Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

6-§. Rim huquqining manbalari
Rim davlatida huquqning eng qadimgi manbai (mores
majorum) huquqiy odatlar bo‘lgan. Rimning tarixiy an’anasiga
ko‘ra, huquqning boshqa manbai Rim podsholarining qonunlari
(Leges Regiae) hisoblangan.
Modomiki, rim xalqining an’analari va dini bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan huquqning ushbu manbalari dastlab patritsiylarniki
sifatida kelib chiqqan ekan, adabiyotlarda plebeylar uchun huquqiy
odatlarning alohida maxsus tizimi mavjudligi haqidagi taxminlar
ham yo‘q emas. Plebeylarning teng huquqlar uchun harakati
huquq doirasida ham o‘z ifodasini topgan, chunki patritsiylarning
magistrlari va pontifiklari plebeylarning manfaatlarini e’tiborga
olmasdan yozilmagan odatlarni o‘zboshimchalik bilan sharh-
laganlar.
Miloddan avvalgi 450-yillar atrofida qabul qilingan  birinchi
Rim yozma qonunlari—XII jadval qonunida qasamlardan
foydalanish va boshqa diniy marosimga oid harakatlarni qilish ko‘zda
tutilgan bo‘lsa-da, huquq endi diniy me’yorlardan ajratilgan va
dunyoviy xarakter kasb etgan edi.
XII jadval qonunlari o‘n ikkita mis lavhaga o‘yib yozilib, Rim
siyosiy hayotining markazi hisoblanmish forumga hamma ko‘rishi
uchun osib qo‘yilgan. Bu qonunlarni bilish hamma uchun majburiy
bo‘lgan, chunki uning qabul qilinishi bilan Rim fuqarolarini
dunyoviy huquqiy tarbiyalash zarurati tug‘ilgan.Afsuski, XII
jadval qonunlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan, shu bois
uning mazmuni XVI—XVII asrlarda Rim mualliflarining asarla-
ridagi parchalar asosida qayta tiklangan. Biroq hozirga qadar XII
jadval qonunlarining matni to‘liq va aniq bo‘lmasdan qolib ketgan.


35
Bundan tashqari, kvirit huquqining muhim manbalari tajri-
basiga quyidagilar kirgan:
1) qonunlar;
2) senat qarorlari;
3) magistratlarning qarorlari.
Miloddan avvalgi III asrda XII jadval qonunlari rasman harakat
qilishda davom etgan. Rim huquqi tarixining yangi (klassik)
bosqichida uning muhim manbai  pretorlarning ediktlari hisoblangan.
Shunday ediktlar asosida «sivil huquqi» bilan bir qatorda «pretor
huquqi» va «xalqlar huquqi» vujudga kelgan.
Mazkur ikkala tizim pretorlarning huquq ijodkorlik faoliyatlari
natijasi bo‘lgan. Shunday qilib, Rimda huquq manbalarining
murakkab tizimi vujudga kelgan. Rim davlatida imperiya o‘rnatilgach
imperatorlarning qonunlari (konstitutsiyalari) xalq majlislari
tomonidan hokimiyat  vakilligi natijasi sifatida ko‘rilgan va bunga
ko‘ra, rim xalqi o‘z qonun chiqarish hokimiyatini imperatorlarga
o‘tkazgan. Shu vaqtga kelib, imperatorlarning qonunlari huquqning
eng muhim manbaiga aylangan.
Postklassik davrda quldorlik tuzumining  chuqur inqirozi tufayli
rim huquqida ayrim o‘zgarishlar yuz bergan, lekin uning asosiy
institutlari amalda avvalgi ko‘rinishda saqlanib qolgan. Bu vaqtda
aynan huquq manbalarida bir qator o‘zgarishlar bo‘lgan. Ularning
ichida imperatorlar qonunlarining ahamiyati tobora ortib borgan.
Rim huquqining sobiq harakatchanligining yo‘qotilishi, sivil
va pretor huquqi o‘rtasidagi chegaralarning olib tashlanishi va
kodifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar
yaratgan. Ayniqsa, Rim imperiyasining sharqiy qismida (Vizan-
tiyada) huquqni tizimlashtirish bo‘yicha qizg‘in  ishlar amalga
oshirilgan. Bu yerda miloddan avvalgi III asrning oxirida rim
huquqining quyidagi xususiy to‘plamlari tuzilgan:
— «Grigorian kodeksi»;
— «Germogenian kodeksi».
Ularda miloddan avvalgi 196-yildan 365-yilgacha chiqarilgan
imperator qonunlarining  asl matnlari o‘rin olgan.
438-yilda esa imperatorlar konstitutsiyalarining birinchi rasmiy
kodifikatsiyasi (Feodosiya kodeksi) amalga oshirildi. Bu to‘plamning


36
o‘ziga xos xususiyati shundaki, u faqat harakatdagi imperatorlik
qonunchiligini o‘z ichiga olgan va kodifikatsiya ishlarining ancha
yuqori darajasini aks ettirgan.
Rim huquqining keng qamrovli kodifikatsiyasi G‘arbiy Rim
imperiyasi qulagach, Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug‘i
bilan 528—534-yillarda o‘tkazilgan. Yustinian kodeksi XII jadval
qonuni asosida o‘n ikkita kitobga bo‘linib, har bir kitob titullarga,
titullar esa parchalarga bo‘lingan.
Yustinian kodifikatsiyasi rim huquqining butun tarixini
jamlab, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda
chegara qo‘ygan. Shuning uchun Yustinianning qonunlar to‘plami,
garchi ba’zi postklassik va sof Vizantiya belgilarini o‘zida aks ettirgan
bo‘lsa ham, o‘z asosi bilan rim huquqining manbai hisoblanadi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish