Ijtimoiy siyosat


 Sharqiy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilayotgan



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

9.4. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy siyosat xususiyatlari va amalga oshirish bosqichlari 
XX asrning 70-yillarigacha Sharqiy Osiyoda ijtimoiy siyosatga 
yetarlicha e‘tibor berilmagan edi. Faqatgina Yaponiyada ijtimoiy 
ta‘minot tizimi ishlab chiqilgan edi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‗rtasida Yaponiyada ijtimoiy 
siyosatning rivojlangan tizimini ko‗rish mumkin. Aholini ijtimoiy 
himoya qilish amaliyotining jahon tajribasi tahliliga ko‗ra, AQSh 
modelida ushbu dasturlar individual yondashuv asosida jamiyat 
a‘zosining, Shved modelida esa jamiyatning barcha a‘zolarini yoppasiga 
ijtimoiy himoya qilishga e‘tibor qaratilsa, Yaponiyada aholini ijtimoiy 
himoya 
qilish 
chora-tadbirlari 
ishlovchi 
ishlayotgan 
korxona 
ma‘muriyati tomonidan jamoa turmush farovonligini yaxshilashga 
yo‗naltirilgan hisoblanadi. Yaponiya ijtimoiy siyosatida har bir 
insonning farovonligini oshirish yoki uni mustahkamlanishi uchun emas, 
balki yaxlit bir jamoa haqida qayg‗uriladi. Iqtisodiy adabiyotda ijtimoiy 
siyosatning ―Yapon‖ modeli korporativ model sifatida e‘tirof etiladi.
1960-yildan keyingi davrda Yaponiyada ―YaIMni ikki barobarga 
oshirish‖ siyosati amaliyotga tadbiq etila boshlandi. Mazkur davrda 
mamlakatda mehnatkashlarni munosib ijtimoiy himoyalash masalasi 
e‘tibor markazida bo‗ldi. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda 
hukumat-xususiy sektordagi ish beruvchilar, xususiy sektordagi ish 
beruvchilar-yollanma ishchilar o‗rtasida qat‘iy kelishuvga asoslangan 
xususiy sektorni qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatiga 
ustuvorlik qaratildi. Xalqaro ekspertlarning jahon mamlakatlarida aholini 
ijtimoiy himoya qilish amaliyotini o‗rganishga bag‗ishlangan ilmiy 
tadqiqotlarida bu turdagi o‗zaro iqtisodiy kelishuvga asoslangan bandlik 
uch yoqlama ijtimoiy sheriklik asosidagi ijtimoiy himoya dasturining 
poydevori deb baholangan. Shu bilan bir qatorda Yaponiyada bu turdagi 
o‗zaro kelishuvning mavjudligi yollanma ishchilarning ijtimoiy holati 
to‗g‗risida ish beruvchilarning ko‗rsatgan ijtimoiy himoya tadbirlari 
hisobiga ularning o‗z kompaniyalari uchun bor imkoniyatlari bilan 
mehnat qiladilar.


286 
Davlat, ish beruvchi va yollanma ishchi o‗rtasidagi ijtimoiy 
kelishuvga asoslangan mehnat bozorining tashkil etilishi mamlakatda 
fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning o‗ziga xos bo‗lgan mexanizmini 
yaratish imkonini berdi. 
Ikki karra YaIM siyosatida davlat milliy ijtimoiy himoya tizimini 
o‗z qo‗liga olib, ishchilardan ishga bo‗lgan munosabat, mas‘uliyat bilan 
yondashuv ishning samaradorligi va sifati uchun javobgarlik talab qilinar 
edi. Ushbu jarayonda davlat ijtimoiy hamkorlik bo‗yicha kafil sifatida 
ishtirok etib, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni o‗z himoyasiga olgan 
edi, bu esa o‗z navbatida ish samaradorligini oshirib, kutilgan natijalarni 
bera boshladi. Bandik siyosati bo‗yicha bir qator ishlar amalga oshirildi, 
bunda bo‗sh ish o‗rinlarini yaratish, daromadlar o‗rtasida keskinlik 
kamaytirildi, tengsizlikka barham berila boshladi. Ijtimoiy sohaga katta 
miqyosdagi investitsiyalar kiritildi, bu esa o‗z navbatida inson 
kapitalining rivojlanishida jahonda yetakchi o‗rinlardan biriga chiqib 
olish imkonini berdi. 
Yaponiya aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining o‗ziga xos 
xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 

iste‘mol tovarlari va ijtimoiy xizmatlar sifatini takomillashtirish va 
ularning tannarxini optimallashtirish evaziga aholini iste‘molini 
rag‗batlantirish; 

tabaqalashgan ijtimoiy sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatish, jumladan, 
tabaqalashgan tibbiy sug‗urta xizmatlari. Bunda yollanma ishchining 
bandlik 
maqomi, 
ishlayotgan 
tashkiloti 
obro‗-e‘tibori, 
sug‗urtalanuvchining moddiy holatidan kelib chiqqan holda sug‗urta 
xizmatlari ko‗rsatiladi; 

davlatning ish beruvchilar nomidan ko‗rsatiladigan ijtimoiy 
himoya xizmatlariga kafolatining mavjudligi; 

yirik ish beruvchi tashkilotlarning o‗z yollanma ishchilarining 
ijtimoiy ta‘minoti uchun kafolatining mavjudligi; 

ish beruvchi tomonidan umrbod yollangan ishchilarga ta‘lim va 
tibbiy xizmatlarning bepul yoki tegishli imtiyoz asosida ko‗rsatilishi; 

xususiy 
sektordagi 
ish 
beruvchilar 
tomonidan 
aholiga 
ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning moliyalashtirilishida davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan xususiy sektorni qo‗llab-quvvatlash 
dasturlarining mavjudligi. 
Yaponiya aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining uch yoqlama 
ijtimoiy sheriklikka asoslanganligi mamlakat mehnat bozorida 


287 
fuqarolarni ishsizlikdan maksimal himoyalash, yangi ish o‗rinlarini 
yaratishni rag‗batlantirish bilan bir qatorda aholi daromadlari 
tabaqalanish darajasini kamaytirish imkonini beradi. Mamlakat soliq 
siyosati esa daromadlarni emas, balki boyliklarni qayta taqsimlashga 
asoslangan bo‗lib, jamiyatda ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy jihatdan 
muhtojlikni qisqartirish uchun zamin yaratdi. 
Yaponiya ijtimoiy himoya tizimi aholining yoshi ulg‗aygan sari 
fuqaroning turmush farovonligini yaxshilab borishga yo‗naltirilgan 
bo‗lib, bandlik muddatlari va ish haqi to‗lash tartibi ham shunga yarasha 
o‗zgarib boradi. Masalan, Yaponiya mehnat bozorida bandlik quyidagi 
davrlarga bo‗linib, ish haqi ortish tartibi qat‘iy o‗rnatilgan: 
• yollanma ishchining 30 yoshgacha bo‗lgan mehnat faoliyati – 
bunda ishchi ish haqining bazis stavkasining o‗zini oladi. Mazkur davr 
oila qurishga tayyorgarlik davri deb ataladi. 
• yollanma ishchining 30-40 yosh oralig‗idagi mehnat faoliyati – 
bunda ishchi ish haqining bazis stavkasi bilan bir qatorda 70-80 
foizgacha ustama haqi olish huquqiga ega bo‗ladi. Ushbu davr oila 
qurish va farzandli bo‗lish davri deb ataladi. 
• yollanma ishchining 40-45 yosh oralig‗idagi mehnat davri – bunda 
yollanma ishchi ish haqining bazis stavkasi, ustama haq va turli bonuslar 
olish huquqiga ega bo‗ladi. Bonuslar miqdori ish beruvchining daromadi 
bilan bog‗liq bo‗ladi. Bu davr yollanma ishchi mehnat faoliyatining 
yetuklik davri sifatida e‘tirof etiladi.
• yollanma ishchining 46 yoshdan keyingi davrdagi mehnat faoliyati 
– bu mehnat faoliyatidagi pensiyaga chiqishga tayyorgarlik muddati 
bo‗lib, mazkur davrda yollanma ishchining bazis ish haqi miqdori 
o‗zgarmay qoladi. 
Yaponiya davlat byudjeti tomonidan faqatgina aholini minimal 
darajadagi turmush farovonligini ta‘minlash kafolatlanadi va u 
quyidagilardan iborat bo‗ladi: 
• kunlik minimal iste‘mol; 
• ta‘lim va tibbiy xizmatlar ko‗rsatish; 
• uy-joy bilan ta‘minlash va kommunal xizmatlar ko‗rsatish; 
• onalikni himoyalash; 
• ishsizlikdan himoyalash; 
• dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa. 
Yuqorida keltirib o‗tilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 
xarajatlarning 75 foizi davlat byudjetidan, qolgan 25 foizi mahalliy 
byudjet tomonidan moliyalashtiriladi. 


288 
Yaponiyaning 
ijtimoiy 
siyosati 
qariyalar 
hayotini 
farovonlashtirishga alohida e‘tior qaratilgan. Fuqarolarga pensiya 
ta‘minotini davlat bor- yo‗g‗i 1/3 qismini to‗laydi, qolgan qismi nodavlat 
yoki ixtiyoriy pensiya ta‘minoti hisobidan moliyalashtiriladi.
Yaponiya eng uzoq umr ko‗radigan aholiga ega davlat. Mamlakatda 
o‗rtacha umr ko‗rish 83,5 yosh va eng past o‗lim darajasini tashkil etadi. 
Hozirgi kunda Yaponiyaning 25.8 % aholisi 65 yoshdan katta kishilar, 
tug‗ilish darajasining kamligi, insonlarni kech turmush qurishi 
demografik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu maqsadda 
Yaponiya davlati global aholi qarishi muammosini hal qilishda 
immigratsiyani cheklash va tug‗ilishni rag‗batlantirish choralarini 
qo‗llamoqdalar. 
Yaponiyada ta‘lim tizimi yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, 
mamlakatda 1947-yildan boshlab boshlang‗ich maktab va o‗rta maktab 
majburiydir. Yaponiyaning ta‘lim tizimi juda raqobatbardosh, ko‗pchilik 
aholi ta‘limni davom ettirib, o‗rta-maxsus va Oliy ta‘limni davom 
ettiradilar, davlat ham ushbu tizimni muntazam rag‗batlantirib boradi. 
Sog‗liqni saqlash tizimida ham katta islohotlar olib borilmoqda. 
Tibbiy xizmat tibbiy sug‗urtalar orqali amalga oshiriladi, barcha o‗z ish 
joyiga ega aholi o‗z tibbiy sug‗urtasiga ega, sug‗urtasi yo‗q insonlar esa 
davlat tomonidan kafolatlanadi. 1973-yildan beri sug‗urta davlat 
tomonidan moliyalashtirilib boriladi. 2025-yilga kelib ijtimoiy ta‘minot 
xarajatlarini moliyalashtirilishni oshirish va kam ta‘minlanganlarning 
ijtimoiy himoya darajasini ham oshirilishi kutilmoqda.
Yaponiyada aholi turmush farovonligi darajasi muntazam ravishda 
ortib bormoqda. Mamlakat aholisining 80 foizdan ortig‗i shahar 
hududlarida istiqomat qilishi ushbu fikrimizning yaqqol dalilidir. 2025- 
yilga borib hukumat aholini ijtimoiy himoya qilish qamrovini yanada 
oshirish rejasini o‗z oldiga qo‗ymoqda. 
Gonkong va Singapur mamlakatlari ijtimoiy siyosati o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega. Singapurda ijtimoiy siyosat davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlanadi, Gonkong ijtimoiy xarajatlar uchun davlat 
byudjetidan oz miqdorda mablag‗ ajratar edi. Qiyosiy tahlillar 
ko‗rstaishicha Fransiya, Germaniya, Avstriya va Shveysariya 
davlatlarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat va Yaponiyadagi 
ijtimoiy siyosat farq qiladi. Yaponiyadagi ijtimoiy siyosat oila 
barqarorligini ta‘minlashga qaratilgandir.
Sharqiy Osiyodagi demografik o‗zgarishlar, aholini qarishi, aholi 
tug‗ilish darajasining pasayishi va o‗limning ortishi achinarli holatdir. 


289 
Yaponiya va Janubiy Koreyadagi aholining qarishi va aholi sonining 
kamayishi shundan dalolatdir. 
Yaponiya, Janubiy Koreya va Tayvanda ayollar o‗rni faqat farzand 
tug‗ish va keksalarga qarash bilan asosan belgilanar edi. Hozirda mehnat 
resurslarining yetishmovchiligi tufayli turmush qurgan ayollar ham 
mehnat bozoriga jalb qilinmoqda. Lekin ayollar ko‗proq bola parvarishi 
bilan shug‗ullanishi, keksalar parvarishi bilan shug‗ullanib, oilada o‗z 
o‗rnini topishi kerak. Bu o‗rinda ijtimoiy siyosatning ahamiyati 
kattadir
234
.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish