3-§. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati
Lotinlarning huquqiy holati ikki qismga, ya’ni quldorlar
tomonidan lotinlarning qullikdan ozod qilinishi bilan bog‘liq
bo‘lgan va Rim fuqarosi tomonidan alohida shartlar asosida ozod
qilingan lotinlarga bo‘lingan.
Lotinlarning huquqiy holatiga ega bo‘lish asoslari quyidagilar-
dan iborat bo‘lgan:
— tug‘ilishi bilan otasi lotin bo‘lsa, otaning huquqiy holati
bilan belgilangan. Nikohsiz onadan tug‘ilgan shaxs onaning huquqi
bilan bog‘liq bo‘lgan;
— davlat hujjatlari asosida lotinlik huquqiy holatiga taqdim
etilgan bo‘lsa;
— Rim fuqaroligidan ixtiyoriy asosda yer olish nuqtai nazar-
dan kelib chiqib, lotinlikka o‘tish;
— davlat qonunlarida ko‘rsatilgan asosda lotin-quldor yoki
Rim fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan qullikdan ozod
qilinishi asosida.
Lotinlarning ommaviy huquq va xususiy huquqlar asosida
huquqlarga ega bo‘lishi biroz farqlangan. Masalan, ommaviy huquq
asosida barcha lotinlar Rim armiyasi safida xizmat qilishlari man
etilgan, ammo Rim shahriga kelgan paytda ular xalq majlislarida
ovoz berish huquqlariga ega bo‘lgan.
Fuqarolik huquqi asosida esa lotinlar savdo, ashyoviy,
shartnomaviy huquqlarga ega bo‘lib, o‘zlari uchun huquq va
majburiyatlarni keltirib chiqargan va javobgarlikni ham o‘tagan-
lar. Ammo lotinlar tarkibida liniani lotinlari bo‘lib, ularning
59
huquqlari ham chegaralangan, ya’ni ular vasiyatnoma tuzish,
qonun bo‘yicha meros olish huquqining man qilinganligi va uning
o‘limi bilan barcha mulklarining o‘z xo‘jayiniga to‘liq o‘tkazilishi
kabilar.
Imperator Yustinian davriga kelib «lotinlar liniani» degan
alohida xalqlar guruhi to‘liq asosda lotinlar millatiga qo‘shilib ketdi.
Bundan tashqari, lotinlar qadimgi lotinlarga va koloniyalar lotin-
lariga bo‘lingan.
Qadimgi lotinlarning quyidagi huquqlari mavjud bo‘lgan:
mulkiy huquqlari; sudda so‘zlash; nikohga kirishish huquqlari.
Koloniyalar lotinlari esa Rim fuqarolari bilan nikohga kirish
huquqiga ega bo‘lmaganlar. Boshqa hollarda esa qadimgi lotinlar
bilan teng huquqqa ega bo‘lganlar.
Peregrinlar—Rim davlati tomonidan bosib olingan mustamlaka
davlatlarning aholisi bo‘lib, ular Gretsiya, Yegiðet, Galliya (Fran-
siya), Iberiya (Ispaniya) va boshqa mamlakatlardan kelgan
shaxslardan iborat.Peregrinlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va
sud munosabatlari bilan bog‘liq faoliyatlarini Rim davlati tomo-
nidan tayinlangan mahalliy organlar, prokonsullar, propretor-
lar, prokuratorlar va legatlar tartibga solgan, boshqargan.
Peregrinlarning huquqiy holati. Rim davlati tomonidan ishg‘ol
qilingan, bosib olingan yerlar ushbu davlat hududiga kiritilgan
bo‘lsa-da, lekin xalqlarini qullikka o‘tkazmasdan hamda Rim
fuqaroligini bermasdan qolib ketgan fuqarolar peregrinlar deb
atalgan.
Peregrinlarning vujudga kelishi. Otasi peregrin bo‘lib farzand
tug‘ilgan bo‘lsa, otaning huquqiy holati bilan belgilangan. Nikohsiz
farzand ko‘rgan peregrin onaning bolasi ham peregrin hisoblangan.
Respublika davrida sudning qarori asosida jinoyat sodir etganligi
uchun peregrinlikka o‘tkazish, imperiya davrida uni badarg‘a qilish
asosida peregrinlik huquqiy holati kelib chiqqan. Peregrinlar siyosiy
huquqlarga ega bo‘lmagan, ular saylash va saylanish huquqidan
mahrum bo‘lib, ularga dushman (hostis) deb qaralgan. Fuqarolik
huquqida peregrinlar va Rim fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni
hal qiladigan huquqiy normalar mavjud bo‘lmagan. Ayniqsa, savdo
munosabatlari chegaralangan. Bularning hammasi va bu qiyin-
60
chiliklarni bartaraf etish nuqtai nazaridan xalqlar huquqi ( jus
Do'stlaringiz bilan baham: |