214
bilan erishishi, adolatli)
va xalqning urf-odatlari, madaniyati va
an‘analariga asoslangan bo‗lishi lozim.
Bu boradagi ustuvor vazifalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida
Barqaror rivojlanish
bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga
muvofiq, 2030-yilgacha bo‗lgan davrda BMT Global kun tartibining
Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‗yicha tizimli
ishlar rejasida o‗z aksini topgan. O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ―2030-yilgacha bo‗lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi qarorida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining
manzilligini yanada kuchaytirish orqali 2030-yilgacha
fuqarolarning
qashshoqlik shaklini bartaraf etish (1.1-vazifa), 2030-yilgacha kam
ta‘minlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning
ulushini kam ta‘minlanishning barcha ko‗rinishlarida
ikki barobarga
qisqartirish (1.2-vazifa) kabi vazifalar belgilab olindi
183
.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoya dasturlari fuqarolarni hayot
siklining barcha bosqichlarida ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashni nazarda
tutadi (7.6.1-rasm).
Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari 2017–2021-yillarda
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ―...
aholiga
majburiy ijtimoiy
kafolatlarni ta‘minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy
himoyasi, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat
tomonidan
qo‗llab-quvvatlashni
kuchaytirish,
ijtimoiy
xizmat
ko‗rsatishni
yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishda davlat-
xususiy
sherikligini
rivojlantirish‖
vazifasi
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo‗nalishlari sifatida belgilab qo‗yilganligini
ta‘kidlab o‗tish joiz
184
.
XXI asr boshlariga kelib rivojlangan ijtimoiy himoya tizimlari
ob‘ektiv sabablarga ko‗ra jamiyat himoyasiga
ehtiyoj sezayotgan aholi
guruhlariga nisbatan ijtimoiy adolat va manzillilik tamoyillari asosida
qurila boshlandi. Bunda ―ijtimoiy manzillilik‖, deganda aholini ijtimoiy
himoyaga muhtoj aholi guruhlarining real ehtiyojlarini e‘tiborga olish
ma‘nosida tushunilishi zarur.
183
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi
milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 2018-yil 20-oktyabr, 841-son qarori
184 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo ʻyicha harakatlar
strategiyasi toʻg ʻrisida"gi 2017-yil 7-fevral, PF-4947-sonli Farmoni.