Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

Senatus-konsultlar avvalgi davrda huquqiy kuchga ega emas
edilar. Imperatorlar davrida ularning ahamiyati ancha o‘sgan.
Miloddan avvalgi I asrning birinchi yarmida senatus-konsultlar
odatda sanksiyaga ega bo‘lmasada, lekin pretor edikti sharofati
bilan ular majburiy kuchga ega bo‘lganlar. Ammo, imperator Adrian
senatga qonun chiqarish hokimiyatini yana qaytarib bergan va
senatus-konsultlar qonun sifatida chiqa boshlagan. Ularning huquq
manbai sifatidagi roli o‘sgan, chunki ular prinseps nomidan
tuzilib, ko‘pincha ularning nomi bilan atalgan.
Imperatorlarning mustaqil qonun chiqarish hokimiyati asta-
sekin mustahkamlangan va kengaygan. Dastlab imperatorlarning
qonunlari (konstitutsiyalari) oila majlislari tomonidan hokimiyat
vakilligi natijasi sifatida ko‘rilgan va bunga ko‘ra rim xalqi o‘z qonun
chiqarish hokimiyatini imperatorlarga o‘tkazgan. Shu vaqtdan
boshlab imperatorlarning qonunlari huquqning eng muhim
manbaiga aylangan. Imperatorlarning qonunlari magistratlarning
ko‘pgina hujjatlaridan farq qilib, Rim davlatining butun hududida


22
harakatda bo‘lgan, ya’ni shahar yoki alohida provinsiyalar doirasida
cheklanib qolmagan.
Imperator hokimiyati hujjatlari (konstitutsiya) quyidagi
asosiy ko‘rinishlarga ega bo‘lgan:
1)  ediktlar—«imperium» hokimiyatiga asoslangan bo‘lib, u
magistratlar ediktlaridan o‘zining barcha fuqarolar uchun maj-
buriy bo‘lganligi nuqtai nazaridan ajralib turgan. Shuning uchun
bu faqat imperator hayotlik chog‘ida yuridik jihatdan majburiy
bo‘lgan umumiy qoidalar. Milodning II asridan boshlab ediktlarga
imperatorning vorislari tomonidan amal qilish majburiy deb
hisoblangan;
2)  reskriðtlar—imperatorning huquqiy masalalar bo‘yicha
yordam so‘ragan alohida shaxslarga va magistratlarga bergan  javoblari
yoki maslahatlari;
3)  dekretlar—imperator tomonidan sud ishlari bo‘yicha
chiqarilgan qarorlar. Ular asosida mustaqil imperator yurispru-
densiyasi tashkil topgan;
4)mandatlar—provinsiyalarning hokimlariga yo‘llangan
instruksiyalar (yo‘l-yo‘riqlar, qo‘llanmalar). Ularning ichida ba’zi
hollarda peregrinlarga va boshqa fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladigan
fuqarolik va jinoyat huquqi me’yorlari ham mavjud bo‘lgan.
Imperatorlarning konstitutsiyalari dastlab, faqat ommaviy
tartibdagi davlat tuzilishi, uning organlari ma’muriyatni tashkil
etish, jinoyatlarni hal etish kabi masalalarni hal qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik huquqiy tartibga solishning barcha
sohalarini tobora keng qamrab olgan. Shu o‘rinda aytish joizki,
imperatorlik davrida ishlab chiqilgan ko‘pgina huquqiy hujjatlarning
turli shakllari O‘rta asrlar monarxiyasining qonunchilik texnikasiga
katta ta’sir ko‘rsatgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish