Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

7-§.  Sud jarayonida notiqlik
Har qanday sud jarayoni bevosita uning ishtirokchilari
o‘rtasidagi bahs-munozaralar bilan o‘tadi. Sud muzokaralarining
mazmun-mohiyati esa, avvalambor, tomonlarning nutqlari orqali
namoyon bo‘ladi. Bunday muzokara nutqlari bahslashayotgan
tomonlarning protsessual manfaatlarini himoya qilishga yo‘nalti-
rilgan bo‘ladi. Qolaversa, bunday nutqlarda ba’zan munozaraning
mavjud emasligi tomonlar o‘rtasida bahs yo‘qligini bildirmaydi,
aksincha ularning jiddiy tortishuvga tayyorgarlik ko‘rayotganini
bildiradi.
Darhaqiqat, Rim davlatida ham sud notiqligining taraqqiyoti
uchun juda katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, fuqaroning o‘zidan
tashqari, sudlanuvchining himoyachilari ham nutq so‘zlash
huquqi joriy etilgan edi. Bu esa, Rim davlatidagi notiqlarga hi-
moyachi vazifasida sud jarayonida nutq so‘zlashga imkon berardi.
Rimda asosan sud notiqligining oqlovchi va qoralovchi nutqi
yuzaga keldi. Rimlik mashhur notiqlardan biri miloddan avvalgi
III—I asrlarda yashab o‘tgan notiq va davlat arbobi Mark Portjus
Katon (mil. avv. 234—145) dir. U nutq so‘zlaganda ko‘tarinki ruh,
kuchli his-hayajon bilan gapirar edi. Masalan, u suddagi bir
nutqida davlat xazinasini o‘g‘irlagan lashkarboshilar kirdikorlarini
qoralab shunday deydi: «shaxsiy mulklarni g‘orat qilgan o‘g‘rilar
avaxtada, kishanlarda kun kechiradi. Jamiyat o‘g‘rilari esa oltin va
yoqutlar ichida».
Katon notiq sifatida shu qadar kuchli ediki, bu borada hatto
Sitseron ham tan berib quyidagilarni yozadi: «hammasini yanada
chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin emas».
Katonning notiqlik mahoratiga quyidagi to‘rt xususiyat xos
edi:
1) muhim masalalarni muxtasar, ixcham, ammo katta ehtiros
va ta’sirchanlik bilan bayon etishda muayyan muvaffaqiyatga
erishgan;
2) masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘yish uning eng sevimli
uslubi bo‘lib, natijada, suddagi  ko‘pdan-ko‘p bahslarni o‘z
foydasiga hal qilgan;


48
3) fikrlarni uslubiy jihatdan g‘oyat go‘zal, ifodali va ta’sirchan
shaklda bayon etishni xush ko‘rgan;
4) u har bir masala bilan tanishar ekan, uni atroflicha o‘rganib
chiqishga alohida e’tibor bergan va o‘z shogirdlariga ham «ishni
puxta o‘rgansang, so‘z quyilib kelaveradi» deb maslahat bergan.
Rim davlatida sud notiqligining yorqin siymolaridan yana biri
Mark Tulliy Sitseron (mil. avv. 106—43) edi. U 25 yoshida birinchi
marotaba xalq oldida  nutq so‘zlashga jur’at etadi. U sud majlislarida
dastlab fuqarolik, so‘ngra jinoiy ish jarayonlari bo‘yicha nutq
so‘zlab, o‘z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning
chiroyliligi, iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis bo‘lishiga katta
e’tibor beradi.
Sitseron sud notiqligi nazariyasini quyidagicha talqin qiladi:
— ayblash nutqi;
—  himoya nutqi.
Sitseron sud notiqligining manbai va maqsadini quyidagicha
tavsiflaydi:
Sud notiqligining manbai:
— tabiiy iste’dod;
— nazariy bilim;
— amaliy mashqlar.
Sud notiqligining  maqsadi:
— ishontirish;
— rohatlantirish;
— hayajonlantirish.
Ushbu maqsadlarga olib boruvchi usul esa sud notiqligining
nazariy asoslari hisoblangan.
Sud nutqi matni ustida ishlash jarayoni besh qismga bo‘lingan:
— materialni topish;
— materialni joylashtirish;
— so‘zda bayon qilish, yozish;
— eslab qolish;
— talqin etish.
Sud notiqligi uslublari ikki muhim mezonga bo‘lingan:
1) aniq ishlar;
2) umumiy masalalar.


49
Sud nutqining asosiy predmeti—munozara, ya’ni masalaning
bir tomondan ma’qullanib, ikkinchi tomondan inkor etilishidir.
Sud faoliyati ana shu munozarali masalani hal etib berishga
qaratilgan. Munozarali masalaning qoralovchi tomonidan talqin
etilishiga asoslash, ayblanuvchinikiga esa oqlanish deyilgan. Ular
kelisha olmagan holat esa sud predmeti hisoblangan. Munozarada
dalillar o‘z fikrining qat’iyligini isbotlash vositasi hisoblangan.
Zotan, mashhur notiq Sitseron qoldirgan sud notiqligi
nazariyasi insoniyat uchun hozirgi kungacha amaliy qo‘llanma
sifatida xizmat qilmoqda va ko‘pchilik notiqlar yaratgan qoidalarga
tayanib o‘zlarining sud nutqlarini yozishmoqda.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish