3
KIRISH
O‘z kasbini yaxshi egallagan
chuqur bilimli, mutaxassis
kadrlar tayyorlash va ularning zamonaviy bilimlar asosida ta’lim
olishi mustaqil davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Chunki mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot omillari,
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy sohalardagi
islohotlarning jadallashuvi
umuman bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish ko‘p
jihatdan yuksak malakali, ma’naviy-axloqiy pok kadrlarga bog‘liq.
Yuridik ta’lim tizimida rim huquqi fani alohida o‘rin tutadi.
Shu bois ushbu fan bo‘yicha hozirgi kun talablari asosida o‘zbek
tilida darslik yaratish dolzarb vazifalardan biridir.
Rim huquqi bundan XXV asr muqaddam Rim quldorlik
davlatida shakllangan bo‘lib, hozirda mavjud bo‘lgan barcha huquq
sohalarining negizi sifatida jahon tarixi va huquqiy madaniyatida
alohida iz qoldirgan huquqiy xazinalardan hisoblanadi.Bu «Rim
huquqi», «Rim fuqarolik huquqi» va «Rim xususiy huquqi» deb
atalishidan qat’i nazar, uning mazmun va mohiyati o‘zgarib
qolmaydi. Chunki qadimgi Rim quldorlik davlatining birdan-bir
huquqi fuqarolik huquqi bo‘lib, hatto dastlabki paytlarda jinoiy
jazo bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlar ham
bevosita fuqarolik
huquqiy munosabatlar bilan tartibga solingan.
Darhaqiqat,rim huquqi insoniyat tarixida huquq sohalarini,
va umuman huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishining asosini
o‘zida aks ettirib huquqiy madaniyatning muhim jihatlaridan birini,
ya’ni Rim yurisprudensiyasini tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida ta’kidlaganidek,
«o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi...
Tarix saboqlari
insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson
uchun tarixdan judo bo‘lish—hayotdan judo bo‘lish demakdir».
Shu ma’noda rim huquqi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, uni
bilish va o‘rganish tariximizni, xususan huquqiy madaniyatimiz
4
tarixi hamda hozirda mavjud bo‘lgan huquq tizimimiz
va huquq
sohalari negizlarini chuqur anglashimizda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Mamlakatimizda bu fanning o‘qitilishini takomillashtirishda
va o‘quv adabiyotlarini yozishda o‘zbek olimlaridan SH. Z. O‘ra-
zayev, O.E. Ernazarov, L.M. Burxanova, Z. Shomuhamedova,
X. Muhamedov, R.J. Ro‘ziyevlar bir qator ishlarni amalga
oshir-
ganlar.
Mazkur darslikda rim huquqi tushunchasi, tizimi va manbalari,
huquqni
himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi,
oilaviy
huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi
ta’limotlar, majburiyat huquqi, shartnoma huquqi hamda ularning
alohida turlari, vorislik huquqi masalalari yoritib berilgan.
Ushbu darslikni yozish jarayonida mualliflar yetuk huquq-
shunos olimlarning, jumladan A. I. Kosarev, M. Bartoshek, I. B.
Novitskiy, A. I. Chernilovskiy, L. V. Krujalova, D. V. Dojdyov va
boshqa olimlarning o‘quv adabiyotlaridan keng foydalandilar.