209
Avstriya) va milliy tibbiy sug‗urta tizimlari mablag‗lari (norasmiy
sektorda band bo‗lganlarning tibbiy sug‗urta badallari davlat
subsidiyalari yordamida qo‗llab-quvvatlanadi (Gana))
hisobidan
moliyalashtiriladi
179
.
Tibbiy
xizmatlarni
moliyalashtirish
ko‗rsatkichi
xususiy
moliyalashtirishni
qamrab
oladi,
chunki
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
moliyalashtirish mexanizmi barcha mamlakatlarda turli darajada
uchraydi. Bunda naqd to‗lovlar shakli sog‗liqni saqlashni
moliyalashtirish mexanizmi sifatida ko‗rib chiqilmasligi lozim. Tibbiy
xizmatlarni moliyalashtirishda naqd to‗lovlar shaklidan xarajatlarni
tartibga solishni rag‗batlantirish omili sifatida cheklangan holda
qo‗llanilishi mumkin.
Sog‗liqni saqlash sohasida soliqlar va sug‗urta badallari asosida
moliyalashtirish mexanizmi orqali aholining barcha qatlamlarini
sog‗liqni saqlash tizimi bilan qamrab olishda
jiddiy muvafaqqiyatlarga
erishgan mamlakatlarga Buyuk Britaniya (Milliy sog‗liqni saqlash
xizmati) va Germaniyani (ijtimoiy tibbiy sug‗urtadan foydalanuvchi)
kiritish mumkin. Dunyoda XXI asr boshlarida sog‗liqni saqlashni
moliyalashtirishning ikkala tizimini aralash qo‗llash amaliyoti keng
tarqaldi.
Dunyo mamlakatlarining 88 nafarida mamlakat aholisining 80%i
sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlari bilan to‗liq qamrab olingan. Ayrim
mamlakatlarda ushbu ko‗rsatkichga iqtisodiy inqirozlar va milliy
daromadlar darajasining pastligi davrida qisqa muddatda erishildi
(Taylandda 10 yil ichida).
Yuqorida qayd etilganidek, sog‗liqni
saqlash xarajatlarining
40%idan ortig‗i mijozlar zimmasiga tushmoqda. 2014 yilda sog‗liqni
saqlash sohasi xizmatlari bilan aholini naqd to‗lovlar shaklida qamrab
olish darajasi 80%ni tashkil etdi
180
. Ushbu ko‗rsatkich naqd to‗lovlar
shakli tibbiy xizmatlardan foydalanishda jiddiy to‗siqlarni yuzaga
keltirishi,
ijtimoiy
tengsizlikni kuchaytirishi va kambag‗allik
darajasining ortishiga olib kelishi mumkin. Naqd to‗lovlar shakli tibbiy
xizmatlarni moliyalashtirishda birdamlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Naqd to‗lovlar shakli kambag‗al mamlakatlarda sog‗liqni saqlash
xizmatlarini moliyalashtirishda yetakchi o‗ringa ega. Jumladan, Afrikada
tibbiy xizmatlar uchun amalga oshiriladigan xususiy xarajatlar davlat
xarajatlaridan ortib ketadi va mintaqa yalpi ichki mahsulotiga nisbatan
179
World Social Protection Report 2014/15.
180
World Social Protection Report 2014/15.
210
deyarli 3%ni tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarda kambag‗allik darajasi
va tibbiy xizmatlar uchun sarflanayogan
xarajatlar tarkibida naqd
to‗lovlar ulushi o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqlik mavjud. Naqd
to‗lovlar darajasi kambag‗allik chegarasidan pastda yashayotgan aholi
soni ortgani sari ko‗payib bormoqda. Bir kunda yashash uchun 2 dollar
sarflayotgan aholi ulushi 2%dan kam bo‗lmagan mamlakatlarda tibbiy
xizmatlar uchun sarflanayotgan xarajatlar tarkibida naqd to‗lovlar
shaklidagi xarajatlar 20%ni, kambag‗allik chegarasidan pastda
yashayotgan aholi ulushi 50%ni tashkil etayotgan mamlakatlarda esa
ushbu ko‗rsatkich 50%ni tashkil etadi
181
. Demak, kambag‗allik
chegarasidan pastda yashayotganlar tibbiy xizmatlarga muhtoj aholi
hisoblanadi va tibbiy xizmatlardan ko‗proq naqd to‗lovlar shaklida
foydalanishadi.
Sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlaridan
ijtimoiy himoya orqali
foydalanishning zamonaviy konsepsiyasi sog‗liqni saqlash tizimini inson
huquqlari nuqtai nazaridan ko‗rib chiqishni taqozo etadi. Xalqaro mehnat
tashkilotining №202-tavsiyalari inson sog‗lig‗ini saqlash huquqini
ijtimoiy va iqtisodiy omillar bilan bog‗laydi. Ushbu bog‗liqlikni
sog‗liqni saqlash doirasida ko‗rib chiqadi. Bunday yondashuv ijtimoiy
sog‗liqni saqlash institutlari va muassasalarini barqaror rivojlantirishga
qaratilgan bo‗lib, aholini to‗liq tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish va
birlamchi sog‗liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini
yaratishni talab etadi. Sog‗liqni saqlash xizmatlarini ko‗rsatish turli
ijtimoiy guruhlar o‗rtasida tenglikni, ijtimoiy
jihatdan alohidalashib
qolmaslik va kambag‗allik darajasining oshib ketmasligini ta‘minlashi
zarur.
Aholini sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlari bilan to‗liq qamrab
olishning zamonaviy konsepsiyasi soliqqa tortish mexanizmidan
foydalanish (milliy sog‗liqni saqlash xizmatlari) orqali xarajatlarni qayta
taqsimlash, ish haqidan ajratiladigan sug‗urta badallari asosida
moliyalashtirish (turli ijtimoiy, milliy yoki xususiy sug‗urta shakllari
uchun) moliyalashtirishni ham o‗z ichiga oladi.
Naqd to‗lovlar shaklida tibbiy xizmatlardan foydalanish sog‗liqni
saqlashni bevosita moliyalashtirish vositasi hisoblanmaydi, ammo
minimal darajada, rag‗batlantirish omili sifatida qo‗llanilishi
tavsiya
etiladi. Tibbiy xizmatlar ko‗rsatish yordamida sog‗liqni saqlash
181
World Social Protection Report 2014/15.
211
xizmatlaridan foydalanish huquqlariga rioya etish majburiyati sog‗liqni
saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmiga bog‗liq bo‗lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: