5-nazorat ishi
1. Allatropiya hodisasi kuzatilmaydigan moddani ko’rsating.
A) kislorod B) xlor C) oltingugurt D) fosfor
2 Allatropiya hodisasining mohiyati nima?
1) Atom yadrosidagi neytronlar sonining turlicha bo’lishi. 2) Molekuladagi atomlar sonining turlicha bo’lishi. 3) Kristal tuzilishining turlicha bo’lishi. 4) Molekula-dagi kimyoviy bog’larning turlicha bo’lishi 5) Moddaning turli agregat holatlarda bo’lishi
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5
3 Allatropik shakl o’zgarishlari mavjud elementlar qatorini ko’rsating.
A) kislorod, vodorod, xlor
B) kislorod, fosfor, oltingugurt
C) xlor, azot, fosfor D) ftor, kaliy, kislorod
4. Allatropiya deb nimaga aytiladi?
A) ayni bir element bir necha oddiy modda hosil qiladigan hodisalarga aytiladi
B) tarkibi, miqdori bir xil bo’lgan, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi
C) tarkibi, miqdori bir xil bo’lgan, lekin tuzilishi va kimyoviy xossalari bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi
D) elementi bir atomdan iborat bo’lgan moddaga aytiladi.
5 Quyidagilarning qaysi birida element valentligi to’g’ri ta’riflangan? Valentlik . . .
A) ayni element atomi bilan birikadigan vodorod atomlari soni orqali aniqlanadi
B) element joylashgan guruhining tartib raqami bilan aniqlanadi
C) atomning tashqi elektron pog’onasidagi toq elektronlar soni orqali aniqlanadi
D) kimyoviy element atomlarining muayyan sondagi boshqa kimyoviy element atomlarini biriktirib olish xossasi
6 Element bu . . .
A) moddaning oddiy zarrachasi
B) moddaning bo’linmas darajasi
C) moddaning mayda zarrachasi
D) yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi
7.Alyuminiy xloridda qancha element bo’lsa qaysi birikmada shuncha element bor?
A) H2SO4 B) H2S C) O3 D) Cl2
8 Oddiy moddalar qatorini ko’rsating.
A) Al2O3, HCl, KCl, NH4OH
B) HCl, HF, HNO3, H2CO3
C) P4, S8, O2, O3 D) PH3, H2O, H2S, NaH
9 Qaysi qator faqat valentligi o’zgaruvchan elementlardan iborat?
A) K, C, S, N, P, Fe B) Cu, Ba, N, Cl, Br, Cr
C) C, Cr, Cu, P, S D) Ca, Cu, C, H, F, O
10. Qaysi elementlar allatropik shakllarga ega emas?
A) H, O, N B) O, C, P
C) S, P, O D) F, Cl, Br
11. Oddiy moddalar qatorini ko’rsating;
1) Cl2, Cl2O3, HCl, KCl 2) O3, Cl2, P4, S6 3) H2O, O2, Na2O, NO 4) N2 , NH3, NO2, N2O 5) Cr, CrO, Cr2O3, CrO3
A) 3 B) 4 C) 1 D) 2
12. Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa? 1) qog’ozning yonishi; 2) mis simning qizdirilganda qorayishi; 3) suvning muzlashi; 4) temirning magnitga tortilishi; 5) yog’ning benzinda erishi; 6) sutning achishi.
A) 3,4 va 6 B) 2,5 va 6 C) 1,2 va 6 D) 2, 3
13. Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan?
A) mis, oksid, azot, suv
B) kislorod, vodorod, temir xlorid
C) fosfor oksid, vodorod xlorid, oltingugurt
D) vodorod, qaldiroq gaz, natriy
14. Osh tuzining suvdagi eritmasida qanday elementlar mavjud?
A) natriy xlor B) kislorod, natriy, xlor
C) xlor, vodorod, kislorod
D) natriy, xlor, vodorod, kislorod
15. Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) olmos, ozon, grafit, uglerod
B) ozon, kislorod, olmos, vodorod
C) azot, azon, vodorod, kislorod
D) uglerod, kislorod, vodorod, azot
Do'stlaringiz bilan baham: |