 
huquqlarini amalga oshirish bilan shug‗ullanadi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishdan maqsadi, maksimal to‗la bandlikka erishish, kambag‗allik va 
ishsizlikka qarshi kurash, sog‗liqni saqlash va ta‘lim tizimini 
rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga, ijtimoiy sohani 
modernizatsiyalashga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab 
chiqishga qaratilgan
228
.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish