gentium) vujudga keldi.
Rim fuqaroligiga ega bo‘lishning ham o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud bo‘lib, jumladan, ular Rim davlati oldida ko‘rsatgan
xizmatlari uchun qonunlar asosida fuqarolikka ega bo‘lish; fiskal
maqsadlar (ya’ni, merosdan soliq olish) asosida va boshqa usullarda
Rim fuqaroligini olishdan iborat.
4-§. Qullarning huquqiy holati
Bizga ma’lumki, Rim davlatida qadimdan quldorlik davlati
sifatida qullar institutining mavjudligi va bu qullarning egalari har
xil shaxslar bo‘lganligi, ba’zi hollarda esa davlatga oid qullarning
ham bo‘lganligi bevosita Rim tarixida aks etgan.
Qullarning huquqiy holati asosan ular huquqiy munosabat-
larni amalga oshiruvchi subyektlar bo‘lib qolmasdan, balki ular
shu munosabatlarning obyektlari hisoblangan. Qullarning ashyo
sifatida hech qanday huquqlarga ega emasligi tufayli xo‘jayini ularga
nisbatan istagan harakatlarni amalga oshirish, chegarasiz, mutloq
huquqlarni amalga oshiruvchi shaxs bo‘lib hisoblangan.
Rim davlatining boshlang‘ich davrlarida qullarning ahvoli bir
muncha yaxshiroq bo‘lgan. Qulni asir qilib olgan shaxs, ertaga
o‘sha qulning otasi yoki ukalari, bolalari tomonidan uning o‘zini
ham bir kun asir qilib olinishi ehtimolini o‘ylagan holda qullar
bilan bo‘lgan munosabatlarni birmuncha yumshoqroq xarakterda
olib borganlar. Quldorlar qullarning oilasi bilan aloqada bo‘lganlar
va qullardan ko‘proq yordamchi kuch sifatida foydalanish mum-
kinligini e’tiborga olganlar.
Rim davlatining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining yanada
kuchayishi natijasida qullarning soni nihoyatda ko‘paydi. Ularni
Osiyo, Afrika mamlakatlaridan sotib olib kelish kuchayib, qullar
instituti mutloq institutga aylandi. Ekspluatatsiya qilish usullari
o‘zgardi va kuchaydi. Qullikning o‘rnatilish usullari ko‘pchilik
hollarda urushlar oqibatida asir olish, chet el fuqarosini egallash
kabi asoslarda, qul bo‘lgan ona va otadan tug‘ilishi natijasida,
nikohsiz ona qul bo‘lsa undan tug‘ilgan farzand ham qul bo‘lib
hisoblanishi asosida qullik o‘rnatilardi.
61
Pretor ediktlari asosida ozod bo‘lgan fuqaroning o‘zini qullikka
sotishi va keyinchalik o‘zini sotgan pulga o‘zi va qulning egasi
tomonidan ozodlikka chiqaraman degan va’da berilganligi tufayli
harakat sodir etilganligini bilib qolsa, u umrbod qulga aylantirilardi.
Imperiya davriga kelib qullikka aylantirish tartibi va asoslari yo‘qolib,
uning o‘rniga yangi asoslar qo‘llanilgan.
Sud tomonidan belgilangan jazolar asosida o‘lim jazosiga
mahkum etilgan shaxslar va ozod bo‘lgan xotinning qul bilan
jinsiy aloqada doimiy bo‘lishi ham qullikni keltirib chiqargan.
Qullarning shaxsiy huquqiy holati. Qullar ashyolardir. Ularning
Rim armiyasi safida xizmat qilishi man etilgan hamda davlat
xazinasiga soliq to‘lamaganlar ya’ni, ularni inson yoki fuqaro
sifatida tan olmaganlar.
Oilaviy huquqiy holati. Ular oila qura olmagan, chunki qulning
xotin kishi bilan aloqasi nikoh deb hisoblanmagan.
Mulkiy munosabatlar bo‘yicha qullar individual, umumiy,
ashyoviy obyekt, uzufrukt, garov, ya’ni majburiyatlarning bajarili-
shini ta’minlovchi usul, oldi-sotdi, qarz, mulk ijarasi shartnomala-
rining obyekti bo‘lib hisoblangan. Qullarning o‘zlariga taalluqli
ashyolari bo‘lmagan. Chunki qullardagi barcha mulklarning egasi
qulning xo‘jayini hisoblangan. Rim quldorlik jamiyatining rivojla-
nishi, ayniqsa ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi,
xalqaro savdo munosabatlarining vujudga kelishi qullarning biroz
bo‘lsa-da huquqlarining kengayishiga olib keldi. Chunki qulning
xo‘jayinining bir o‘zi barcha munosabatlarda qatnashish uchun
jismoniy tomondan ulgura olmay qoldi.
Quldorlar qullarning aqli borligidan ongli ravishda o‘z xo‘jayi-
niga xizmat qilishini va ularning tadbirkor ekanligidan foydalanib,
o‘z nomidan shartnomaviy munosabatlarga kirishish uchun
vakolatlar berganlar, hamda ulardan savdo kemasi kapitanlari,
korxona rahbarlari sifatida foydalanganlar. Vujudga kelgan huquq
va majburiyatlar yuzasidan qulning xo‘jayini kreditorlar oldida
mas’ul bo‘lgan. Qulning xo‘jayini qulni o‘z oilasida yashaganligini
e’tiborga olib, unga yer, chorva mollari, xo‘jalik tovarlari, hatto
o‘z yerini, hovlisini ishlash uchun ba’zan (Servi vicarii) boshqa
qullarni ham bergan. Qul esa mustaqil asosda o‘z xo‘jalik faoliyatini
62
amalga oshirgan. Ayniqsa, o‘ziga taalluqli mulklardan ozod holda
foydalangan va qisman bo‘lsa-da tasarruf etgan, ya’ni pekuliy
instituti vujudga kelgan. Pekuliy — xo‘jayinning o‘z qullariga
mustaqil xo‘jalik yuritish uchun berib qo‘ygan mulkining bir
qismi (yer uchastkasi, hunarmandchilik ustaxonasi, qoramollari
va boshq.) ga aytilgan.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanishi
natijasida qullar huquqiy holatining o‘zgarishi pekuliy asosida
huquqiy munosabatlarda qatnashishi va mulkiy javobgarlikni
belgilash uchun muhim bo‘lgan. Qullar tomonidan tuzilgan ishlab
chiqarish protsessi xarakteri bilan bog‘liq bitimlar yuzasidan kelib
chiqqan moddiy javobgarlik uchinchi shaxslar oldida, dastlabki
paytlarda xo‘jayin javob bermagan bo‘lsa, keyinchalik esa huquqiy
munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida qulning xo‘jayini
to‘liq asosda javob bergan. Bu mulklarning barchasi qulning
xo‘jayiniga taalluqli bo‘lsa-da, lekin undan qullar ham foydalangan.
Qullikdan ozod bo‘lish doimo qulning xo‘jayini xohishi bilan
bog‘liq bo‘lgan. Ayniqsa, u vasiyatnomalarda ko‘rsatilgan, qaysi
vaqtda, qanday holatda qul o‘zini o‘zi sotib olish uchun kimga
qancha summa to‘lashi lozimligi kabi masalalarni hal qilgan.
Qullarni ozod qilishning qadimdan quyidagi 3 ta shakli, usuli
mavjud bo‘lgan:
birinchidan, meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomada qaysi
vaqtdan boshlab qulning ozodlikka chiqishi mumkinligi ko‘rsatilgan
holatda;
ikkinchidan, meros qoldiruvchi o‘z merosxo‘rlariga qachondan,
qaysi paytdan boshlab qulni ozod qilishi to‘g‘risida ko‘rsatmani
yozib qoldirgan;
uchinchidan, qulni ozod qilish uchun biror-bir shart yoki
ozod qilishni to‘xtatib turuvchi harakatni sodir etish bilan bog‘liq
bo‘lgan.
Masalan, «mening vorisim Maniliyga sen 200 dinor berganing-
dan keyin sen qullikdan ozod bo‘lasan» degan asoslar qulchilikdan
ozod qiluvchi dalillar hisoblangan.
Respublika davrida qullarni qullikdan ozod qilish uchun quldor
guvohlar ishtirokida qulni qo‘yib yuborish, ya’ni ozod qilish
63
to‘g‘risidagi xatni tuzish orqali ham amalga oshirilgan. Sinfiy davrida
qul tomonidan o‘z xo‘jayinining kim o‘ldirilganligi aniqlansa hamda
20 yil davomida ozod bo‘lib yashab kelgan bo‘lsa, qul ushbu
muddat o‘tishi bilan qullikdan ozod bo‘lgan.
Quldorlik davlatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, qullarni
ozod qilmaslik tamoyilini amalga oshirish, ya’ni unga monelik qilish
yo‘llarini izlab topish bilan bog‘liq bo‘lgan. Miloddan avvalgi I
asrlarga kelib, davlat tomonidan bir nechta qonunlar qabul qilingan
bo‘lib, ularning maqsadi qullarni ozodlikka chiqarishga qarshi
me’yorlar o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Ushbu bu me’yorlardan
quyidagilar o‘rin olgan:
— 20 yoshli xo‘jayin tomonidan 30 yoshli qulni ozod qilish
to‘g‘risidagi harakatlarni alohida komissiya tekshirib ko‘rishi;
— qullarning salbiy xislatlilarini chet elga chiqarib yuborishi;
— gladiatorlarni ozodlikka chiqarmaslik va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |