Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Interdikt ishlarni olib borish



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

6-§. Interdikt ishlarni olib borish
Qadimgi rim xususiy huquqining o‘ziga xos xususiyati shundan
iborat bo‘lganki, sud ishlarini ko‘rishda bir nechta jarayonlar
bo‘lsa ham, ularga qo‘shimcha sifatida yoki Rim davlatining
amaldorlarining huquqlari va manfaatlarini mustahkamlash nuqtai
nazaridan Rim quldorlik jamiyatida odat asosidagi xususiy da’vo
tartibida ishni ko‘rib chiqishdan tashqari interdikt asosda ham ishlar,
nizolar hal qilinganligini ko‘ramiz. Oldingi odat bo‘lib qolgan da’vo
arizasiga asosan ko‘riladigan ishlardan farqli o‘laroq, bunda sud
magistrati mutloq oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi va barcha
fuqarolarga majburiy bo‘lgan buyruqlar va normativ aktlar
chiqaruvchi, uni qabul qiluvchi oliy mansabdor shaxs ekanligi
bilan farq qiladi. Interdiktlar pretorlar tomonidan buyruq xarakte-
ridagi qadimdan qabul qilinib kelingan hujjatlar. Shuning uchun


46
interdiktlar shartsiz, qat’iy bo‘lgan, garovga olish va jarimali
jazolarni qo‘llash bilan boshqa harakat va jarayonlardan ajralib
turgan.
Interdiktlarni qo‘llash ma’muriy huquqiy munosabatlarni
keltirib chiqargan. Shu bois huquqshunos Gay bu pretorlarning
shartli buyrug‘i va bu buyruq asosida alohida interdikt jarayonini
qo‘llash boshlangan deb ta’riflaydi.
Interdiktlarning vujudga kelishi davlatni idora etish organlari
tomonidan tartibga solinadigan ma’muriy munosabatlarning sud
ishlariga aylanib ketishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Interdiktlarning asosiy maqsadi huquqi buzilgan shaxslarning
huquqlarini buzilmasdan oldingi, ya’ni dastlabki holatiga majburiy
ravishda tiklashdir. Ashyo egasining manfaatlarini himoya qilish
mulk egasining huquqini himoya qilish uchun xizmat qiluvchi
da’volar yordami bilan emas, balki pretor interdiktlari bilan amalga
oshirilgan. Ular mulk huquqi egaligining buzilishini, yoki boshqa
tajovuzlarning amalga oshirilishining oldini olishning samarali yo‘li
sifatida huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi tomonlarning
huquqlarini tez orada himoya qilish usuli hisoblanadi.
Interdiktlar oddiy va ikki tomonlama, ya’ni ma’lum harakat-
larni taqiqlovchi yoki ularni qaytadan tashkil etuvchi, yoki biror
shaxsni, hujjatni ko‘rsatishni talab etuvchi turlarga bo‘lingan.
Interdiktning mohiyati shundaki, huquqiy munosabatlarda
qatnashuvchi qarshi tomon, hatto nizolar haqida bahslashmasdan
pretor yoki magistrat interdiktiga so‘zsiz bo‘ysungan. Rim quldorlik
davlatining sinfiy davrida interdiktlarning mohiyati shundan iborat
bo‘lganki, kelib chiqadigan nizolarni sudsiz, tez orada ma’muriy
asosda ko‘rib chiqish va himoya qilish uchun, ayniqsa quldorlarning,
ekspluatatsiya qiluvchilarning manfaatlarini tezda himoya qilish
uchun eng qulay va oddiy formadagi harakatlardan biri bo‘lib
hisoblangan.
Albatta, ular da’volarga o‘xshash kuchlarni keltirib chiqar-
magan bo‘lsa ham o‘zining soddaligi, osonligi, qo‘llanilishi jihatdan
qulayligi bilan ajralib turgan, chunki u ashyo egasining o‘z
ashyosiga egalik qilish titulini isbotlashning murakkab tartibiga
murojaat qilish zaruratidan ozod qilgan.


47

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish