Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

4-§. Formulyar protsess
Miloddan avvalgi II asrning o‘rtalariga kelib, legisaksion jarayon
o‘rniga formulyar jarayon kirib keldi, chunki pretor huquqi yanada
rivojlanib, takomillashdi. Bu jarayonda pretor eng asosiy o‘rinni
egallagan. Ushbu jarayonning boshlanishiga da’vogarning javobgar
ustidan o‘z arizasini yozma ravishda berishi sabab bo‘lgan. Bu


43
«qog‘oz» sudya uchun shartli belgi yoki «formula» deb ataladi.
Mana shu jarayondan boshlab formulyar sud jarayonlar vujudga
kelgan.
Bu vaqtga kelib, ayniqsa birinchi bosqichdagi ish yuritish (in
yure)ning ahamiyati kuchayib, aynan shu yerda nizoning huquqiy
mohiyati o‘rnatilgan.
Formulyar jarayon ham ikki bosqichdan iborat bo‘lgan.
Magistratga javobgarning da’vogar tomonidan chaqirilishi,
javobgar esa uzrli, sababsiz kelmagan taqdirda, unga jarima solinishi
o‘ziga xos xususiyatlardan hisoblangan.
Magistratga kelishdan avval da’vogar o‘z da’vosining asosini
va talabini yozma ravishda ifodalagan. Chunki magistrat bu haqida
javobgarga xabar qilgan. Bularni yozishda da’vogarga huquqshu-
noslar yordam berishgan. Agar javobgar da’voni tan olsa, da’vogar
o‘z talabini qanoatlantirish huquqini qo‘lga kiritgan, mabodo tan
olmasa magistrat quyidagilarni amalga oshirgan:
— da’vogarning da’vosini tasdiqlagan;
— javobgarning e’tirozini formulaga kiritgan;
— sudyani tayinlagan;
— ishni ko‘rish uchun sudyaga yo‘llanma bergan.
Huquqshunos Gay yozma formulalarni asosan uch qismga
bo‘ladi:
1)  intensiya;
2)  ekssepsiya;
3)  kondemnatsiya.
Intensiya qismida—da’vogar shikoyatini, aybini aniqlash; talab
qismida esa huquqiy da’vo predmeti va huquqiy asosini aniqlash.
Huquqiy asos sivil huquqi, XII jadval qonunlari yoki Rim
davlatining boshqa qonunlari hisoblanmish pretor va bonitorlar
huquqi asosida bo‘lishini aniqlash lozim bo‘lgan.
Ikkinchi qismi ekssepsiya bo‘lib, e’tiroz bildirish, alohida shart
qo‘yish, shikoyat biror-bir voqelikning vujudga kelishi yoki
shaxsning biror harakatni sodir etganidan keyin, bu nizoning
hal qilinishi kabi munosabatlardan tashkil topgan.
Fuqarolik huquqi protsessining ishtirokchisi bo‘lgan javobgar
nizo predmeti hal qilinayotgan paytda u bu nizoga e’tiroz bildirishi


44
yoki shikoyat keltirishi, hatto bu nizoni hal qilish uchun biror-
bir shartni qo‘yishi, ba’zan esa uning tomonidan qilinadigan
harakat boshqa shaxslar tomonidan bajarilishini talab etadi.
Formulada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan harakat albatta dalillarga
asoslangan bo‘lishi shart.
Ekssepsiya—da’voni butunlay yo‘q qilib yuboradigan, o‘chirib
tashlaydigan yoki uning bajarish muddatini cho‘za oladigan
munosabatlarni amalga oshirgan.
Kondemnatsiya—bu xulosa qismi bo‘lib, hukm chiqarish yoki
qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lib, nizoning hal bo‘lishining
pretor tomonidan sudyaga berilgan ko‘rsatmasi. Bu qismda  javobgar
da’voning talabiga rozi bo‘lsa, da’vo bahosi aniqlangan bo‘lsa,
protsess darhol tugaydi. Bu munosabatlarning aniqlanishi sud
tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sudning qarori qat’iy bo‘lib, uning
ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lmagan. Agarda javobgar
sudning qarorini bajarmasa yoki o‘zining e’tirozini isbotlay olmasa,
u ikki barobar qilib pul to‘lagan. Shuningdek, qarzdor qarzini
to‘lagunga qadar qamab qo‘yilgan. Qarzdor o‘z ixtiyori bilan qarzini
to‘lamasa, majburlab to‘latilgan va uning mulki xatlangan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish