Amaliy mashg`ulot uchun savollar:
Forobiyning ―moddiy ehtiyojlar to`g`risidagi ta‘limotining mohiyatini qanday tushunasiz?
Forobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta‘limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi».
Farobiyning bunday qarashlari hozirgi kunda xam jamiyatimiz katta roʼl oʼynab kelmoqda. Аslini olib karaydigan boʼlsak Misol uchun hunarmandchilik bilan shugʼullanayotgan odam oʼz ishlarini davom ettirish, doimiy ish faoliyatini olib borish uchun oziq-ovqat, kiyim-kecha v.h lar talab etiladi. U oʼz novbatida oziq-ovqat maxsulotlariga (kartoshka, piyoz, bugʼdoy v.h) larga eʼstimoli uchun uni yetishtiruvchi dehqonchilik bilan shugʼullanuvchi odamlarga ehtiyoj sezadi.
Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to`g`risidagi g`oyasining mag`zini chaqing.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha:
«Hayvon tabiat ne‘matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne‘matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi.
Hayvonlar tabiat ne‘matlarini o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo’lib yashasalar ham yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar»
A.Temurning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqeyi va o`rni nimadan iborat?
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem- xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e‘tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste‘mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
A.Navoiyning boylik yaratish to`g`risidagi g`oyasining o`ziga xosligi nimadan iborat?
Навоий пул топишни иккита усулга бўлган булар Холол меҳнатини орқасидан 2 таъмагирликнинг орқасидандиур деган.
5. Merkantilistlarning iqtisodiy g`oyalarini tushuntiring.
6. Iqtisodiyotni tahlil qilishning merkantilistik va sxolastik yondashuvlarini solishtiring va qiyoslang.
7. Nima uchun statistik ma‘lumotlarning ishlatilishi har qanday ilmiy soha uchun muhim hisoblanishini tushuntiring.
8. Nima uchun XVI asr davomida birdaniga bir necha iqtosodchilar pulning miqdoriy nazariyasini rivojlantira boshlashdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |